(17-q.)
Uyushmagan bozorda tuziladigan va shartlarida asos aktivni yetkazib berish nazarda
tutilmagan bitim faqat muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida tavsiflanishi mumkin.
(18-q.)
Oʻz shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi muddatli bitimlarning
moliyaviy vositalari yoki oʻz shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi boshqa
moliyaviy vositaning muddatli bitimlarini tuzish yetkazib berishga oid muddatli bitimlar deb
eʼtirof etiladi.
(19-q.)
Oʻz shartlarida asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilmagan muddatli bitimlarning
moliyaviy vositalari yoki oʻz shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutmaydigan
moliyaviy vositalarning muddatli bitimlarini tuzish hisob-kitobli muddatli bitimlar deb eʼtirof
etiladi.
(20-q.)
Yetkazib berishga oid muddatli bitimlar sifatida, shuningdek ijroni kechiktirgan
holda bitim predmetini yetkazib berishga doir bitim sifatida tavsiflangan bitimlar majburiyatlar
lozim darajada ijro etishdan farq qiladigan usullar orqali tugatilgan taqdirda hisob-kitobli muddatli
bitimlar sifatida qayta tavsiflanmaydi.
(21-q.)
Variatsiyali marja deganda savdolarning tashkilotchisi yoki kliring tashkiloti
tomonidan hisoblab chiqiladigan hamda savdolarning tashkilotchilari va (yoki) kliring tashkilotlari
tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq muddatli bitimlar ishtirokchilari tomonidan
toʻlanadigan pul mablagʻlari summasi tushuniladi.