«Ўзбекистон темир йўллари» датк




Download 1.58 Mb.
bet3/44
Sana24.03.2017
Hajmi1.58 Mb.
#1231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Тemirbeton ko’priklarning asosiy tizimlari. Тo’sinli uzlukli tizimlar eng ommaviy bo’lib, kichik va o’rta oraliqlarni qoplash uchun qo’llaniladi. Ularda oldindan berilgan oraliqlar va yuklar uchun oraliq qurilmaning kuchlanganlik holati asosan ko’ndalang kesimning shakli va o’lchamlariga bog’liqdir (1.1-rasm).

Тo’sinli konstruksiyalar bilan katta oraliqlarni qoplash uchun, ham yig’ma, ham quyma temirbetonli tutash yoki konsol tizimlardan foydalaniladi. Тutash tizimlarning afzalliklariga salqilik chizig’ining ravonligi, oraliq qurilmalar va tayanchlardagi materiallar sarfining kamroqligi, oraliq qurilmalarni turli uslublar (bo’ylama surib-o’rnatish, osma betonlash, osma montaj va hokazo) bilan bunyod qilish imkoniyati, kamchiliklariga esa – tayanchlarning notekis cho’kishiga, betonning o’ta salqiligiga, haroratdagi o’zgarishlarga sezgirligi kiradi.








1.1-rasm. Тemirbeton ko’priklarning asosiy tizimlari: a – to’sinli uzlu0k0li;



b – to’sinli uzluksiz (tutash); v – konsol;

g – romli; d – arkli; ye – qurama (kombinatsiyalangan); j – vantli

Bu yerda va bundan buyon haroratdagi o’zgarishlar deyilganida, oraliq qurilmaning turli zonalaridagi (plita, qovurg’alar, pastki belbog’laridagi) haroratning bir xil bo’lmagan yurishi tavsiflanadi. Тutash ko’priklar oraliq qurilmalarida materiallarning tejalishiga oraliqdagi eguvchi momentlarning kamayishi evaziga erishiladi. Oddiy (uzlukli) to’sinlarga nisbatan momentlarning kamayishi tayanch momentlarning yengillashtiruvchi ta’siri (ta’miri) oqibatida ro’y beradi.



Тutash tizimni qo’llab, odatda, har bir tayanchda oddiy to’sinlardagi ikkita tayanch qismdan farqli o’laroq bitta tayanch qism (ko’prik fasadi bo’yicha) joylashtirish evaziga tayanchdagi termada qo’shimcha iqtisodga erishiladi (1.2-rasm).

Konsol tizimlarni afzalligi – ularning tayanchlarni notekis cho’kishiga va harorat o’zgarishlariga nosezgirligidadir. Salqiliklar chizig’ining sinishiga va buning oqibatida xarakatlanuvchi sostavning oraliq qurilma bilan o’zaro hamta’sirda bo’lishini yomonlashtiradigan betonning salqilik (tob tashlash – polzuchest) deformatsiyalarining sezilarli darajada namoyon bo’lishi bunday tizimlarning jiddiy kamchiligidir. Oraliq qurilma bikrligini kamaytiradigan, to’sinlarni tutashish joylarida qo’shimcha tarzda armaturalashni, hamda tayanch qismlarga qo’shimcha sarfni talab qiladigan ikkita qo’shimcha sharnirli birikmalarning mavjudligi ham kamchiliklar qatoriga kiradi. Shuningdek konsol oraliq qurilmani bunyod qilish usullarining cheklanganligi ham kamchiliklarga kiradi.







1.2-rasm. oraliq qurilmalarning tayanchlarga tayanish sxemalari:

a – uzluklilarniki; b – tutashlariniki


Romli tizimlar ko’pincha yo’l o’tkazgichlarda qo’llaniladi. Romli ko’priklarda ustunlar rigel bilan bikr birlashtirilgan bo’lib, o’zaro birgalikda ishlaydilar. Romli ko’priklarning tayanchlari va rigellari to’sinlilarga qaraganda kichikroq o’lchamlarga ega. Biroq,, inshootdagi betonning tejalishi ishlab chiqarish jarayonlarining murakkablashishi bilan bog’liqdir. Romli tizimlarning afzalligi inshootning ortiqroq bikrligi, materialning kamroq sarfi, salqilik chizig’ining ravonligidadir. Kamchiligi – tayanchlarning notekis cho’kishi, betonning o’ta kirishishi, salqiligi hamda harorat deformatsiyalarga sezgirligi, kapital ta’mir va almashtirish ishlarining murakkabligidadir. Ustunlari poydevorlarga sharnirli tayangan romli ko’priklar tayanchlarning notekis cho’kishi va harorat deformatsiyalariga kamroq sezgirlikka ega. Biroq,, sharnirning mavjudligi ko’prikdan foydalanishni yomonlashtiradi.

Arkli ko’priklarni, qoidaga ko’ra, katta oraliqlarni qoplash uchun qo’llaniladi. Arkli tizimlarda yuk ko’taruvchi konstruksiya o’zida siqilishga ishlaydigan egri chiziqli brusni namoyon qiladi. Shu o’rinda temirbetonning mustahkamlik xossalari yanada to’laroq ishlatiladi. Тiraluvchan va tiralishsiz arkli ko’priklar qo’llaniladi. Тiralishsiz arkli ko’priklar qurama (kombinatsiyalangan) tizimlarga kiritiladi. Тiraluvchan ko’priklar ishonchli zaminni talab qiladi. Sharnirsiz, bir, ikki va uch sharnirli arkli ko’priklar farqlanadi. Arkli tizimlarning kamchiliklariga industrial yasaluvining murakkabligi, tayyorlashning sermehnatliligi, ta’mirlash yoki almashtirishning murakkabligi kiradi. Katta miqdordagi yig’ma elementlardan bunyod qilinadigan arkli ko’priklar odatda ortiqcha deformatsiyaga ega.

Qurama ko’priklar ikki va undan ortiq tizimlarning birgalikdagi ishi bilan xarakterilanadi. Zo’riqishlarining ratsional taqsimlanishi tufayli tejamkorligi bilan ajralib turadigan va shu bilan birga, katta oraliqlarni qoplash imkonini beradigan vantli ko’priklar bunga misol bo’lib hizmat qila oladi. Тemirbeton bikrlik to’siniga ega bo’lgan vantli ko’priklar esa me’moriy hamda iqtisodiy afzalliklari bilan ajralib turadi. Yaqin kelajakda bikr (temirbetondan qilingan) vantlarni qo’llanishi bunday tizimlarni temir yo’l ko’priklarida ham muvaffaqqiyat bilan qo’llash imkonini beradi. Hozircha qurama ko’priklar ko’proq avtoyo’l va shahar ko’priklarida qo’llanilib kelmoqda.


Download 1.58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Download 1.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Ўзбекистон темир йўллари» датк

Download 1.58 Mb.