• Savoy karami
  • Bryussel karami
  • O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev serv I s mehnat ta’limi pazandachilik asoslari




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/76
    Sana24.02.2023
    Hajmi1.45 Mb.
    #43453
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76
    Bog'liq
    pazandachilik asoslari
    DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya trans, O\'zbek bolalar adabiyoti.Jamilova B., boshlang-ich-sinflarda-miqdorlarni-o-rgatish-metodikasining-umumiy-masalalari, quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi, Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan , Ehtimollik va statistika fanidan amaliy topshiriqlar, research paper powerpoint, qayta topshirish qaydnomasi, DИПЛОМ ЖИЛДИ 2023, ПҚ-18 25.01.2023
    Qizil karam. Barglari tarkibida antosianlar bo’lgani uchun, qizil karam 
    boshlari binafsha-qizil rangdan to’q qizil ranggacha bo’yalgan bo’ladi. Bu karam 
    boshlarining kattaligi oq karamga nisbatan kichikroq (1,5-3 kg), lekin undan 
    zichroq, yaxshi saqlanadigan bo’ladi. Bu karam yangi holicha va marinovka qilib 
    ishlatiladi.
    Gulkaram. Ovqatga o’sib yetilmagan oq rangli to’pguli (boshi) ishlatiladi - 
    uning tarkibida xujayra kam, mukammal oqsillar (2,5%) va vitaminlar (S, RR) kup 
    bo’ladi. U hazmi yaxshi va parhezbop mahsulot hisoblanadi. Bu karam suvda 
    qaynatib, sho’rvaga solib, marinadlab, namakobda yaxlatib, konserva qilib iste’mol 
    kilinadi.
    4-Rasm. Karam turlari: 1-Oq karam; 2-
    Gul karam; 3-Savoy karam; 4-Bryussel 
    karami; 5-Kol’rabi. 


    16 
    Savoy karami. Uning barglari qat-qat burmali, och-yashil rangli yumshoq 
    boshlari bo’ladi. Bu karam tarkibida azotli moddalar va mineral moddalar, S 
    vitamini oq karamdagidan ko’proq bo’ladi. Yangi holda iste’mol qilinadi, sho’rva 
    va garnirlar tayyorlash uchun ishlatiladi.
    Bryussel karami. U balandligi 1,5 m gacha yetadigan poya ustida tugiladigan, 
    diametri 2-6 sm, ko’kish yumshoq boshdan iborat. Bu karamning tarkibida oqsillar 
    (4,8%), mineral moddalar (1,3%), S vitamini (oq karamdagidan 4 baravar ortiq) 
    ko’p bo’ladi. Uning ta’mi juda yaxshi bo’lib, sho’rva, garnir tayyorlashda, suvda 
    pishgan na dimlangan tarzda, marinadlab, konserva qilib, tuzda yaxlatib ishlatiladi. 
    Kolrabi. Oq rangli mayin va sersuv etli yo’g’onlashgan yer usti poya mevasi 
    ovqatga ishlatiladi. Ta’mi oq karam mazasiga o’xshab ketadi. Xomligicha ham 
    suvda pishirib, dimlab, quritib iste’mol qilinadi. Kolrabi tarkibida oqsillar (2,8%), 
    qand (7,4%), S vitamini bo’ladi.
    Bodring. Ochiq yerda, parnik va issiqxonalarda yetishtiriladi. Bodring 
    yoqimli, nozik ta’mli va xushbo’y bo’lib, mazali mahsulot sifatida qadrlanadi. 
    Tarkibida: suv-95%, qandlar-2,5%, azotli moddalar-0,8%, mineral moddalar-0,5%, 
    vitaminlar (Bi, V2, S), karotin bo’ladi. Bodringdagi pektinli moddalar modda 
    almashinuviga va ovqatning yaxshiroq hazm bo’lishiga yordam beradi. Bodringni 
    pishib yetilmagan holda yangi uzilgan, tuzlangan, marinadlangan tarzda iste’mol 
    qilinadi. 
    Tarvuz. Sersuv eti tarkibida anchagina kismi fruktozadan iborat qandlar ko’p 
    miqdorda (8-12%), organik kislotalar, mineral tuzlar, vitaminlar (S, Bi, V2) va 
    karotin bor. Eti yorqin qizil, shirin tarvuz iste’mol qilinadi. Tarvuzning pishib 
    yetilganligi dumining quriganligidan, yuzasining yaltiroqligidan va chertganda 
    taraqlashidan bilinadi. Tarvuzning xo’raki va ko’katbop navlari yetishtiriladi.
    Qovun. Uning tarkibida qand (9,6%), mineral moddalar (0,6%), vitaminlar (S, 
    RR, V), karotin, xushbo’y moddalar bor. Qovunning mazasi, hidi yoqimli bo’ladi; 
    uni yangi uzilganda yoki quritib iste’mol qilinadi, undan ko’katlar, shuningdek
    murabbolar tayyorlanadi.
    Qovoq. Xo’raki qovoq tarkibida qand (4,5%), oqsil 
    (1%), mineral moddalar (0,6%), karotin, S vitamipi, pektinli 
    moddalar bor. Qovoqdan pyureli sho’rva, bo’tqa, kotlet, 
    shinni, pastida, qiyom va hokazolar tayyorlash mumkin.

    Download 1.45 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev serv I s mehnat ta’limi pazandachilik asoslari

    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish