O‘zbekiston Respublikasining yirik xalqaro tashkilotlarida a’zoligi




Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana18.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#45970
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OZBEKISTONNI DUNYO TAN OLMOQDA
AKT, Madraximov2014 dasturlash, it haqida
O‘zbekiston Respublikasining yirik xalqaro tashkilotlarida a’zoligi 


1. BMT Birlashgan Millatlar Tashkiloti UNO
2. YUNIDO Sanoatni rivojlanishi bo‘yicha BMT tashkiloti
3. ESKATO Osiyo va Tinch okeani uchun BMT ning iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi
4. YUNSITRAL Xalqaro tijorat huquqi bo‘yicha BMT komissiyasi
5. PROON BMT ning rivojlanish dasturi
6. YUNESKO BMT ning ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha tashkiloti
7. YUNKTAD Tijorat va rivojlanish bo‘yicha BMT konferensiyasi
8. ESE BMT ning Evropa uchun iqtisodiy komissiyasi
9. VOIS Intellektual xususiylik bo‘yicha umumjahon tashkiloti
10. VOZ Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
11. MOT Xalqaro mehnat tashkiloti
12. IKAO Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkiloti
13. VPS Jahon pochta ittifoqi
14. MSE Xalqaro elektroaloqa ittifoqi
15. MTS Xalqaro tijorat markazi
16. MBRR Jahon qayta tiklash va rivojlanish banki
17. MFK Xalqaro moliya korporatsiyasi
18. MAR Xalqaro rivojlanish korporatsiyasi


19. MATI Investitsiyalarni garantiyalash bo‘yicha ko‘ptomonlama agentlik
20. MVF Xalqaro valyuta fondi
21. OBSE Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha tashkilot
22. EBRR Qayta tiklash va taraqqiyot Evropa banki
23. EEX Yevropa energetika partiyasi
24. ABR Osiyo taraqqiyot banki
25. VTO Jahon bojxona tashkiloti
26. IBR Islom taraqqiyot banki
27. OES Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti
28. OIK Islom konferensiyasi tashkiloti
29. MKKX Paxta bo‘yicha halqaro konsultativ qo‘mita
30. MAGATE Atom energiyasi bo‘yicha halqaro agentlik
31. IOE Epizotiya bo‘yicha xalqaro byuro
32. INTELSET Yo‘ldoshli aloqa bo‘yicha xalqaro tashkilot
33. IEV Ko‘rgazmali xalqaro byurosi
34. IS0 Standartlash bo‘yicha xalqaro tashkilot
35. VTO Xalqaro turistik tashkilot
36. 0ISA Avto ishlab chiqaruvchilarning xalqaro Assotsiatsiyasi
37. FAO Oziq-ovqat qishloq xo‘jaligi tashkiloti 
O‘zbekistonning Jenevadagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi 
mustahkamlanmoqda JЕNЕVA, 27-fevral. /«Dunyo» AA/. Shveysariyada Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining (BMT) bo‘linmasi, uning siyosiy, inson huquqlari, iqtisodiy, gumanitar, 
qurolsizlanish bo‘yicha tuzilmalari (40 ga yaqin) va 250 dan ortiq nodavlat tashkilot qarorgohlari 
joylashgan, 
Ma’lumki, Jeneva ko‘p tomonlama diplomatiyaning poytaxti hisoblanadi. Mamlakatimizning 
mazkur shaharda joylashgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi tobora mustahkamlanib 
bormoqda. Jumladan, O‘zbekistonning Jenevadagi xalqaro inson huquqlari va iqtisodiy 
tuzilmalari bilan aloqalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi 5 yilda ular tomonidan 
mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan keng qo‘lamli 


islohotlarga baho berilishida ijobiy o‘suvchanlik kuzatilmoqda. Malakatimizda olib borilayotgan 
ochiq va pragmatik ichki va tashqi siyosat tufayli o‘tgan vaqt ichida O‘zbekistonning Jenevada 
joylashgan xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorligida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishildi. 
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, O‘zbekiston Doimiy vakolatxonasi tomonidan so‘nggi yillarda 
o‘tkazilgan yirik tadbirlar qatorida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari (2017y.), 
BMTning Din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha (2017y.), Sudyalar va advokatlar erkinligi bo‘yicha 
(2019y.) va Terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus ma’ruzachilari (2021y.), Xalqaro 
mehnat tashkiloti (XMT) (2018y.) va Xalqaro migratsiya tashkiloti rahbarlari (2018y.), BMTning 
Jenevadagi bo‘linmasi direktori (2018y.), Parlamentlararo ittifoq (PAI) bosh kotibi (2021y.), BMT 
Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi (2021y.), Xalqaro fuqaro 
muhofazasi tashkiloti bosh kotiblarining (2021y.) hamda Jahon savdo tashkiloti Bosh direktori 
o‘rinbosarlarining (2019y. va 2021y.) Toshkentga tashriflarini yuqoridagi fikrning tasdig‘i sifatida 
keltirish mumkin. Ularning deyarli barchasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
tomonidan qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston ilk bor BMTning Inson huquqlari bo‘yicha 
kengashiga (IHK) a’zo bo‘lishi yo‘lida faol sa’y-harakatlar olib borildi. Davlatimiz rahbari ushbu 
kengashning 46-sessiyasida (2021y. fevral) ma’ruzachilar orasida birinchi bo‘lib nutq so‘zladi. 
Tarixda birinchi marotaba BMT Inson huquqlari kengashi tomonidan O‘zbekiston tashabbusi 
bilan ishlab chiqilgan COVID-19ning yoshlar huquqlariga ta’siri to‘g‘risidagi rezolyutsiya bir 
ovozdan qabul qilindi (2021y. oktabr). Bundan tashqari tarixda ilk bor O‘zbekistonning Doimiy 
vakili 2022 yil uchun IHK raisi o‘rinbosari etib saylandi. O‘zbekistonning Parlamentlararo 
ittifoqqa a’zoligini tiklash bo‘yicha ham faol ishlar olib borildi. Shuningdek, tashkilotning 2020-
2023 yillar uchun Ijroiya kengashiga O‘zbekiston vakili Akmal Saidov saylandi. MDH 
mamlakatlari tarixida ilk bor O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva 
boshchiligida Parlamentlararo Ittifoq Butunjahon parlamentlar ayol-spikerlari sammitining 
navbatdagi 14-yig‘ilishini 2022 yil kuzida O‘zbekistonda o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qilindi. 
15 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zoligi bo‘yicha 
muzokaralar jarayoni boshlandi (2020y. iyul). BMT institutlari bilan hamkorlikni yanada 
faollashtirish maqsadida Oliy komissar boshqarmasi bilan yaqin hamkorlikda BMTning Inson 
huquqlari bo‘yicha ta’lim va kadrlar tayyorlash to‘g‘risidagi deklaratsiyasi qabul qilinganining 10 
yilligiga bag‘ishlangan Global forum o‘tkazish taklif etildi. Mamlakat Xalqaro mehnat tashkiloti 
va Jahon banki bilan majburiy va bolalar mehnatiga barham berish sohasida hamkorlikni yanada 
rivojlantirish tarafdori ekani e’lon qilindi. XMT Bosh direktori Gay Rayder O‘zbekistonning 
majburiy va bolalar mehnatiga barham berish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi. 
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti KOVAKS mexanizmi doirasida 2021 yilning o‘zida 
O‘zbekistonga KOVID-19ga qarshi 660 ming doza AstraZeneca va 3 millon dona Moderna 
vaksinalari berilishini ta’minladi. Jenevada joylashgan BMT tuzilmalari bilan O‘zbekistonning 
nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlar ham tobora ravnaq topmoqda. Xususan, 
“Zamin” xalqaro fondi tomonidan tashkil etilgan nogironlar huquqlari bo‘yicha xalqaro 
forumlarda (2020y. va 2021y.) BMTning Jenevadagi bo‘linmasi direktori T.Valovaya va Inson 
huquqlari bo‘yicha Oliy komissari M.Bachelet, BMT Nogironlar bo‘yicha qo‘mita raisi R.Kayess 
qatnashdi. Shuningdek, EKSPO-2020 (Dubay, noyabr 2021y.) doirasidagi O‘zbekiston milliy 


pavilonida tashkil etilgan maxsus tadbirga BMT Ayollar tuzilmasi Yevropa mintaqaviy byurosi 
boshlig‘i A.El-Yasir ishtirok etdi. Muxtasar qilib aytganda, Doimiy vakolatxona O‘zbekistonning 
jahon maydonidagi obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirish, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro 
munosabatlarning barcha ustuvor yo‘nalishlari doirasida konstruktiv va o‘zaro manfaatli 
muloqotni mustahkamlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda 

Download 0.67 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasining yirik xalqaro tashkilotlarida a’zoligi

Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish