72
III-BOB. BIOLOGIYANI O’QITISH METODLARI VA
ULARNING TASNIFI
11-§ BIOLOGIYANI О‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN
METODLAR
HG‘
Ma’lumki, ta’lim jarayoni о‘quvchilarning
bilim olish, kо‘nikma va
malakalarni egallash, ularning ilmiy dunyoqarashi,
ijodiy izlanishlarini
rivojlantirish maqsadiga yо‘g‘rilgan о‘qituvchi va о‘quvchilarning о‘zaro
hamkorligi sanaladi. Boshqacha aytganda, ta’lim mazmunining о‘qitish metodlari
yordamida о‘zlashtirilishiga erishishdir.
Metod sо‘zi umumiy ma’noda muayyan maqsadga erishish usulidir. О‘qitish
metodlari tom ma’noda о‘qituvchining bilimlarni о‘quvchilar ongiga yetkazish va
ayni paytda ularni о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirib olish usulidir. Didaktikada
о‘qitish metodlari quyidagi metodologik va nazariy qoidalarga asosan ta’riflanadi:
О‘qitish metodi о‘qitish jarayonining о‘ziga xos pedagogik
sharoitida obektiv
reallikni bilish metodlarining ifodasi sanaladi, ya’ni о‘qitish metodlari yordamida
о‘quvchilarning bilish faoliyati tashkil etiladi va boshqariladi.
О‘qitish metodlari о‘quvchilarni о‘qitish, tarbiyalash
va rivojlantirish
maqsadida qо‘llaniladi. Bu ularning asosiy funksiyalari sanaladi, shuningdek,
mazkur
metodlarning undovchi, rag‘batlantiruvchi, uyushtiruvchi va nazorat
qiluvchi funksiyalari ham mavjud.
О‘qitish metodlari yagona ta’lim jarayonining ikkita subekti bо‘lgan
о‘qituvchining
pedagogik
va
о‘quvchilarning
о‘quv-bilish
faoliyatini
uyg‘unlashtiruvchi, hamkorligini ta’minlovchi faoliyat usulidir. О‘qitish metodlari
о‘qitishning moddiy vositalari bо‘lgan darslik, kо‘rgazmali, didaktik va tarqatma
materiallar bilan uzviy bog‘langandir. О‘qitish metodlari aniq о‘qitish usullaridan
tarkib topadi va pedagogik jarayonga qо‘llaniladi.
О‘qitish metodlari о‘zaro bog‘langan faoliyat
usullari sifatida darsning
barcha bosqichlari, tashkiliy qism, о‘quvchilarning bilish motivlarini faollashtirish,
73
yangi mavzuni о‘rganish, о‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va
boshqarish, о‘kuvchilarning о‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash,
olingan natijalarni tahlil qilish, uy vazifasini berishda foydalaniladi.
Darsda о‘kitish metodlari doimo muayyan birikma holida qо‘llaniladi.
Darsning har bir bosqichida metodlarning u yoki bu birikmalaridan foydalaniladi.
Mazkur bosqichdagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishni ta’minlovchi
metod
ustunlik qiluvchi yetakchi tizim hosil qiluvchi metod hisoblanadi, qolgan metodlar
unga bо‘ysunadi. Biologiyani о‘qitishda aksariyat hollarda kо‘rgazmali metod
yetakchi о‘rinni egallaydi, boshqa metodlar unga bо‘ysunadi yoki singib ketadi.
Inson faoliyati metodlarining о‘zgarishi, о‘qitish metodlarining boyishiga va
yangilanishiga olib keladi. Axborotlarning globallashuvi sharoitida dasturli
о‘qitish, EHM dasturlari vositasida о‘qitish va h.k. metodlar vujudga keldi.
Didaktikada о‘qitish metodlarini tasniflash munozarali masala bо‘lib,
tasniflash
turli asoslar bо‘yicha amalga oshirilgan. Akademik I.D.Zverev metodlarni о‘qitish
manbalari va о‘quvchilar faollik darajasiga kо‘ra quyidagicha tasniflashni tavsiya
etgan.
1-jadval