|
I-BOB. OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI HAQIDABog'liq pazandachilik asoslari DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya transI-BOB. OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI HAQIDA
§1.1. PAZANDACHILIK TARIXI VA TARAQQIYOTI. INSONING
OVQATLANISH ZARURIYATI VA OZIQ-OVQAT
MAHSULOTLARINING OZUQA QIYMATINI INSON ORGANIZMI
UCHUN AHAMIYATI
Pazandachilik ovqat pishirish san’ati bo’lib, ovqatlanishni tartibga solish,
taomlar xilma xilligini ta’minlash, tayorlangan taomlarning lazzatliligi va did bilan
dasturxonga tortish pazandachilikning asosini tashkil qiladi. Pazandachilik moddiy
(to’ydirish) va ma’naviy (huzur qildirish, lazzatlantirish, estetik zavq bag’ishlash)
jihatidan kishining ruhiga ta’sir etuvchi san’atdir.
Taom tayyorlash va uni chiroyli qilib dasturxonga tuzashning bag’oyat
murakkab amaliy va nazariy tomonlari bor. Pazandalik hanuzgacha na san’at va na
ilm sohasiga qo’shila olmay kelyapti. Chunki, bu insoniyat madaniyatining asl
ko’rinishlaridan biri bo’lishiga qaramay, hali qo’l urilmagan soha. Shu sababli
bo’lsa kerak, ba’zilar pazandalikka shunchaki bir hunar deb qarashmoqda. Bu
to’g’ri emas. Aslida taom tayyorlash muhim, ma’suliyatli ishlardan hisoblanadi.
Shuning uchun ham u amaliy san’at sohasidan ham, fan sohasidan ham o’z qonuniy
o’rnini egallashi kerak. Pazandalik texnologiya, ximiya, fizika va tibbiyot juda
bog’liqdir. Agar pazandalikka hozirgidan ham katta e’tibor bilan qaralganda edi,
anchagina kasalliklarning oldi olingan bo’lardi. Pazandalikning etnografiya, tarix va
estetikaga ham ancha aloqasi bor. Masalan, Mehmon dasturxoniga qo’yilajak
taomlar ilmiy asosda tayyorlanishi va nafosat bilan bezatilishi - insonning did-
tabiati yanada yuksak madaniyat darajasiga ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Eng a’lo
sifat masallik, bilan hamma sharoit muhayyo bo’lsayu, biroq siz pishirish
qoidalarini
bilmasangiz,
qozon-tovoqqa
dastlab
unnaganingizdayoq
muvaffaqiyatsizlikka uchrashingiz turgan gap. Masalliq tarkibida inson uchun zarur
oqsillar, yog’lar, shakar moddalari, darmondorilar, ma’dan tuzlari va yana
birmuncha foydali jihatlari bo’ladi. Shu moddalarning saqlab qolish, lazzatli qilish
faqatgina masalliqqa emas balki uni qanday pishirish usullariga ham bog’liqdir.
Hatto kimyoviy yo’l bilan ham o’sha yuqorida qayd qilingan moddalarni bir-biriga
qo’shib to’q tutar ozuqa tayyorlash mumkin. Bu ozuqa kaloriyali bo’lsada, biroq
yeyishga yaramaydigan darajada badxo’r bir narsa bo’ladi. Mabodo yeyilsa ham
me’da shirasini hyech qo’zg’ata olmaydi, binobarin, hazm bo’lmaydi.
Har qanday masalliqni lazzatli va foydali taomga aylantirish pazandaning
mahoratiga borliq. Shunday ekan, taom tayyorlashni o’rganish muhim: ish va har
bir mezbon bu san’atni egallab olgani ma’qul. Chunki taom tayyorlash ilmga
asoslanadigan bir san’atdir. Taom tayyorlashda pazandalik san’ati ro’yobga chiqadi,
tayyorlash ilmi esa texnologiyadir. San’atning barcha shakl va janrlarining o’z
ta’rifi bor, biroq pazandalikka hanuzgacha ta’rif berilgan emas.
|
| |