о‘zaro nazorat varag‘i va testlar yordamida nazorat metodlari misol bо‘ladi va  quyidagi:  a) og‘zaki va yozma




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/120
Sana25.02.2023
Hajmi2.4 Mb.
#43529
TuriУчебное пособие
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   120
Bog'liq
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
Amaliy mashg
90 
о‘zaro nazorat varag‘i va testlar yordamida nazorat metodlari misol bо‘ladi va 
quyidagi: 
a) og‘zaki va yozma nazorat metodlari о‘quvchilarning bilimlarni mantiqiy 
izchil bayon qilishga о‘rgatish, nutqni о‘stirish, о‘quvchilar javobidagi tipik 
xatoliklarni aniqlash va unga barham berish uslubi. 
b) laboratoriya va amaliy ish yordamida nazorat metodlari о‘quv va amaliy 
kо‘nikmalarni aniqlash, о‘quvchilarning о‘quv jihozlari va asboblar bilan ishlash 
kо‘nikmalarini aniqlash, bajarilgan topshiriqlarning sifatini aniqlash va baholash
ish mazmuniga bog‘liq holda obektlar va asboblarni tо‘g‘ri tanlash, ishni 
yakunlash va natijasini rasmiylashtirish, olingan natijalarning tо‘g‘riligini aniqlash 
uslubi. 
v) о‘z-о‘zini nazorat qilish metodlari о‘kuv materiali yuzasidan qisqa reja
savollar tuzish, asosiy g‘oyani ajratish, savollarga javoblar topish, masalalar 
yechish va ularni namunaga muvofiq tekshirib kо‘rish, taqqoslash, olingan 
natijalarning tо‘g‘riligini tekshirish uslubi. 
g) о‘zaro nazorat varag‘i yordamida nazorat metodlari о‘rganilgan bob, 
mavzu bо‘yicha nazorat savollarini tuzish, savollarning metodik jihatdan 
tо‘g‘riligi, mantiqiy ketma-ketligi, о‘quvchilar bilimini nazorat qilishning 
haqqoniyligi, keng kо‘lamliligi uslubi. 
d) testlar yordamida nazorat metodlari о‘rganilgan bob, mavzu bо‘yicha 
nazorat testlarini tuzish, test savollari va javoblarning metodik jihatdan tо‘g‘riligi, 
mantiqiy ketma-ketligi, о‘quvchilar bilimini nazorat qilishning haqqoniyligi, keng 
kо‘lamliligi kabi uslublardan iborat. 
Barcha metodlar kabi о‘qitishdagi nazorat va о‘z-о‘zini nazorat 
metodlarining ham ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasi mavjud. 
Nazoratning ta’limiy vazifasini о‘qituvchi barcha о‘quvchilarni о‘z о‘rtog‘ining 
javobini tinglashga, javobdagi xato va kamchiliklarni tо‘g‘rilashga, tuzatishlar va 
qushimchalar kiritishni taklif etish orqali ta’minlaydi. Shu tufayli ushbu jarayonda 
о‘kuvchilarning о‘zlashtirgan bilimlari tizimga solinadi, takrorlanadi va 
mustahkamlanadi. 
Nazoratning 
tarbiyaviy 
vazifasi 
uning 
о‘kuvchilarni 


91 
rag‘batlantirishni ta’minlash, tahsil olishdagi ma’suliyat va burch tarkib toptirish, 
hissiyotni shakllanishida namoyon bо‘ladi.Nazoratning rivojlantiruvchi funksiyasi 
о‘kuvchilarda barqaror diqqat, xotirani mustahkamlash, о‘z-о‘zini nazorat qilish va 
baholash kо‘nikmalarini egallashlarida kо‘zga tashlanadi. 

Download 2.4 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   120




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  о‘zaro nazorat varag‘i va testlar yordamida nazorat metodlari misol bо‘ladi va  quyidagi:  a) og‘zaki va yozma

Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish