• “qon” va “qon aylanish”
  • “Ekskursiya metodi”
  • Mavzu yuzasidan savollarga javob berish




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/120
    Sana25.02.2023
    Hajmi2.4 Mb.
    #43529
    TuriУчебное пособие
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   120
    Bog'liq
    Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
    Amaliy mashg
     
    Mavzu yuzasidan savollarga javob berish: 
    1. Sistema sо‘zi qanday ma’noni bildiradi? 
    2. Dars qanday meyoriy hujjatlarga tayanadi ? 
    3. Ekskursiyalar qanday tashkil etiladi ? 
    4. Uy vazifalari qanday xarakterga ega bо‘lishi kerak ? 
    5. Darsdan tashqari ishlarga qо‘yilgan talablar ? 
    6. Sinfdan tashqari mashg‘ulot nima ? 


    97 
    14-§ BIOLOGIYANI О‘QITISH SHAKLLARINING SISTEMASI 
     “Sistema” yunon tilida narsalar, xodisalar, tushunchalarning ma’lum 
    mantiqiy tartibdagi bir butun birikmasini ifodalaydi. Metodikada sistema 
    tarbiyaviy ta’lim jarayoni va uning tarkibiy elementlarining bir butunligi hamda 
    rivojlanish prinsiplari bilan taqozo qilinadi. aktabda о‘quvchilarga ta’lim va tarbiya 
    berish о‘quv ishlarining muayyan shakllarida amalga oshiriladi. О‘qitishning 
    shakli bu tarbiyaviy ta’lim jarayonida о‘qituvchi tomonidan foydalanidigan 
    о‘quvchilarning о‘quv idrok qilish faoliyatini uni о‘tkazilish sharoitlariga muvofiq 
    holda tashkil qilinishidir. 
    Maktabda о‘rganiladigan barcha predmetlar uchun о‘quv ishlarining asosiy 
    shakli darsdir. Darslarda davlat dasturi va ma’lum darajada darslik belgilagan 
    о‘quv materiali о‘qitiladi. Darslarga qatnashish о‘quvchilar uchun majburiydir. 
    Biologiya о‘qitishning asosiy shakli-darslarga qо‘shimcha holda maktab 
    amaliyotida о‘qituvchining о‘quvchilar bilan olib boradigan о‘quv ishlarining 
    boshqa shakllari tarixan vujudga kelgan. Dastlab majburiy bо‘lmagan sinfdan 
    tashqari va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar, ekskursiyalar о‘qitish sistemasiga 
    qо‘yilgan. Hozirgi vaqtda metodika va maktab amaliyotida biologiya bо‘yicha 
    о‘quvchilar bilan olib boriladigan о‘quv ishlarining quyidagi shakllari qabul 
    qilingan: darslar va ular bilan bog‘liq bо‘lgan ekskursiyalar uy ishlari, darsdan 
    tashqari ishlar va sinfdan tashqari ishlar.
    Metodik jihatdan tо‘g‘ri tashkil qilingan ta’lim jarayonida shu о‘qitishning 
    barcha shakllari – о‘qitishning asosiy shakli bо‘lgan dars bilan uzviy bog‘liqdir, 
    ular biologik tushunchalarni, dunyoqarashni, tafakkurni va amaliy kо‘nikmalarni 
    rivojlantiradi. Sinfdagi darslarda biologiya predmetining hammasi о‘qitiladi. 
    Darslar kurs mavzulari bо‘yicha materialning izchil bayon qilinishini ta’minlovchi 
    muayyan izchilligida joylashadi. Darslarda о‘qituvchi barcha о‘qitish matodlarini: 
    og‘zaki, kо‘rgazmali, amaliy metodlarni qо‘llaydi. U о‘simlik va xayvonlarni 
    namoyish qiladi va amaliy ishlar bajarish yо‘li bilan о‘quvchilarni ayrim 
    organizmlarning tashqi hamda ichki tuzilishi bilan tanishtiradi. Lekin darsda tirik 
    organizmlarning rivojlashini, biotsenozlarda har xil organizmlarning birgalikda 


    98 
    ishlashini kо‘rsatib bо‘lmaydi. Shuning uchun ham biologiya о‘qitish 
    metodikasida darslarni tо‘ldiruvchi maxsus shakllar qо‘llaniladi. Ekskursiyalar 
    о‘quvchilarni tabiatda tabiiy guruhlar, fermer xо‘jaliklar yoki muzeylarda, о‘simlik 
    va xayvonlar bilan tanishtiradi. Ekskursiyalar dars bilan uzviy bog‘liqdir. 
    Ekskursiyada о‘rganilgan obektlar kurs davomida kо‘p marta esga olinadi, 
    tо‘plangan narsalar namoyish qilinadi.Ekskursiyalarda о‘quvchilar oldingi 
    bilimlarini mustaxkamlab, tabiat haqidagi uquvlarini rivojlantirib topshiriqlar 
    asosida kuzatishlar о‘tkazadilar va material yig‘adilar.
    Uy vazifalari eksperimental xarakterda bо‘lishi bilan darslar bilan bog‘liqdir. 
    О‘quvchilar uyda uncha murakkab bо‘lmagan tajribalar qо‘yadilar. Darsda olingan 
    tasavvurlarni tasdiqlash uchun sinfda о‘tkazilgan tajriba, amaliy ishlarni 
    takrorlaydilar yoki ularni oxiriga yetkazadilar. Oldindan uyushtirilgan uy ishlari 
    alohida qiziqish kasb etadi. Bunda о‘quvchi shu hodisani sinfda о‘rganguncha 
    tajriba qо‘yadi yoki kuzatishlar olib boradi va shu mavzu bо‘yicha darsga ish 
    natijalarini olib keladi. Eksperimental tartibdagi ishlardan tashqari fikr yuritish 
    uchun, kelgusi darsda, ya’ni material bilan bog‘lanish о‘rnatish maqsadida ilgari 
    о‘tilgan mavzular bо‘yicha masalalar va savollar berilishi mumkin. 
    Darsdan tashqari ishlar uy ishlariga nisbatan murakkabroq bо‘lib, ularni 
    bajarish uchun tegishli о‘simliklar, maxsus asboblar va boshqa jihozlar talab 
    qilinadi. Darsdan tashqari ishlarga: biologiya xonasi, tirik tabiat burchagidagi, 
    о‘quv tajriba uchastkasidagi va tabiatdagi ishlar kiradi. Biologiya kabineti va tirik 
    tabiat burchagida о‘tkaziladigan ishlar uchun о‘quvchilarga topshiriqlarni darslarda 
    kursning 
    barcha 
    mavzulari 
    bо‘yicha 
    о‘quv 
    yili 
    davomida 
    berib 
    boriladi.О‘quvchilarning о‘quv-tajriba uchastkasidagi yozgi topshiriqlarning 
    natijalari ham barcha sinflar bо‘yicha kuzda о‘tkaziladigan darslarda 
    foydalaniladi.Darsdan tashqari ishlar majburiydir va buning uchun о‘quvchilar 
    baho oladilar. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning majburiy bо‘lmagan, kо‘ngillari 
    shakllari; individual ishlar sinfdan tashqari о‘qishlar yoki tabiatshunoslar 
    tо‘garagining ish, ommaviy kechalar, ijtimoiy foydali mehnatlar keng qо‘llaniladi. 
    Sinfdan tashqari ishlar о‘quv materiali asosida unga bog‘liq holda 


    99 
    uyushtiriladi.Biroq 
    uning 
    mazmunini 
    takrorlamaydi,dastur 
    doirasi 
    bilan 
    cheklanmaydi,ammo uni tо‘ldiradi.Yosh tabiatshunoslar tо‘garagi biologiya 
    darslarda namoyish qilish uchun kurs bо‘yicha qulay va kerakli tajribalar qо‘yib 
    boradi. Sinfdan tashqari о‘qitilar, agar о‘kuvchilarning о‘qiganlari darslarda
    ekskursiyalarda, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda joy olsa, ya’ni 
    о‘qitish jarayoniga uzviy kirsa, yaxshi beradi: о‘quvchilar axborot va dokladlar 
    bilan chiqadilar, о‘qiganlari haqida maqolalar yozadilar. 
    Misol uchun “qon” va “qon aylanish” mavzularini о‘tishda о‘qituvchi turli 
    metodlardan foydalanadi. Ayni paytda о‘qituvchi о‘quvchi gruppalariga: diffuziya 
    va osmos xodisaning о‘rganishga oid tajribalar qо‘yish, odam va baqa qonidan 
    preparat tayyorlash, qonning shaklli elementlarini modelini yasash, qon guruhlarini 
    aniqlash, arteriyalarda pulsni sanash kabi topshiriqlar beradi. о‘quvchilar bu 
    topshiriqlarni darsdan tashqari vaqtlarda bajaridilar. Imkoniyati bо‘lganda 
    о‘qituvchi qon quyish instituti, tibbiyot muzeyiga ekskursiya tashkil etadi. U 
    ekskursiya mazmuniga oid о‘quvchilarga savollar beradi. Ekskursiyada qaysi 
    masalalarga kengroq e’tibor berishni kо‘rsatib beradi. Ekskursiyadan keyin 
    о‘quvchilar rasm va sxemalar bilan ta’minlangan hisobotlar tayyorlaydilar. 
    О‘quvchilar ekskursiya mavzusiga oid devoriy gazetalar tayyorlaydilar. Eng yaxshi 
    hisobotlar takrorlanishda foydalaniladi. Bularning barchasida о‘quv shakllar bilan 
    tо‘g‘ri va teskari bog‘lanish kо‘rinadi. О‘quvchilarning ish natijalari manbai 
    sifatida darsga kiritilganda, о‘quvchilarning о‘zlari bu teskari bog‘lanish 
    ta’limotiga emas, balki alohida tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘ladi. Dars о‘quv 
    ishlarining tashkil qilishning barcha shakllarini qamrab oluvchi butun tarbiyalovchi 
    ta’lim jarayonining markaziy qismidir. Kо‘pincha о‘qitish shakllari tо‘g‘risidagi 
    tushunchalarni metodlar tо‘g‘risidagi tushuncha bilan aralashtirib yuboradilar, 
    masalan, ekskursiyani “Ekskursiya metodi” deb ataladi. Bu tо‘g‘ri emas, chunki 
    о‘qitishning har bir shaklida metodlar qо‘llanilishi mumkin. Biologiya о‘qitish 
    sistemasi asosan tarbiyalovchi ta’lim asosiy elementlarning rivojlanishidan, 
    о‘qitishning barcha shakllari о‘rtasidagi bog‘lanishlardan iboratdir. Darsda ilmiy 
    biologik tushunchalar va amaliy о‘kuvlar rpivojlantirilishi, ular uy ishlarida ham 


    100 
    ekskursiyalarda ham rivojlanishda davom etadi. О‘qitish shakllarini har biri uning 
    о‘ziga xosligi, predmetning mazmuni, tabiyaviy ta’limning umumiy prinsiplari 
    bilan beligilangan о‘zining sistemasiga ega. 

    Download 2.4 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   120




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish