provitamini shu yerda to’planadi, sabzidan  boshqalarining o’zagi kam rivojlangan bo’ladi.  Selderey, pasternak va petrushka shu tipga




Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/76
Sana24.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#43453
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76
Bog'liq
pazandachilik asoslari
DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya trans, O\'zbek bolalar adabiyoti.Jamilova B., boshlang-ich-sinflarda-miqdorlarni-o-rgatish-metodikasining-umumiy-masalalari, quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi, Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan , Ehtimollik va statistika fanidan amaliy topshiriqlar, research paper powerpoint, qayta topshirish qaydnomasi, DИПЛОМ ЖИЛДИ 2023, ПҚ-18 25.01.2023
provitamini shu yerda to’planadi, sabzidan 
boshqalarining o’zagi kam rivojlangan bo’ladi. 
Selderey, pasternak va petrushka shu tipga 
kiradi. Rediska tipidagi o’simliklar - o’zagi 
juda rivojlangan bo’lib, to’yimli moddalar shu 
yerda to’planadi, tashqi qobig’i yomon 
rivojlangan bo’ladi. Rediska, turp, sholg’om, 
bryukva shu tipga kiradi. Lavlagi tipidagi 
o’simliklarda oqimtir (yog’ochlashgan) va 
qoramtir yo’llar birin-ketin joylashgan bo’ladi. Qand va boshqa to’yimli moddalar 
shu qoramtir yo’llarda yig’ilgan bo’ladi. 
Kartoshka. Bu mahsulot aholi ovqatida anchagina o’rin tutadi, texnik qayta 
ishlash - quritish, spirt, kraxmal olish uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. 
2-Rasm. Kartoshka tuganagining 
ko’ndalang kesimi: 1-po’st; 2-
kombiy halqasi; 3-tashqi eti; 4-ichki 
eti; 5-po’chog’i. 


13 
Kartoshkaning tugunagi yer ostidagi yo’g’on poyaning po’choq va mag’izidan 
iborat bo’ladi 
(2-rasm)
. Tugunakning yuzasida ko’zlari bo’lib, ularning har birida 3-
4 tadan kurtagi bo’ladi. Yangi tugunak ustida osongina artiladigan pusti bo’ladi. 
Keyinroq borib tugunakni po’choq deb yuritiladigan ko’p qatlamli ikkilamchi 
probka
-to’qima qoplab oladi. Po’choq tugunakni qurishdan, mikroorganizmlar bilan 
zararlanishdan saqlaydi. Kartoshka tugunagi tarkibida: suv-70-80%, kraxmal- 12-
25%, qandlar-0,3-1,8%, azotli moddalar-1,5-3%, mineral moddalar-0,5-2% va S Bi, 
Vg, RR vitaminlar bo’ladi. 250 g kartoshka S vitaminga bo’lgan bir sutkalik 
ehtiyojni qoplaydi. Kartoshkaning rangi ko’karib, nish urib qolgan tugunaklari 
tarkibida zaharli solanin glyukozoidi bo’lib, u suvda pishirilganda qaynatmasiga 
chiqib ketadi. 100 g kartoshkaning energetik qimmati tarkibida ko’p kraxmal 
bo’lgani sababli lavlagi va sabzidagiga nisbatan 2 baravar ortiq bo’lib, 83 kkal yoki 
347 kJ ni tashkil etadi. Kartoshkaning ro’zg’orbop-navlari ularning nimaga 
mo’ljallanganiga qarab, shartli ravishda xo’raki, texnikaviy, xashaki va universal 
navlarga bo’linadi. Kartoshkaning xuraki navining mazasi yaxshi, sillik yupqa 
po’chog’ida sayozgina ko’zlari, shakli esa dumaloqroq bo’ladi; eti oq, artilganda va 
to’g’ralganda tez qoraymaydi. Bunday nasli kartoshkalar tarkibida 12-18% kraxmali 
bo’lib, ular yaxshi pishib yetiladi. Kartoshkaning universal navlarida kraxmal ko’p 
bo’ladi, pishirayotganda ezilib ketadi. Shuning uchun ularni 
pyure
qilishga yoki 
qovurishga ishlatiladi. Unib yetilish vaqtiga qarab kartoshka ertagi, o’rtagi va 
kechki bo’ladi. 
Ertagi navlarga: ertagi roza, Epikur, Epron, tezpishar Prekulskiy navlar; 
o’rtapishar navlarga - Ella, Lyubimes, Peredovik, Xo’raki-16 navlari; kechroq 
o’rtapishar navlarga - Lorx, Berlixengen navlari kiradi. Bular yaxshi saqlanadigan 
bo’ladi. 
Kartoshka tugunaklari butun, quruq, ko’karib ketmagan, lov bosmagan, shakli 
va rangi bir xil, po’chog’i zich-pishiq (kechki kartoshkada) bo’lishi kerak. 
Tugunaklarning eng katta ko’ndalang kesimi diametri bo’ylab quyidagi kattalikda 
bo’lishi mumkin: ertagi kartoshkada - 30 (cho’ziqroq shaklida - 25 mm); kechki 
kartoshkada yetishtirilgan maydongaga qarab - 35-45 (cho’ziqroq shaklida - kamida 
30 mm). Tugunaklarga yopishib qolgan tuproq 1 % dan ortiq bo’lishiga yo’l 
qo’yilmaydi. 
Mexanik
zarar yetkazilishi ham, shuningdek qishloq xo’jalik 
zararkunandalari, kasalliklar zarar yetkazishi ham kartoshka sifatiga ta’sir qiladi. 
Kartoshkaning kasalliklari.

Download 1.45 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76




Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



provitamini shu yerda to’planadi, sabzidan  boshqalarining o’zagi kam rivojlangan bo’ladi.  Selderey, pasternak va petrushka shu tipga

Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish