ISBN  «Fan va texnologiya» nashriyoti




Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/76
Sana24.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#43453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
pazandachilik asoslari
DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya trans, O\'zbek bolalar adabiyoti.Jamilova B., boshlang-ich-sinflarda-miqdorlarni-o-rgatish-metodikasining-umumiy-masalalari, quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi, Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan , Ehtimollik va statistika fanidan amaliy topshiriqlar, research paper powerpoint, qayta topshirish qaydnomasi, DИПЛОМ ЖИЛДИ 2023, ПҚ-18 25.01.2023
ISBN

«Fan va texnologiya» nashriyoti



KIRISH 
 
Hozirgi kunda umum o’rta maktab ta’lim tizimi amaliy saviyasini oshirish va 
uni milliylik asosida tashkil qilishga oid ancha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 
Umum o’rta ta’lim maktablarida ta’limning amaliy samarasini oshirishga, o’quv 
jarayonini muvofiq tashkil qilish, o’qitish mobaynida ta’limni usul va formalaridan 
oqilona foydalanish, mehnat ta’limi fanining kabinet va xonalarini talab darajasida 
jihozlash hamda ulardan unumli foydalanish, milliylik asosida o’quv dasturlarini 
yaratish kabi omillar muhim darajada ta’sir qiladi. Mehnat ta’limi fani umum o’rta 
ta’lim maktablarida yosh avlodga umummehnat ko’nikmalarini shakllantirish va 
ularni ongli ravishda kasb tanlashga yo’llash maqsadida 5-6-7-sinflarda texnologiya 
asoslari va 8-9 sinflarda ishlab chiqarish hamda kasb tanlashga yo’llash asoslari 
o’qitiladi.
Mehnat ta’limini barcha yo’nalishlari kabi “Pazandachilik asoslari” yo’nalishi 
bo’yicha o’qitishni samarali tashkil qilishga oid bo’lgan muammolar qatoriga 
o’zbek milliy taomlari asosida o’quv jarayonini tashkil qilishga qaratilgan o’quv 
dasturlarini tuzish, shu asosda o’quv darsliklarini yaratish muammolarini kiritish 
mumkin. Hozirgi kunga qadar mehnat ta’limini “Pazandachilik asoslari” yo’nalishi 
bo’yicha mavjud darsliklarda milliylik va o’zbek milliy taomlariga yetarli darajada 
e’tibor berilmagan, buni sababi o’zbek milliy taomlari tayyorlash texnologiyasiga 
va tarixiga oid manbalar kamligi, umumlashtirilib ma’lum bir tizimga 
solinmaganini aytishimiz mumkin. Shu boisdan xam ushbu kompleks darslikda 
mualliflar 5-sinflarda o’quvchilar o’zlashtirish qobiliyatini xisobga olgan holda 
oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish texnologiyasi, unda ishlatiladigan jixozlar, 
ish o’rnini tashkil qilish, taom tayyorlash sir-asrorlarini puxta o’zlashtirishda 
o’quvchilarning foydali va unumli mehnat jarayonlarini samarali tashkil qilishga 
uslubiy tavsiya va manbalarni aniq bir tizimda keltirishga harakat qilishgan.
Ushbu kompleks darslikning ahamiyati 5-sinflar uchun o’rgatishga 
mo’ljallangan o’zbek milliy taomlari texnologiyasiga oid manbalarni umumlashtirib 
ma’lum didaktik tamoyil asosida tizimga solishga harakat qilishganligidandir. Shu 
nuqtai nazardan keng qamrovli milliylik va milliy taomlar texnologiyasi 
ma’lumotlari bilan to’ldirilgan 5-sinflar uchun kompleks darslik sifatida 
tayyorlashga bo’lgan uslubiy urinishlar birinchi marotaba bo’lgani uchun xato va 
kamchiliklar bo’lishi tabiiy. Shu boisdan 5-sinflar uchun mehnat ta’limining 
“Pazandachilik asoslari” yo’nalishi bo’yicha kompleks darsligida o’rgatishga 
mo’ljallangan qishloq xo’jalik oziq-ovqat mahsulotlari, jihozlar, ish o’rnini tashkil 
qilish, sanitariya-gegiyena qoidalari va talablari, o’zbek milliy taomlariga oid 
manba materiallariga uslubiy fikrlar, mulohazalar, tuzatishlar, ko’rsatmalar, 
tavsiyalar bildirishlarni mualliflar o’rinli deb xisoblab, e’tibor qilganlari uchun 
minnatdorchilik birdirishadi. 




Download 1.45 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ISBN  «Fan va texnologiya» nashriyoti

Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish