30
Pichoq- 1) bir tomoni o’tkirlangan, plastinkasimon kesuvchi asbob. Qadimda
tosh, mis, bronzadan ishlangan. Umuman, ilk paleolit davridan ma’lum.
Temir
davridan boshlab temir pichoqlar keng tarqalgan
. Pichoqlar tig’,
dastadan
iborat
bo’ladi. Pichoq tuzilishiga ko’ra to’g’ri pichoq, qayqi pichoq,
bodomcha pichoq,
katta-kichikligiga ko’ra o’rtasuyamlik, gezlik, bolapichoq, chalabuzar, bezatilishiga
ko’ra sodda pichoq, guldor pichoq, chilmixagulli pichoq, rufta pichoq, dastasining
tuzilishiga ko’ra, yog’och sopli, suyak sopli, shoxdastali, dandon sopli, o’n uch
sadafli, o’n besh sadafli, yasalish usuliga ko’ra tus (chust) pichoq, Qorasuv pichoq,
shahrixon pichoq, buxorcha pichoq, poyto’g’ pichoq, qo’qon pichoq deb yuritiladi.
Dastlab pichoq kosiblik do’konlarida ishlab chiqarilgan.
Ishlatilishiga ko’ra ro’zg’or pichoqlari, bog’dorchilik, kosibchilik va
boshqalarda qo’llanadigan
xillari bor; 2) mashina va mexanizmlarning kesuvchi
qismlari. Ayniqsa, yog’och tilish, qirqish, faner yo’nish va boshqalar mashinalarda
pichoq keng qo’llaniladi. Bunday pichoqlar frezer va disk shaklida bo’ladi. Oziq-
ovqat sanoati va qishloq xo’jqlik mashinalarida (masalan,
karam maydalash,
kartoshka archish, silos qirqish, somon maydalash
mashinalarida) ham pichoq asosiy qism hisoblanadi.
Elektrotexnikada rubilniklar va shtepsellardagi
qisqichlar ham pichoq deb ataladi.