Kо‘rgazmali qurollarning xillari




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/120
Sana25.02.2023
Hajmi2.4 Mb.
#43529
TuriУчебное пособие
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   120
Bog'liq
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
Amaliy mashg
3.Kо‘rgazmali qurollarning xillari. 
О‘z tasnifi va ahamiyatiga kо‘ra biologiya о‘qitishda qо‘llaniladigan 
kо‘rgazmali vositalar asosiy va yordamchi xillarga ajratiladi. Asosiy guruhi - 
tabiiy, tasviriy, og‘zaki xillarga yordamchilari – о‘qitishni texnik vositalari va 
laboratoriya asbob uskunalaridir.
Tabiiy kо‘rgazma qurollar о‘z navbatida tirik, о‘lik va fiksirlangan, tasviriy 
kо‘rgazma qurollar tekis va hajmli xillarga ajratiladi. Tabiiy kо‘rgazma qurollar 
maktab tirik burchagidagi tirik xayvonlar-baliqlar xasharotlar, qushlar, xona 
о‘simliklari, qotirilgan, quritilgan, fiksirlangan kо‘rgazma qurollar bо‘lib ularga 
tuluplarni, 
umurtqasiz 
xayvon 
kolleksiyalarini 
quritilgan 
suyaklarni, 
mikropreparatlarni, tarqatma materiallarni kiritish mumkin. 
Tirik о‘simlik va hayvonlarni dars jarayonida nomoyish qilish uchun 
avvaldan tayyorgarlik kо‘rish lozim. Ularni tanlashda о‘quv dastur talablari
mahalliy sharoit va tabiatni muhofaza qilish talablari e’tiborga olinishi kerak. 
Gerbariy, kolleksiyalarni kо‘rsatayotganda shuni yodda tutish kerakki, ular tirik 
organizmlar tо‘g‘risida tо‘liq tasavvur hosil qilmaydi. Shuni e’tiborga olib ular 
boshqa kо‘rgazma vositalar bilan birgalikda namoyish etilishi lozim. Xuddi 
shunday xolatni fiksirlangan xо‘l preparatlarga nisbatan ham aytish mumkin. 
Chunki ular uzoq vaqt davomida о‘zlarini ranglarini yо‘qotgan bо‘ladilar. Tabiiy 
kо‘rgazmali vositalarning biri mikropreparatlar hisoblanadi. Ular kichik 
organizmlar - bakteriya, zamburug‘lar, bir hujayrali hayvonlar, о‘simliklarning 
hujayraviy tuzilishini о‘zida ifoda qiladi. Vaqtincha mikropreparatlarni tayyorlash 
kо‘nikmasini hamma о‘quvchilar egallashlari kerak. Kо‘pgina tabiiy kо‘rgazma 
vositalari laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni о‘tkazish uchun zarur. 
Tabiiy ravishda barcha darslarda о‘simliklar, xayvonlar va boshqa tabiiy 
obektlarni kо‘rsatib bо‘lmaydi. Kо‘pgina xayvon, о‘simliklarni, tirik tabiatning 
rivojlanish jarayonlari, qonuniyatlar maxsus tayyorlangan tasvirli kо‘rgazma 
qurolllar yordamida tushuntiriladi. 


96 
Tasviriy kо‘rgazmali qurollar nihoyatda xilma-xil. Ulardan mulyajlar, statik, 
dinamik modellar, rangli jadvallar, rasmlar, didaktik kartochkalarni kо‘rsatib 
о‘tish о‘rinlidir. Qо‘shimcha kо‘rgazma qurollarga har xil asboblar, о‘qitishning 
texnik vositalari kiritadi.

Download 2.4 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   120




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish