(5-q.)
Agar soliq toʻlovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni
toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng soliq toʻlovchining (soliq agentining)
nomi va (yoki) uning soliq organining ushbu qaroriga muvofiq operatsiyalar toʻxtatib
turilgan
bankdagi hisobvaragʻi rekvizitlari oʻzgarsa, mazkur qaror bank tomonidan oʻz nomini oʻzgartirgan
soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) va rekvizitlari oʻzgartirilgan hisobvaraqqa nisbatan ijro etilishi
shart.
(6-q.)
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha
operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida soliq organi yoki sudning qarorini olganidan keyin
banklar ushbu soliq toʻlovchiga (soliq agentiga)
yangi hisobvaraqlar, omonatlar va depozitlar
ochishga haqli emas, bundan qonunchilikka muvofiq undiruv yoʻl qoʻyilmaydigan hisobvaraqlar
mustasno.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)