O’zbekiston Respublikasi Xalq




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/120
Sana25.02.2023
Hajmi2.4 Mb.
#43529
TuriУчебное пособие
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120
Bog'liq
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
Amaliy mashg
a) induktiv metod - xususiy faktlarni muammoli bayon qilish, о‘quvchilar 
faoliyatini xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yо‘naltirish, muammoli 
topshiriqlarni berish uslublarini;
b) deduktiv metod - umumiy qonunlarni bayon qilish, о‘quvchilarning 
faoliyatini umumiydan xususiy xulosa chiqarishga yо‘naltirish uslublarini; 
v) tahlil metodi axborotni anglab idrok etish, о‘rganilgan obektlarning 
о‘xshashlik va farqli tomonlarni aniqlash, о‘rganilgan obektlarni tarkibiy qismlarga 
ajratish, ular о‘rtasidagi boshlanishlarni aniqlash uslublarini; 
g) bosh g‘oyani - ajratish metodi о‘quv materialidagi asosiy g‘oyani ajratish 
va saralash, axborotni mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga ajratish, asosiy g‘oya 
va ikkinchi darajali fikrlarni ajratish, tayanch sо‘zlar va tushunchalarni ajratish, 
asosiy fikr haqida xulosa chiqarish uslubilarini; 
d) qiyoslash metodi - qiyosiy obektlarni aniqlash, obektlarning asosiy 
belgilarini aniqlash, taqqoslash, о‘xshashlik va farqlarni aniqlash, qiyoslash 
natijalarini shartli belgilar bilan rasmiylashtirish uslublarini; 
g) umumlashtirish metodi - о‘quv materialidagi tipik faktlarni aniqlash, 
qiyoslash, dastlabki xulosalar, hodisaning rivojlanish dinakmikasini tasavvur 
qilish, umumlashtirish natijalarini shartli belgilar yordamida rasmiylashtirish, 
umumiy xulosa chiqarish uslublarini о‘zida mujassamlashtiradi.


88 
Mustaqil ish metodlari guruhiga darslik, qо‘shimcha о‘quv adabiyotlari va 
kо‘rgazma vositalari ustida mustaqil ishlash metodlari kiradi. mustaqil ishlash 
metodining о‘ziga xos xususiyatlaridan biri о‘quvchilarning о‘quv topshiriqlarini 
о‘qituvchining bevosita boshqaruvisiz bajarishidir. Mustaqil ishlash metodida 
о‘quvchilarning mustaqil о‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish 
nazarda tutiladi. Mazkur metodda darslik, qо‘shimcha о‘quv adabiyotlari, 
kо‘rgazma vositalari ustida mustaqil о‘tkazilgan kuzatish va tajriba natijalari, 
masala va mashqlar ishlash bilim manbai sanaladi. Barcha metodlar kabi mustaqil
ishlash metodining ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasi mavjud. 
Ta’limiy vazifasi sifatida – о‘quvchilarning bilim va kо‘nikmalarni mustaqil 
egallashlari, 
bilimlarni 
chuqurlashtirish, 
mustahkamlash 
va 
takrorlashni 
ta’minlashini qayd etish mumkin. Ular о‘quvchilarning amaliy о‘quv kо‘nikmalari 
va malakalarni yaxshi о‘zlashtirishlarida ayniqsa qimmatga ega, chunki mustaqil 
harakatsiz kо‘nikmalarni avtomatlashgan va ijodiy xarakterdagi malaka darajasiga 
kо‘tarib bо‘lmaydi. 
Tarbiyaviy yо‘nalishdagi vazifasi о‘kuvchilarda mustaqillik, bilish faolligi, 
ma’naviyat, faol hayotiy pozitsiyani egallash, mehnatsevarlik va insoniy 
fazilatlarni tarkib toptirishga yordam beradi. Rivojlantiruvchi yо‘nalishdagi 
vazifasi – о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, tafakkuri, kо‘nikma va malakalarni 
rivojlantirishga yordam beradi, irodani chiniqtiradi.
Mustaqil ishlash metodlari tarkibiga mustaqil ish topshiriqlarini berish, о‘quv 
faoliyatida mustaqillikni rivojlantirish, о‘quv mehnati malakalarini tarkib toptirish, 
namunaga muvofiq mustaqil ishlarni tashkil etish, ijodiy topshiriqlar berish 
uslublari kiradi. О‘qitishda о‘quvchilarning faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash 
metodlari 
guruhi 
ta’lim jarayonida pedagogik rag‘batlantirish orqali 
о‘quvchilarning yangi о‘quv materialini egallashlarida ishtiyoq va faollikni 
ta’minlovchi ijobiy asoslanishlarni vujudga keltiradi. Mazkur metodlar 
о‘quvchilarning bilishga bо‘lgan qiziqishlari, aqliy faolliklari, yangi bilimlarni 
egallashga bо‘lgan ehtiyojlari, muloqot madaniyati, о‘z-о‘zini nazorat qilish va 
boshqarish, 
baholash 
kо‘nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. 


