-modda. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/352
Sana19.01.2024
Hajmi2,93 Mb.
#141154
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

60-modda. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar 
Ushbu Kodeks maqsadida quyidagi tushunchalardan ham foydalaniladi: 


jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari - uning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalari 
va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolari, buvilari, 
nevaralari, shuningdek erining (xotinining) ota-onasi; 
ijara (lizing) toʻlovi - ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) tuzilgan ijara (lizing) 
shartnomasi asosida ijarachi (lizing oluvchi) tomonidan toʻlanadigan summa; 
ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizdan olinadigan daromadi - moliyaviy 
ijara (lizing) obyektining ijara (lizing) toʻlovi summasi va qiymati oʻrtasidagi farq; 
nazorat-kassa texnikasi - fiskal xotira bilan jihozlangan nazorat-kassa mashinalari, fiskal 
toʻplagichlardagi fiskal maʼlumotlar yozib olinishi va saqlanishini taʼminlovchi, fiskal hujjatlarni 
shakllantiruvchi hamda ularning soliq organlariga fiskal maʼlumotlar operatori orqali 
topshirilishini, shuningdek fiskal hujjatlar nazorat-kassa texnikasini qoʻllash toʻgʻrisidagi 
qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq qogʻozda chop etilishini taʼminlovchi boshqa 
qurilmalar hamda dasturiy-texnik majmualar
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
tahriridagi xatboshi) 
ortiqcha toʻlangan soliq summasi (penya, jarima) - soliqning (penyaning, jarimaning) 
toʻlangan summasi bilan haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan summasi oʻrtasidagi ijobiy farq. 
Soliqning (penyaning, jarimaning) ortiqcha toʻlangan summasi u ilgari hisobga olingan va (yoki) 
soliq toʻlovchiga qaytarilgan summalarni, shuningdek soliq boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga 
oʻtkaziladigan summalarni hisobga olgan holda uni hisob-kitob qilish sanasida aniqlanadi
ortiqcha undirilgan soliq summasi - soliq organlarining gʻayriqonuniy hatti-harakatlari 
natijasida ortiqcha toʻlangan soliq summasi; 

Download 2,93 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   352




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar

Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish