19
Danakli mevalar. Olcha, gilos, olxo’ri, o’rik,
shaftoli danakli mevalarga
kiradi. Danakli mevalar po’stloqdan, shirali etdan, qattiq po’choq va mag’iz
(urug’)dan iborat bo’ladi. Danakli mevalarni iste’mol
darajasida pishgandan keyin
teriladi, chunki ular daraxtdan uzilgandan keyin yetilib olol-maydi. Pishgan
mevalarning zti muloyim shirali bo’ladi. Ular uzoq joylarga tashishga yaramaydi.
Yangilicha yeyiladi va quritib, murabbo, kompot, sharbat, nalivka, nastoykalar qilib
qayta ishlash uchun ishlatiladi.
Gilos. Gilosning mevasi olchadan ko’ra yirikroq va shirinroq bo’ladi. Gilos
tarkibnda o’rtacha 8- 18% qand moddasi (asosan, glyukoza), 0,4-1,3% organik
kislotalar (asosan olma kislota),
mineral tuzlar, kamroq miqdorda vitamin S va
karotin (provitamin A) bor. Gilosning mevasi tez buziluvchan mahsulot, uni oddiy
sharoitda 5 kungacha, harorat 0°C va havoning nisbiy iamligi 85-90% bo’lganda, 20
kungacha saqlash mumkin. Uy sharoitida ba’zan mevasi quritiladi, murabbo hamda
kompot tayyorlanadi.