89 
Shuningdek, ta’limning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, о‘quvchilarda ongli 
intizom, burch va ma’suliyatni tarkib toptiradi. 
О‘qishga bо‘lgan qiziqishni orttirish, didaktik-о‘yin, о‘quv munozaralari, 
о‘quvchilarning taxsil olishdagi burch va ma’suliyatini shakllantirish metodlari 
mansub bо‘lib, ular quyidagi: 
a) о‘qishga bо‘lgan qiziqishni orttirish metodlari о‘quvchilarda ijobiy 
hissiyotni vujudga keltirish, qiziqarli analogiyalardan foydalanish, taajjublanish 
effekti, bilish quvonchini vujudga keltirish, о‘quvchilarni rag‘batlantirish va 
tanbeh berish uslubi. 
b) didaktik-о‘yin metodi о‘yin syujetini tanlash, о‘yin vaziyatlarini vujudga 
keltirish, о‘quv-bilishga oid о‘yinlarni tanlash, о‘quvchilarni rag‘batlantirish 
uslubi. 
v) о‘quv munozaralari metodi о‘quv baxslarini keltirib chiqaradigan vaziyatni 
yaratish, ilmiy baxslarni vujudga keltirish. О‘quvchilarni muvaffaqiyatlarga 
yо‘llash, о‘quvchilar fikrini bayon qilishi, ular javobidagi xatolarni tо‘g‘rilash, 
о‘quvchilarni rag‘batlantirish uslubi. 
d) о‘quvchilarning tahsil olishdagi burch va ma’suliyatini shakllantirish 
metodi ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, о‘qishning shaxsiy 
ahamiyatini tushuntirish, о‘quv talablarini qо‘yish, о‘qitishda rag‘batlantirish va 
tanbeh berish kabi uslublarni mujassamlashtiradi. 
О‘qitishdagi nazorat va о‘z-о‘zini nazorat metodlari. Nazorat ta’lim 
jarayonining ajralmas qismlaridan biri sanaladi. Nazoratning muntazamligi va 
izchilligi о‘quvchilarning faol aqliy mehnat qilishga undaydi, ularda ma’suliyat, 
burch, diqqat, xotira, о‘z-о‘zini nazorat qilish va baholash kо‘nikmalarini 
rivojlantirishga zamin tayyorlaydi.Nazoratning tо‘liqliligi, haqqoniyligi, keng 
kо‘lamliligi, muntazamliligi barcha metodlar kabi bu metodlarning ta’limiy, 
tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va о‘quvchilarga tafovutlab yondashish kabi
funksiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Bu metodlar guruhiga og‘zaki va 
yozma nazorat, laboratoriya va amaliy ish yordamida nazorat, о‘z-о‘zini nazorat, 



Download 2.4 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish