• “Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi”
  • Mantiqiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish quyidagi bosqichlardan iborat bо‘ladi
  • O’zbekiston Respublikasi Xalq




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/120
    Sana25.02.2023
    Hajmi2.4 Mb.
    #43529
    TuriУчебное пособие
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   120
    Bog'liq
    Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
    Amaliy mashg
     (PISA dasturi
    inglizcha- programme for International student 
    assessment
     ) 
    О‘quvchilarda tahliliy fikr yuritish kо‘nikmalarini shakllantirish uchun 
    biologiya о‘qituvchisi har bir darsda avval о‘rganilayotgan obektlar bilan 
    о‘rganilgan obekt о‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlaydigan topshiriqlarni berishi 
    kerak. Jumladan, “Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi” mavzusini 
    о‘rganganda о‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, ularga о‘quv topshiriqlari 
    bilan bir qatorda quyidagi jadvalni tо‘ldirish tavsiya etiladi: 
    О‘quvchilar darslikda berilgan о‘quv axborotini tahlil qiladi, organlar 
    sistemasi haqidagi faktlarni tanlaydi, ularni avvalgi obektlar bilan taqqoslab, 
    xulosa chiqaradi. Demak, daryo qichqichbaqasining ichki tuzilishini tahlil qilib
    avval о‘rganilgan oq planariya, yomg‘ir chuvalchangi, suv shilliq qurti bilan 
    taqqoslab о‘rganadi. О‘quv materiallarining bu tarzda о‘rganilishi о‘quvchilarda 
    tahliliy fikr yuritish kо‘nikmalarining tarkib toptirishga zamin tayyorlaydi. 
    Bog‘lanishli (assotsiativ) fikr yuritish (avval о‘rganilgan bilimlar, faktlar orasidagi 
    bog‘lanishlarni aniqlash, tanish obekt va hodisalarning yangi xususiyatlari va 
    sifatlarini topish). Bog‘lanishli fikr yuritish о‘quvchilarning avval о‘zlashtirgan 


    68 
    bilim, kо‘nikma va malakalarini kutilmagan, noodatiy vaziyatlarda qо‘llab yangi 
    bilim va kо‘nimalarni о‘zlashtirishlariga zamin tayyorlaydi. 
    Mantiqiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish quyidagi bosqichlardan 
    iborat bо‘ladi: 
    1.Muammoli vaziyatni anglash. 
    2.Muammoni hal etish yо‘llarini aniqlash. 
    3.Muammoni hal etishning ichki va tashqi mantiqini hisobga olgan holda 
    mantiqan dalillash. 
    4.Muammoni hal etish usullarining mantiqan ketma-ketligini aniqlash. 
    5.О‘z javoblarining tо‘g‘riligini dallillash. 
    6.Javobning tо‘g‘riligini tekshirib kо‘rish.
    Tizimli fikr yuritish (о‘rganilgan obektni qismlarga ajratish, uning 
    yaxlitligini, о‘zaro bog‘liqligini aniqlash va tavsiflash kо‘nikmasi). Tizimli fikr 
    yuritish о‘quvchilarning о‘rganilayotgan obektni qismlarga ajratish, uning 
    yaxlitligini, 
    о‘zaro bog‘liqligini aniqlash va tavsiflash kо‘nikmalarini 
    rivojlantirishga asoslanadi. О‘qituvchi о‘quvchilarda tizimli fikr yuritishni 
    rivojlantirish uchun muayyan mavzularda о‘quvchilarning mustaqil ishlarini 
    tashkil etishi va tegishli о‘quv topshiriqlarini tuzishi lozim. Jumladan, 

    Download 2.4 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   120




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish