• Mehnat tarbiyasi
  • Gigiyenik  ta’lim-tarbiya




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet98/120
    Sana25.02.2023
    Hajmi2.4 Mb.
    #43529
    TuriУчебное пособие
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   120
    Bog'liq
    Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
    Amaliy mashg
    Gigiyenik 
    ta’lim-tarbiya о‘quvchilarning sog‘liklarini saqlash va 
    mustahkamlash shart-sharoitlari va ularni vujudga keltirish haqidagi bilimlarga 
    asoslanadi. Tabiatshunoslikni о‘qitishda gigiyenik tarbiya asosiy о‘rinni egallaydi 
    va mavzu mazmuniga bog‘liq holda amalga oshiriladi. 
    Masalan, botanikani о‘rganishda о‘simliklarning inson salomatligiga 
    kо‘rsatadigan ijobiy ta’siri, ularning atrof-muhitning mussafoligini saqlashdagi roli 
    yoritiladi. Bakteriyalar bо‘limi о‘rganilganda, bakteriyalarning xilma-xilligi, 
    xayotiy faoliyati, tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyatini о‘rganish bilan bir 
    qatorda, parazit bakteriyalar, ular tomonidan keltirib chiqariladigan kasalliklar
    mazkur kasalliklarni yuqtirmaslik chora-tadbirlari haqida ma’lumot beriladi. 
    Zoologiyani о‘qitishda hayvonot olamining xilma-xilligi, tabiat va inson 
    hayotidagi ahamiyatini qayd etish bilan birga, parazit tarzda hayot kechiruvchi 
    hayvonlar, ularning rivojlanish sikli, oraliq xо‘jayinlari, kasallik tashuvchi 


    185 
    organizmlar, kelib chiqadigan kasalliklar, ularni yuqtirmaslik yо‘llari haqida 
    ma’lumot beriladi. 
    Odam va uning salomatligi о‘quv fanida о‘quvchilarning о‘z salomatliklarini 
    asrash, shaxsiy gigiyena bо‘yicha bilimlari rivojlantiriladi, har bir organlar 
    sitemasini о‘rganish davrida organlar sistemasining ishiga jismoniy tarbiya va 
    sportning ijobiy ta’siri, kasalliklarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini 
    olish va bartaraf etish yо‘llari haqida ilmiy tushunchalar beriladi. 
    Mehnat tarbiyasi. Barkamol shaxsni kamolga yetkazishda mehnat tarbiyasi 
    muhim rol о‘ynaydi. 
    Shu sababli ham uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qо‘yilgan muhim vazifa, fan va 
    texnikaning hozirgi bosqichidagi rivoji, davlat va jamiyat ehtiyojlari, 
    о‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlariga muvofiq holda kasb tanlashga yо‘llash, 
    ularda mehnat va о‘quv mehnati kо‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor qaratish 
    zarurligi kо‘rsatilgan. Mehnat tarbiyasi о‘qitishning nazariya va amaliyotning 
    uzviy bog‘liqligi prinsipini amalga oshirish, о‘quvchilarda mehnat faoliyatiga 
    nisbatan ijobiy motivlar, mehnat vositalari va qurollariga nisbatan ehtiyotkorona 
    munosabatni shakllantirish, о‘quvchilar о‘rtasida о‘zaro hamkorlikni vujudga 
    keltirishga zamin tayyorlaydi. 
    О‘quv dasturidan о‘rin olgan mavzular bо‘yicha laboratoriya va amaliy 
    mashg‘ulotlarni о‘tkazish jarayonida о‘quvchilarda mikroskop bilan ishlash, 
    mikropreparatlar, o’quv qo’llanmalar tayyorlash, darslik, kо‘rgazma vositalari va 
    tarqatma materiallari ustida mustaqil ishlash kabi о‘quv mehnati kо‘nikmalari 
    shakllantiriladi. Bu kо‘nikmalar kelgusida о‘quvchilarning tanlaydigan kasbi 
    bо‘yicha mehnat kо‘nikmalariga aylanishi mumkin.
    Tabiatshunoslikni о‘qitishda о‘rganilayotgan mavzu mazmuniga bog‘liq 
    holda о‘quvchilarda mehnat madaniyati kо‘nikmalarini, jumladan, kо‘rgazmali 
    jihozlar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda foydalaniladigan о‘quv jihozlari 
    va asboblari bilan ishlash, ish stoli, biologiya darsligi, daftarini toza va ozoda 
    saqlash, о‘quv topshiriqlari va uy vazifalarini о‘z vaqtida va talab darajasida 
    bajarishga e’tiborni qaratish lozim. 


    186 
    Tabiatshunoslikni о‘qitishda о‘quvchilarni kasbga yо‘llash, mehnat tarbiyasi-
    ni amalga oshirishga imkon beradigan bilim va kо‘nikmalarni quyidagi guruhlarga 
    ajratish mumkin: 
    Qishloq xо‘jalik, mikrobiologiya, tabiatni muhofaza qilish, inson 
    mehnati faoliyatining ilmiy-nazariy asoslari; 
    Ishlab chiqarish mehnati samaradorligi, о‘simliklar va hayvonlarning 
    mahsuldorligini oshirishni ta’minlovchi texnika va texnologiyalarning asoslari 
    bilan tanishtirish; 
    Biologik qonuniyatlar va umumiy kо‘nikmalardan amaliy faoliyat va 
    turmushda foydalanish asoslari bilan tanishtirish. 
    О‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlashda qishloq xо‘jaligi 
    mehnati kо‘nikmalari muhim ahamiyatga ega. Ular jumlasiga tuproqqa ishlov 
    berish, о‘g‘itlash, о‘simliklarni sug‘orish, urug‘ni ekishga tayyorlash, ekish, 
    о‘simliklarni parvarish qilish, hosilni yig‘ish va saqlash, shuningdek, qishloq 
    xо‘jaligi hayvonlarini boqish, zararkunandalariga qarshi kurash, mehnat qurollari 
    bilan ishlash kabilarni kiritish mumkin. 
    Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda о‘qituvchi о‘quvchilarni mehnat 
    faoliyatiga psixologik jihatdan tayyorlash, mehnat madaniyatini takomillashtirish, 
    shuningdek, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan nazariy bilimlaridan foydalangan holda 
    aqliy va jismoniy mehnatni tо‘g‘ri tashkil etish kо‘nikmalarini tarkib toptirishga 
    e’tiborni qaratishi lozim. Mehnat tarbiyasining asosiy vazifalaridan biri barkamol 
    shaxsning asosiy fazilatlari bо‘lgan mehnatsevarlikni rivojlantirish sanaladi. Bu 
    jarayonda о‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy, aqliy, hissiy-irodaviy, ruhiy, 
    jismoniy jihatdan uyg‘un rivojlanishini amalga oshirish maqsadida xalqimizning 
    boy ma’naviy durdonalari bо‘lgan hadislar, hikmatli hikoyalar, maqollardan 
    foydalanish tavsiya etiladi. 

    Download 2.4 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   120




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish