• «76-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi muddati
  • 8-modda
  • «12-modda. Telekommunikatsiyalar sohasida raqobatni rivojlantirish»;
  • 16-modda
  • 17-modda
  • «19-modda. Mikrokreditni, mikroqarzni muddatidan ilgari qaytarish va mikrolizing obektining qiymatini muddatidan ilgari tolash
  • «12-modda. Litsenziyaning amal qilishini toxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni qayta rasmiylashtirish va bekor qilish
  • O'zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'G'risida




    Download 125.98 Kb.
    bet2/3
    Sana19.03.2017
    Hajmi125.98 Kb.
    1   2   3

    5-modda. O'zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi 154–I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 247-modda; 1998 yil, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 496-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda) quyidagi o'zgartishlar va qo'shimcha kiritilsin:

    1) 3-modda ikkinchi qismining to'rtinchi xatboshisidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

    2) 17-moddaning:

    ettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

    «banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar uchun iqtisodiy normativlarni hamda banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun moliyaviy va kassa operatsiyalarini o'tkazish, buxgalteriya hisobi hamda hisobotini yuritish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini ko'rib chiqadi»;

    sakkizinchi xatboshisidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

    3) VIII bo'limning nomidagi «KREDIT UYuShMALARI» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

    4) 50-moddaning:

    nomi va birinchi qismidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

    ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

    «Markaziy bank banklarni, kredit byurolarini ro'yxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit byurolari faoliyatini va qimmatli qog'ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.

    Banklarni, kredit byurolarini ro'yxatga olish, banklarga, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Qimmatli qog'ozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziya berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Berilgan litsenziyalar to'g'risidagi axborot e'lon qilinishi, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi kerak hamda tanishib chiqish uchun ochiqdir»;

    to'rtinchi qismidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar «banklar» degan so'z bilan almashtirilsin;

    5) 51-modda:

    birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi «kredit uyushmalari va» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

    ikkinchi qismining ikkinchi, to'rtinchi, sakkizinchi, o'ninchi xatboshilaridagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

    oltinchi qismidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

    6) 52-modda:

    quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to'ldirilsin:

    «Markaziy bank mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun majburiy iqtisodiy normativlarni belgilaydi»;

    ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;

    7) 53-moddaning:

    to'rtinchi qismidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

    beshinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:

    «Mikrokredit tashkilotlari, ularning filiallari, shuningdek lombardlar tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar to'g'risidagi qonun hujjatlari talablari, belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, Markaziy bank:

    mikrokredit tashkilotidan ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan bir foizgacha jarima undirishga;

    lombarddan belgilangan eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima undirishga haqlidir.

    Banklarga, mikrokredit tashkilotlariga, lombardlarga va kredit byurolariga, shuningdek qimmatli qog'ozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar hamda sanktsiyalar qo'llash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi».



    6-modda. O'zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5-6, 102-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2010 yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011 yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106, 109-moddalar) 868-moddasining ikkinchi qismidagi «monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga» degan so'zlar «raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlariga» degan so'zlar bilan almashtirilsin.

    7-modda. O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan 548–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 2, 36-modda; 1999 yil, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008 yil, № 4, 178-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2010 yil, № 9, 337-modda) 76-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

    «76-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi muddati

    Tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan hamda barcha zarur hujjatlar va ma'lumotlar taqdim etilgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur muddat boshqa davlat organlari tomonidan tovarlar va transport vositalari nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan vaqtni o'z ichiga olmaydi».



    8-modda. O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) to'g'risida»gi 600–I-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5-6, 84-modda;
    Aprel (lot. Aprilis) - Grigoriy taqvimida yilning toʻrtinchi oyi. 30 kundan iborat.
    2003 yil, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 12, 472-modda) 25-moddasining birinchi qismidagi «tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va» degan so'zlar chiqarib tashlansin.

    9-modda. O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan «Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to'g'risida»gi 717–I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 8-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 3, 119-modda; 2007 yil, № 12, 598-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2010 yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 9, 248-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

    1) 9-modda:

    quyidagi mazmundagi to'rtinchi qism bilan to'ldirilsin:

    «Tadbirkorlik sub'ekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub'ektining faoliyati to'g'risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo'lgan boshqa hujjatlarni o'rganish hamda tahlil etish asosida o'tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo'yicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin»;

    to'rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;

    2) quyidagi mazmundagi 102-modda bilan to'ldirilsin:



    «102-modda. Tadbirkorlik sub'ektini rejali tekshiruv o'tkazish boshlanishi haqida xabardor qilish

    Nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv o'tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o'tkazish boshlanishidan kamida o'ttiz kalendarь kun oldin tadbirkorlik sub'ektini tekshiruvdan o'tkazish muddatlari va predmetini ko'rsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart»;

    3) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

    «Nazorat tartibida tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli organ belgilagan tartibda bir ish kuni ichida amalga oshiriladi»;

    4) 18-moddaning to'rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

    «Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari birlashmalarining a'zosi bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari so'roviga ko'ra mazkur birlashmalar vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin».



    10-modda. O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan «Investitsiya faoliyati to'g'risida»gi 719–I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 10-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

    1) 9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi «monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining» degan so'zlar «raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarining» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

    2) 13-moddaning ikkinchi qismidagi «monopol holatni» degan so'zlar «ustun mavqeni» degan so'zlar bilan almashtirilsin.

    11-modda. O'zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan «Telekommunikatsiyalar to'g'risida»gi 822–I-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 9, 219-modda; 2004 yil, № 9, 171-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 311-modda; 2006 yil, № 4, 157-modda; 2007 yil, № 9, 414-modda; 2011 yil, № 12/2, 366-modda) 12-moddasiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

    nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:



    «12-modda. Telekommunikatsiyalar sohasida raqobatni rivojlantirish»;

    ikkinchi qismidagi «g'irrom raqobat hollariga barham berish va monopol faoliyatini cheklash» degan so'zlar «insofsiz raqobat va raqobatni cheklash hollariga barham berish» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

    uchinchi qismining o'zbekcha matnidagi «G'irrom raqobat» degan so'zlar «Insofsiz raqobat» degan so'zlar bilan almashtirilsin.

    12-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan «Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro'yxati to'g'risida»gi 222–II-sonli Qarorining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 6-7, 105-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2007 yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda; 2009 yil, № 9, 330-modda; 2010 yil, № 9, 335, 341-moddalar, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 12/2, 364-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda) 1-ilovasiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

    qirq to'qqizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

    elliginchi — etmish beshinchi xatboshilari tegishincha qirq to'qqizinchi — etmish to'rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.

    13-modda. O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi 258–II-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9-10, 169-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008 yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda; 2010 yil, № 9, 337, 340-moddalar) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

    1) 56-moddaning:

    uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

    «Ko'chmas mulkni, shu jumladan er uchastkasini, qurilishi tugallanmagan ob'ektlarni, ko'chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlarini, er uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish rieltorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositalarini, intellektual faoliyat natijalariga va shaxsiylashtirish vositalariga bo'lgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu qismda ko'rsatilgan mol-mulkni realizatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ochiq auktsion savdolarida amalga oshiriladi»;

    to'rtinchi qismidagi «va birjalarni» degan so'zlar «shuningdek rieltorlik tashkilotlarini va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

    2) 63-moddaning:

    birinchi qismidagi «birjalar tomonidan» degan so'zlar «rieltorlik tashkilotlari va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

    ikkinchi qismidagi «birja» degan so'z «rieltorlik tashkiloti va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilot» degan so'zlar bilan almashtirilsin.



    14-modda. O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan «Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida»gi 267–II-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9-10, 178-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 9, 418-modda; 2011 yil, № 12/2, 364-modda) 24-moddasiga quyidagi o'zgartish va qo'shimcha kiritilsin:

    quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to'ldirilsin:

    «Tovar belgisi egasining harakatlari belgilangan tartibda insofsiz raqobat fakti deb topilgan taqdirda, tovar belgisiga doir guvohnoma uning ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar rasmiy axborotnomada e'lon qilingan sanadan e'tiboran uch yil ichida to'liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin»;

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

    ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha uchinchi va to'rtinchi qismlar deb hisoblansin.



    15-modda. O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan «Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida»gi 310–II-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 1, 10-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2007 yil, № 7, 325-modda, № 12, 598-modda; 2011 yil, № 12/2, 363-modda) 14-moddasining oltinchi qismidagi «Jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan paytga qadar» degan so'zlar «Jamiyat faqat kredit tashkiloti sifatida davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan paytga qadar» degan so'zlar bilan almashtirilsin.

    16-modda. O'zbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risida»gi 660–II-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, № 9, 160-modda;
    Kurash Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.
    O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 167-modda; 2009 yil, № 4, 139-modda) 12-moddasining ikkinchi xatboshisidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin.

    17-modda. O'zbekiston Respublikasining 2006 yil 20 iyulda qabul qilingan «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida»gi O'RQ–42-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 7, 372-modda;
    Iyul (lot. mensis Julius) - Grigoriy taqvimida yilning yettinchi oyi. 31 kundan iborat. Shu oyda tugʻilgan Yuliy Sezar sharafiga nomlangan.
    2011 yil, № 12/2, 363-modda) 56-moddasining to'rtinchi qismidagi «monopoliyaga qarshi qaratilgan qonun hujjatlarida» degan so'zlar «raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarida» degan so'zlar bilan almashtirilsin.

    18-modda. O'zbekiston Respublikasining 2006 yil 15 sentyabrda qabul qilingan «Mikromoliyalash to'g'risida»gi O'RQ–50-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 492-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

    1) 7-moddaning matnidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

    2) 19-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

    «19-modda. Mikrokreditni, mikroqarzni muddatidan ilgari qaytarish va mikrolizing ob'ektining qiymatini muddatidan ilgari to'lash

    Qarz oluvchi olingan mikrokredit, mikroqarz summasini muddatidan ilgari qaytarishga yoki mikrolizing ob'ektining qiymatini muddatidan ilgari to'lashga, shuningdek ulardan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun hisoblangan foizlarni (lizing beruvchining foizli daromadini) to'lashga haqli».



    19-modda. O'zbekiston Respublikasining 2006 yil 20 sentyabrda qabul qilingan «Mikrokredit tashkilotlari to'g'risida»gi O'RQ–53-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 495-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

    1) 4-moddaning ikkinchi qismidagi «va diniy tashkilotlar» degan so'zlar «diniy tashkilotlar, boshqa mikrokredit tashkilotlari va lombardlar» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

    2) 9-moddaning birinchi qismidagi «Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

    3) 10-moddaning to'rtinchi xatboshisidagi «notarial tartibda tasdiqlangan» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

    4) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

    «12-modda. Litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni qayta rasmiylashtirish va bekor qilish

    Litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:

    mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari to'g'risidagi qonun hujjatlari talablari, shu jumladan litsenziya talablari va shartlari buzilganda;

    mikrokredit tashkiloti tomonidan uning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar bajarilmaganda.

    Litsenziyaning amal qilishini tugatish to'g'risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:

    mikrokredit tashkiloti to'lovga qobiliyatsiz bo'lib qolganda;

    mikrokredit tashkilotlari to'g'risidagi qonun hujjatlarining, belgilangan iqtisodiy normativlarning talablari muntazam ravishda buzilganda va hisobot ma'lumotlari buzib ko'rsatilganda;

    mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan paytdan e'tiboran olti oydan ortiq kechikkanda.

    Litsenziyaning amal qilishini tugatish to'g'risidagi qaror qonunga muvofiq boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin.

    Litsenziyani qayta rasmiylashtirish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda mikrokredit tashkiloti qayta tuzilgan, uning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) o'zgargan hollarda amalga oshiriladi.

    Litsenziyaning soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, litsenziya bekor qilinadi.

    Litsenziyaning bekor qilinishi mikrokredit tashkilotining ilgari amalga oshirgan operatsiyalari haqiqiy emas deb topilishiga olib kelmaydi»;

    5) quyidagi mazmundagi 121 va 122-moddalar bilan to'ldirilsin:

    «121-modda. Mikrokredit tashkilotining huquqlari

    Mikrokredit tashkiloti:

    qarz oluvchi tomonidan shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishini ta'minlash sharti bilan yoki bunday shartsiz mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatishga;

    buyurtma beruvchiga mikromoliyaviy xizmat ko'rsatishni asoslantirilgan holda rad etishga;

    mikromoliyaviy xizmat ko'rsatish va shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni buyurtma beruvchidan so'rab olishga;

    maqsadli mikrokredit o'z vaqtida to'lanmagan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmagan holda qarz oluvchidan majburiyatlar muddatidan ilgari bajarilishini talab qilishga;

    maslahat va axborot xizmatlari ko'rsatishga;

    mikrokredit tashkilotining qarz oluvchilari tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun shartnomaga muvofiq neustoyka (jarima, penya) miqdorini belgilashga;

    mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish uchun ushbu Qonunga muvofiq mablag'lar jalb etishga haqli.

    Mikrokredit tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.



    122-modda. Mikrokredit tashkilotining majburiyatlari

    Mikrokredit tashkiloti:

    buyurtma beruvchiga uning huquq va majburiyatlari to'g'risida, shu jumladan shartnoma bo'yicha majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi oqibatlari, mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq barcha xarajatlar to'g'risida, shuningdek ko'rsatiladigan mikromoliyaviy xizmat bo'yicha foiz stavkasi haqida to'g'ri hamda to'liq axborotni yozma shaklda xabar qilishi;

    shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatishi;

    shartnoma bo'yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida qarz oluvchiga etkazilgan zararning o'rnini qoplashi;

    belgilangan eng kam miqdordan past bo'lmagan ustav fondiga ega bo'lishi;

    moliyaviy va kassa operatsiyalari o'tkazish qoidalariga, shuningdek belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilishi;

    qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobi, hisobotini va boshqa hujjatlarni yuritishi;

    hisobotni belgilangan tartibda o'z vaqtida taqdim etishi;

    tekshirish o'tkazish uchun yuborilgan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillariga hujjatlar va mikrokredit tashkiloti faoliyati to'g'risidagi boshqa axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta'minlashi shart.

    Mikrokredit tashkilotining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin»;

    6) 13-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

    «Mikrokredit tashkiloti:

    qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga;

    jismoniy shaxslardan qarz mablag'larini jalb qilishga, bundan o'z muassislari (ishtirokchilari, mulkdorlari) mustasno;

    o'z muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari bo'yicha kafil bo'lishga yoki kafolat beruvchi bo'lishga, shuningdek ularga o'z majburiyatlari bajarilishini ta'minlashning boshqa usullarini taqdim etishga haqli emas»;

    7) 15-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

    1   2   3


    Download 125.98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa


    O'zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'G'risida

    Download 125.98 Kb.