• "Yergeodezkadastr" davlat qomitasi mamuriyati
  • O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining ilmiy-texnik Kengashi to'g'risida




    Download 19,12 Kb.
    Sana16.03.2017
    Hajmi19,12 Kb.
    #187

    O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining ilmiy-texnik Kengashi to'g'risida

    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19 oktyabrdagi 483-sonli “O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi qarorining ijrosini ta'minlash, qo'mitada hamda qo'mita tizimidagi korxona va tashkilotlarda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologiya ishlarini ko'rib chiqish, ishlab chiqarish muammolarini hal etish maqsadida, “Yergeodezkadastr” davlat qo'mitasining 2005 yil 31 maydagi 58-sonli buyrug'iga asosan, “Yergeodezkadastr” davlat qo'mitasining ilmiy-texnik Kengashi tashkil etilgan. Mazkur buyruqda qo'mitaning ilmiy-texnik Kengashi tarkibi, Kengashda ko'riladigan masalalarning xujjatlarini ekspertiza qilishga jalb etiladigan mutaxassislarning tarkibi va Ish tartibi tasdiqlangan.

    Ilmiy-texnik Kengashning asosiy vazifasi: - er tuzish, topografo-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlari bo'yicha ishlab chiqarish, erni distantsion zondlashga doir ilmiy, texnik siyosatni yuritishda tavsiyalar, xulosalar tayyorlaydi va ko'rib chiqadi Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining er tuzish, topografo-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini ishlab chiqarishning texnik, texnologik, iqtisodiy va tashkil qilish darajasini oshirishdan iborat.

    “Yergeodezkadastr” davlat qo'mitasining ilmiy-texnik Kengashiga yuklatilgan vazifalar bo'yicha quyidagi masalalarni ko'rib chiqadi: - er tuzish, topografo-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bashoratlash va rejalashtirish; - tarmoqlarni istiqbolli rivojlantirish; - texnik taraqqiyotni ta'minlash, tashkilotchilik va boshqaruv usullarini shakllantirish, istiqbolda ishlab chiqarishni texnologik darajasini ko'tarish; - kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish; - zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo'llash; - er tuzish, topografo-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlari va mahsulotlari tannarxini pasaytirish hamda sifatini ko'rsatish, shuningdek, er tuzish, topografo-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlari bo'yicha respublika va tarmoq miqyosidagi me'yoriy uslubiy xujjatlar (dalolatnoma, qo'llanma, ko'rsatma, nizom, yo'riqnoma va hokazolar)ning loyihalarini ko'rib chiqadi.

    Ilmiy-texnik kengash olimlar va yuqori malakali mutaxassislardan iborat bo'lib, rais, rais o'rinbosari, ilmiy kotib va kengash a'zolarini o'z ichiga oladi. Sohalar bo'yicha maxsus masalalarni ko'rib chiqish uchun ilmiy-texnik Kengash tarkibida sohalarga oid uchta ya'ni Geodeziya va kartografiya, Yerdan foydalanish va er tuzish va Geoinformatika va kadastr sektsiyalarini o'z ichiga oladi.

    Ilmiy- texnik Kengash yig'ilishlari rejaga binoan har chorakda bir marta muntazam o'tkazilib, o'z faoliyatini yillik va istiqbolli rejalar asosida ish yuritadi.Ilmiy-texnik Kengash o'z yig'ilishlarida a'zolarining kamida 2/3 qismi qatnashganda qaror qabul qilish huquqiga ega. Ilmiy-texnik Kengashning muhokamasiga kiritiladigan ish rejalar, loyihalar va tadbirlarning ishlanmalari mas'ul kotib tomonidan yig'ilishdan 30 kun ilgari Kengash raisiga taqdim etiladi. Ish reja, dastur, tadbir yoki boshqa xujjatlar loyihalari ilmiy-texnik Kengash tomonidan ma'qullangach, ma'lum bir masalalarning kiritilishi yoki olib tashlanishi haqida takliflarni ko'rib chiqish muddati ilmiy-texnik Kengash qarori asosida belgilanadi.



    "Yergeodezkadastr" davlat qo'mitasi ma'muriyati
    Download 19,12 Kb.




    Download 19,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining ilmiy-texnik Kengashi to'g'risida

    Download 19,12 Kb.