topshiriq ELEKTRON RAQAMLI IMZONI YARATISHDA ALGORITMLAR TAHLILI




Download 0,96 Mb.
bet52/109
Sana07.01.2024
Hajmi0,96 Mb.
#131703
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109
Bog'liq
Ibragimov mustaqil ishi

2 topshiriq ELEKTRON RAQAMLI IMZONI YARATISHDA ALGORITMLAR TAHLILI


Elektron raqamli imzo qurish sxemalari Raqamli imzo qurishning bir necha sxemalari bor:  Simmetrik shirfrlash algoritmi asosida. Ushbu sxema tizimda ikkala tomon ishonchidan foydalanuvchi uchinchi shaxs – arbitr borligini qaraydi. Hujjatni mualliflashtirish yopiq kalit bilan shifrlash va uni arbitrga jo‟natishdan iborat.  Assimmetrik shifrlash algoritm asosida. Hozirgi vaqtda ERI ning bunday sxemalari nisbatan ko‟p tarqalgan va keng qo‟llanilmoqda. Bundan tashqari, yuqoridagi sxemalarning modifikatsiyasi bo‟lgan raqamli imzoning boshqa usullari bor. Yetarlicha kata hajmli hujjatlarni imzolashda ERI hujjatning o‟ziga emas, balki uning heshiga qo‟yiladi. Ixtiyoriy uzunlikdagi kiruvchi massiv berilganlarini fiksirlangan uzunlikdagi bit satrga hesh deyiladi. Hesh-funksiyalardan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:  Hisoblashdagi qiyinchiliklarni kamaytiradi;  Moslik bilan bog‟liq muammolar yo‟qligi;  Berilganlar yaxlitligini tekshirish imkoniyati. Simmetrik sxema. Simeetri ERI lar asimmetriklariga nisbatan kam tarqalgan, chunki raqamli imzo konsepsiyasi paydo bo‟lgandan so‟ng, o‟sha vaqtlarda ma‟lum bo‟lgan simmetrik shifrlarga asosan imzoning effektiv algoritmlarini shakllantirib bo‟lmadi. Raqamli imzoning asimmetrik sxemalari, hisoblash qiyin bo‟lgan, isbotlanmagan masalalarga asoslanadi va shuning uchun yaqin yillarda ushbu sxemalarni buzish mumkin yoki yo‟qligini aytib bo‟lmaydi. Bundan tashqari, kriptobardoshlilikni oshirish uchun kalitlar uzunligini oshirish kerak, bu esa ba‟zan asimmetrik sxema dasturini qayta yozishga, ba‟zida esa qurilmalarni qayta loyihalash zaruriyatini keltirib chiqaradi[2]. Simmetrik sxemalar keng o‟rganilgan blokli shifrlarga asoslangan. Asimmetrik sxema. ERI ning asimmetrik sxemalari ochiq kalitli kriptotizimlar turiga kiradi. Raqamli imzo sxemalarida imzolash yopiq kalitni qo‟llash orqali, tekshirish esa – ochiq kalit yordamida amalga oshiriladi. 1-rasm. Xesh-funksiya qo’llash orqali imzolash va uni tekshirish sxemasi Umumiy qabul qilingan raqamli imzo sxemasi uch jarayonni o‟z ichiga oladi:  Kalit juftligini tanlash. Kalitni tanlash algoritmi yordamida yopiq kalit tanlanadi, keyin esa unga mos ochiq kalit hisoblanadi;  Imzoni shakllantirish. Berilgan electron hujjat uchun yopiq kalit yordamida imzo hisoblanadi;  Imzoni tekshirish. Ochiq kalit yordamida hujjat berilganlari va imzoning haqiqiyligi tekshiriladi. Kalitlar juftligini (yopiq va ochiq) hosil qilish uchun ERI algoritmlarida bir yo‟nalishli funksiyalarga asoslangan turli matematik sxemalardan foydalaniladi. Bu sxemalar ikki guruhga ajratiladi.

Download 0,96 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109




Download 0,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



topshiriq ELEKTRON RAQAMLI IMZONI YARATISHDA ALGORITMLAR TAHLILI

Download 0,96 Mb.