18
ko’p. Olma, nok, o’rik, shaftoli, olxuri, olcha, gilos temir tuzlariga boy. Bexi, nok,
olma, anor, xurmo oshlovchi moddalarga boy. Shuning uchun ham bu mevalar
qamashtiruvchi mazaga ega. Oshlovchi moddalar mevalardagi S vitamin aktivligini
kuchaytiradi, uning organizmga yaxshi singishiga yordam beradi.
Vitaminlar
mevalarning etiga nisbatan po’stida ko’p bo’ladi. Etining tashqi qavati ham ichki
qavatiga Karaganda vitaminlarga boy. Pishgan
mevalarda oziq moddalari
pishmaganlariga nisbatan organizm o’zlashtirishi uchun qulay holatda bo’ladi.
Mevalar iste’mol qilinadigan barcha ovqatni organizmga tez singishiga yordam
beradi. Ular sabzavotlar kabi ovqat hazm qilish bezlari faoliyatini qo’zg’atadi
hamda organizmda hamma ovqat hazm qilish jarayonining asosi bo’lib
xizmat
qiladi. Mevalarning parhez ovqatlar sifati hamda bolalarning ovqatlanishidagi roli
katta. Yangi mevalarni yeyishdan oldin inson uchun
zararli mikroorganizmlardan
tozalash, shuningdek turli oshqozon kasalliklariga sabab bo’luvchi zaharli (ekin
zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan) moddalar
qoldig’idan tozalash uchun qaynatilgan sovuq suv bilan yaxshilab yuvish kerak.
Yangi mevalar oziqlanish uchun qayta ishlanganlariga nisbatan foydaliroq. Lekin
yangi mevalarni
uzoq vaqt saqlash ancha qiyin, shuning uchun ularni ko’p qismi
maxsus zavodlarda yoki uy sharoitida qayta ishlanadi. Konservalashning hozir.gi
zamon usullari mevalardagi deyarli barcha zarur moddalar (qand moddasi, organik
kislotalar, vitaminlarning ko’p qismi)ni saqlab qolishga imkon beradi.