O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev serv I s mehnat ta’limi pazandachilik asoslari




Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/76
Sana24.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#43453
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76
Bog'liq
pazandachilik asoslari
DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya trans, O\'zbek bolalar adabiyoti.Jamilova B., boshlang-ich-sinflarda-miqdorlarni-o-rgatish-metodikasining-umumiy-masalalari, quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi, Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan , Ehtimollik va statistika fanidan amaliy topshiriqlar, research paper powerpoint, qayta topshirish qaydnomasi, DИПЛОМ ЖИЛДИ 2023, ПҚ-18 25.01.2023
Kakao. Kakao tropik kakao daraxtining urug’idan tayyorlanadigan poroshok. 
Tarkibida 15% gacha yog’ bor. Kakaodan issiq va sovuq ichimliklar tayyorlanadi
shuningdek shirinliklar (krem, morojniy), pomadka, shakarqiyom va boshqalarga 
qo’shiladi.
Issiq kakao (1 stakan) kichik kastryulkaga 2 choy qoshig’ida kakao poroshogi, 
shakar (ta’bga ko’ra), biroz sut solib, poroshok qumoqlari yo’qolguncha eziladi. 
Hosil olovdan olinadi.
Qahva, qahva - tropik qahva daraxtining urug’i (qahva bo’tasi yoki doni), 
shuningdek ulardan tayyorlanadigan lazzatli, xushbo’y ichimlik. Qahva tarkibida 
kletchatka, azotsimon moddalar, qahvain, qand, yog’ va mineral tuzlar bor.
Tabbiy qahvadan tayyorlangan ichimlikda qahvain miqdori ko’p bo’lganligi 
sababli, markaziy nerv sistemasiga qo’zg’atuvchi va mustahkamlovchi ta’sir 
ko’rsatadi. Bir choyqoshiq maydalangan qahvada 0,07-0,1 g kofein bor. Bu miqdor 
sog’lom va arterial bosimi past kishilarning ish unumini oshirish, yurak faoliyatini 
yaxshilash uchun yetarlidir. Qahva oshqozon sekresiyasini ) ham qo’zg’atadi. Asab 
sistemasining qo’zg’aluvchanligi kuchaygan, xafa qon, gipertoniya, uyqusizlik kabi 
kasalliklarga chalingan kishilar uchun tabbiy qahva tavsiya etilmaydi. U oshqozoni 
kasal (masalan, me’da yara kasalligi) kishilar uchun ham zararlidir. Qahvani 
me’yoridan ko’p iste’mol qilish sog’lom kishilarni ham yurak kasali va 
uyqusizlikka olib kelishi mumkin, shuning uchun qahva ichimligini yotish oldidan 
ichish tavsiya etilmaydi.
Qo’l rang qahva qoplarini sust olovda, jigar rang tusga kirgupcha qovurib 
(yaxshisi chuyan tovada), so’ngra ulardan qahva ichimligi tayyorlash mumkin. 
Qahva donlarini uyda maxsus qahvamaydalagich yordamida yanchish mumkin. 
Qahva ayniqsa poroshogi, xushbo’yligini yo’qotib, boshqa yoqimsiz xidlarni qabul 
qilish xususiyatiga ega bo’lganligi sababli, u qopqog’i zich berkitiladigan maxsus 
shisha yoki tunuka idishda saqlanishi lozim. Qahva donlari pchimlik tayyorlash 
oldidan yanchilgani ma’qul. Qahva ichimligi qahva qaynatgichda qaynatiladi.
Qahva tayyorlashning ko’pgina usullari bor, lekin ichimlik qanday resept 
bo’yicha tayyorlanmasin, shuni esda tutish lozimki, qahvani qaynatish va qayta-
qayta isitish mumkin emas, aks xolda ichimlik sifati buziladi. Uzoq vaqt berk 
idishda saqlangan qahva donlari ham xushbo’yligini yo’qotadi. Ularni asli xoliga 
keltirish uchun 10 minut sovuq suvda saqlab, so’ng darhol duxovka yoki sust 
olovda isitib quritish lozim. 

Download 1.45 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76




Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev serv I s mehnat ta’limi pazandachilik asoslari

Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish