• 24-modda
  • O'zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'G'risida




    Download 125.98 Kb.
    bet3/3
    Sana19.03.2017
    Hajmi125.98 Kb.
    1   2   3

    «15-modda. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishga doir vakolatlari

    O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy tizimning barqarorligini saqlash, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash maqsadida «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi.

    O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:

    mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini, moliyaviy va kassa operatsiyalari o'tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini, shuningdek iqtisodiy normativlarni belgilaydi;

    ko'rsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar uchun foizlarni hisoblash tartibini tasdiqlaydi;

    mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida aniqlangan mikrokredit tashkilotlari to'g'risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishlarini bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar beradi;

    mikrokredit tashkilotining faoliyatini auditdan o'tkazishga doir talablarni belgilaydi;

    mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;

    mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari to'g'risidagi qonun hujjatlari talablari va belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha jarima undiradi;

    mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar o'tkazishni uch oygacha bo'lgan muddatga cheklaydi;

    mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to'xtatib turadi yoki tugatadi yoxud litsenziyani qayta rasmiylashtiradi va bekor qiladi»;

    8) quyidagi mazmundagi 151-modda bilan to'ldirilsin:



    «151-modda. Ichki audit xizmati

    Aktivlarining balans qiymati bir milliard so'mdan ortiq bo'lgan mikrokredit tashkilotida mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organining qarori bilan ichki audit xizmati tashkil etiladi.

    Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining faqat yuqori boshqaruv organiga hisobdordir. Ichki audit xizmatining rahbari va boshqa xodimlari mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan tayinlanadi.

    Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi va filiallari ishini ular tomonidan qonun hujjatlariga, ta'sis hujjatlariga hamda boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va hisobotida ma'lumotlar to'liq hamda to'g'ri aks ettirilishi ta'minlanishini, moliya-xo'jalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir belgilangan qoidalar va tartib-taomillarni, shuningdek aktivlar but saqlanishini tekshirish va monitoring qilish yo'li bilan nazorat qilishni hamda baholashni amalga oshiradi.

    Ichki audit xizmati o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi»;

    9) 16-moddaning birinchi qismidagi «qonun hujjatlarida» degan so'zlar «O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

    10) quyidagi mazmundagi 161-modda bilan to'ldirilsin:

    «161-modda. Mikrokredit tashkilotlarida axborotning maxfiyligi

    Mikrokredit tashkilotlari o'z qarz oluvchilari va kreditorlarining moliyaviy operatsiyalari hamda hisobvaraqlari bo'yicha axborotning maxfiyligini kafolatlaydi. Mikrokredit tashkilotining boshqaruv organlari a'zolari, ichki audit xizmati va ijro etuvchi organi xodimlari mikrokredit tashkilotining, uning qarz oluvchilarining operatsiyalari va hisobvaraqlari bo'yicha, shuningdek kreditorlar bilan operatsiyalar bo'yicha sirni saqlashi shart.

    Maxfiy axborot o'ziga ishonib topshirilgan yoki xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan bu axborot o'ziga ma'lum bo'lib qolgan shaxslar uni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.

    Mikrokredit tashkilotlariga nisbatan bank siri to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar qo'llaniladi».



    20-modda. O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan O'RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

    1) 22-moddaning o'n ikkinchi xatboshisidagi «kredit uyushmalari» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

    2) 65-modda quyidagi mazmundagi to'rtinchi qism bilan to'ldirilsin:

    «Soliq qarzini undirish uchun sud ijrochilari tomonidan inkasso topshiriqnomalari qo'yilayotganda davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq qarzining shunga o'xshash summasiga qo'yilgan inkasso topshiriqnomalarining ijrosi bekor qilinadi»;

    3) 87-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

    «Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari birlashmalarining a'zosi bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatining soliq tekshiruvlari tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari so'roviga ko'ra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin»;

    4) 91-modda:

    quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to'ldirilsin:

    «Davlat soliq xizmati organi rejali soliq tekshiruvi o'tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o'tkazish boshlanishidan kamida o'ttiz kalendarь kun oldin tadbirkorlik sub'ektini tekshiruvdan o'tkazish muddatlari va predmetini ko'rsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart.

    Tadbirkorlik sub'ekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub'ektining faoliyati to'g'risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo'lgan boshqa hujjatlarni o'rganish hamda tahlil etish asosida o'tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo'yicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin»;

    ikkinchi — o'n birinchi qismlari tegishincha to'rtinchi — o'n uchinchi qismlar deb hisoblansin;

    5) 176-moddaning 8-bandi «xususiy korxona mulkdori» degan so'zlardan keyin «oilaviy korxona ishtirokchisi» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;

    6) 179-moddaning:

    6-bandi «xususiy korxona mulkdori» degan so'zlardan keyin «oilaviy korxona ishtirokchisi hamda» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;

    17-bandidagi «banklar va kredit uyushmalaridagi» degan so'zlar «banklardagi» degan so'z bilan almashtirilsin;

    7) 328-moddaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

    «7) O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini turar joyga qayd etganlik va ro'yxatdan chiqarganlik, turgan joyi bo'yicha hisobga olganlik uchun, shuningdek chet davlatlar fuqarolarini hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni turar joyga qayd etganlik va ro'yxatdan chiqarganlik uchun»;

    8) 335-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisidagi «(yashash joyini qayd etganlik)» degan so'zlar «yoxud turgan joyi bo'yicha hisobga olganlik» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

    9) 340-moddaning oltinchi qismi «turar joyga qayd etganlik» degan so'zlardan keyin «va turgan joyi bo'yicha hisobga olganlik» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;

    10) 351-moddaning birinchi qismidagi «bundan ushbu Kodeksning 350-moddasi birinchi qismining 2-bandida ko'rsatilganlar mustasno» degan so'zlar «bundan ushbu Kodeksning 350-moddasi birinchi qismining 2-bandida ko'rsatilganlar hamda oilaviy korxona mustasno» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

    11) 356-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

    «yangi texnologik asbob-uskunalar olishga, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishga, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirishdan o'tkazishga, laboratoriya testlari va sinovlarini o'tkazish uchun komplekslar olishga, biroq soliq solinadigan bazaning ko'pi bilan 25 foiziga.

    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
    Soliq solinadigan bazani kamaytirish yuqorida ko'rsatilgan xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan boshlab, texnologik asbob-uskuna bo'yicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab besh yil ichida amalga oshiriladi».



    21-modda. O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan «Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi O'RQ–163-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 7, 354-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda) 39-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

    «Emitent:

    a) qimmatli qog'ozlar emissiya risolasini va emitentning yillik hisobotini barcha manfaatdor shaxslar tanishib chiqishi uchun taqdim etishi;

    b) qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga:

    qimmatli qog'ozlar emissiya risolasining matni bilan tanishib chiqish joyi va tartibi to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi, to'rtinchi, beshinchi va o'n ikkinchi xatboshilarida ko'rsatilgan axborotni qimmatli qog'ozlarni joylashtirish boshlanishiga kamida ikki hafta qolganida, bundan qimmatli qog'ozlarni xususiy joylashtirish mustasno;

    emitentning yillik hisobotini aktsiyadorlarning yoki emitentning boshqa oliy boshqaruv organining yillik umumiy yig'ilishi o'tkazilganidan keyin ikki hafta ichida;

    emitentning birinchi chorak, birinchi yarim yil va to'qqiz oy yakunlariga doir hisobotini hisobot oyidan keyingi bir oy ichida;

    emitentning faoliyatidagi muhim fakt haqidagi xabarni u yuz bergan sanadan e'tiboran ikki ish kuni ichida joylashtirish yo'li bilan oshkor qilishi shart».



    22-modda. Quyidagilar o'z kuchini yo'qotgan deb topilsin:

    1) O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 4 aprelda qabul qilingan «Kredit uyushmalari to'g'risida»gi 355–II-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 4-5, 65-modda);

    2) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002 yil 4 aprelda qabul qilingan «Kredit uyushmalari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida»gi 356–II-sonli Qarori (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 4-5, 66-modda);

    3) O'zbekiston Respublikasining 2006 yil 4 aprelda qabul qilingan «Kredit uyushmalari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi O'RQ–29-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 155-modda);

    4) O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrda qabul qilingan «Soliq to'g'risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi O'RQ–197-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 12, 640-modda) 32-moddasi.

    23-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

    hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;



    davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo'lgan o'z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.

    24-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

    O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
    1   2   3


    Download 125.98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa


    O'zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'G'risida

    Download 125.98 Kb.