27
tortiladi. Qahva ichimligi sikoriy bilan yoki sikoriysiz tayyorlanishi mumkin.
Nonushtaga
qahva ichimligi sut, quyultirilgan sut yoki qaymoq bilan tortilishi
mumkin
.
Sof qahva. Yanchilgan qahva turpi bilan yoki turpsiz holda tayyorlangan
bo’lishi mumkin. Qahvaning muhim tarkibiy qismi qahvain bo’lib, o’ziga xos ta’sir
etuvchi xususiyati bilan boshqa mahsulotlardan farqlanadi.
Qahva tarkibida oqsil,
yog’, shakar bo’lib, bu uning ozuqalik qimmatini belgilaydi.
Qahva tayyorlashning bir necha usuli bor. Biroq bu usullarning barchasi quruq
qahva tarkibidagi xushxo’r ekstrakt moddalarni xushta’m ichimlikka aylantirishdan
nborat. Agar quruq qahva donachalari, ichimlik tayyorlashdan avval yanchilib
suyuqlikda aralashtirilsa, qahva sifati yuqori darajada bo’ladi. Yirikroq yanchilgan
qahvaning xushxo’rligi ko’proq
saqlanib, rangi tiniq bo’ladi. Qahvalarni yanchish
uchun tegirmon, qahva yanchuvchi mashinalardan foydalanish mumkin.
Sutli qahva
.
Tayyor qora qahvaga qaynab turgan sut, shakar qo’shib
aralashtirib qaynatiladi. Stakanda tagiga taqsimcha qo’yib, qahva idishida
taqsimchaga qo’yilran holda tarqatiladi.