59
9-§ UMUMIY О‘RTA TA’LIM О‘QUV YURTLARIDA BIOLOGIK
TA’LIM MAZMUNI
1.Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’lim mazmuni asoslari.
XXI asr – informatsion texnologiyalar asri. Bu asr oʻz mutaxassislaridan
umuman oldingidan farq qiluvchi kompetensiyalarni talab qiladi.
XX asrda va
undan oldin kuchli xotira, ensiklopedik bilim, oʻz sohasida iloji boricha koʻproq
maʻlumotni bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan boʻlsa, endi bu bilimlar hal
qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopedialar,
sohalar boʻyicha mukammal onlayn maʻlumotlar bazalari yaratildiki, endi bu
maʻlumotlarni eslab qolish zaruriyati ikkinchi planga tushib qoldi.
Hozirgi zamon mutaxassisida
bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi
maʻlumotlarni hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda “kosa tagidagi nimkosa”ni
koʻra olish kompetensiyasi birinchi oʻringa koʻtarilayapti.
( PISA dasturi-
inglizcha- programme for International student assessment)
Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’lim mazmuni hozirgi
davrdagi biologik fanlar rivojlanish darajasini о‘zida aks ettirishi zamon
taqozosidir.
О‘quvchilar uchun biologik о‘quv materialini tanlash biologiya о‘qitish
metodikasida nihoyat murakkab masalalaridan biri sanaladi. U maktab
О‘qituvchilari, pedagoglari, biolog olimlar hamkorligida hal etiladi. О‘quvchilar
uchun ta’lim mazmunining tanlashni qiyinligi ilmiy axboratning benihoyat kо‘pligi
va tez о‘sishi bilan uzviy aloqador. Keyingi
davrda biologiya tobora tez
rivojlanayotgan mustaqil fanlar tizimidan iboratligi ma’lum bо‘lib qoldi. U
botanika, zoologiya, fiziologiya, anatomiya, morfologiya, genetika, stitologiya,
antropologiya, embriologiya, paleontologiya,
mikrobiologiya, gidrobiologiya,
biogeografiya, biotexnologiya, bioetika, bioestetika, evolyustion ta’limot va
boshqa xususiy fanlar o’quv qo’llanmasidan tashkil topgan. Biologiya fanining
bunday tez rivojlanishi bir tomondan organizmlarning turli jihatdan о‘rganish,
ikkinchi tomondan hayotning har xil darajalarini tadiq qilish bilan bog‘liq bо‘lsa,
uchinchi tomondan biologiyaning tabiyotshunoslikning
boshqa - xususan
60
matematika, kibernetika, ximiya, fizika sohalari bilan integratsiyasi bilan
tushuntiriladi. Biologiya fanining tabaqalanishi va boshqa tabiiy fanlar bilan
hamkorlik qilishi yangi - yangi axborotlarni tо‘planishiga sababchi bо‘lmoqda.
Hujayra organoidlarining ultrastruktura tuzilishi qilishi, funksiyasi,
hujayraning
kelib chiqishi tо‘g‘risida simbiogenez nazariyasi, nuklein kislotalarning tuzilishi va
funksiyasi, irsiyat va о‘zgaruvchanlikning moddiy asoslari, politipik tur,
populyatsiyalarning,
ekologik
genetik
tuzilishi,
kariosistematika,
hayot
tuzilishining turli darajalari tо‘g‘risidagi bilimlar biologiyaning XX asrdagi
yutuqlari sanaladi. Biologiya fanidan tо‘plangan bilimlar, axborotlar hajmi
nihoyatda kо‘p va xilma-xil.
О‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologiya fani tо‘plagan
barcha axborot va
bilimlarni tabiiy ravishda о‘quvchilarga berib bо‘lmaydi. Shunga kо‘ra ular
orasidan о‘quvchilarning yoshi hamda о‘qitishning hozirgi zamon maqsad va
vazifalariga mos bо‘lgan bilimlar o’quv qo’llanmasini tanlab olish zarur. Tanlab
olingan bilimlar o’quv qo’llanmasi umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida davlat,
jamiyat, shaxs ehtiyojiga mos bо‘lishi, hamda jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy
taraqqiyotini va fan texnika rivojlanishini о‘zida ifoda qilishi va ta’lim
berishda
kо‘rsatilgan maqsad vazifalarini amalga oshirishga safarbar qilingan bо‘lishi
lozim.