Toshkent uzel signalizasiya va aloqa distansiyasi “O’zbekiston temir yo’llari” AJ ning tashkiliy tuzilmasi hisoblanadi.
Distansiya aksiyadorlik jamiyatning ishlab chiqarish va temir yo’l transportining boshqa tuzilmalarini, yuridik va jismoniy shaxslarni majmuaviy aloqa hizmatlari bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Distansiyaning ixtiyorida raqamli tizimlarni qo’llash asosida ishlovchi eng zamonaviy aloqa vositalari mavjud.
Raqamli tizim yordamida poezd dispetcher aloqasi, radio aloqasi, dispetcherlik markazi, avtomatik telefon stansiyalari, telefon-telegraf aloqasi qurilmalarining ishlari tashkil qilingan.
Dispetcherlik markazi va radio aloqalarning zamonaviy raqamli tizimi yordamida Toshkent - Samarkand - Qarshi uchastkasidagi “Afrosiob” tez yurar poezdining harakati ta’minlanadi.
O’zbekiston temir yo’llari” AJ ning boshqa tashkilotlar qatorida distansiyasining mexnat jamoasi infratuzilmani modernizasiya qilish loyihalarni tadbiq etishda faol qatnashadi.
|