• Idish-tovoq
  • III–BOB. PAZANDAChILIK IShLARIDA QO’LLANILADIGAN




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/76
    Sana24.02.2023
    Hajmi1.45 Mb.
    #43453
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76
    Bog'liq
    pazandachilik asoslari
    DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya trans, O\'zbek bolalar adabiyoti.Jamilova B., boshlang-ich-sinflarda-miqdorlarni-o-rgatish-metodikasining-umumiy-masalalari, quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi, Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan , Ehtimollik va statistika fanidan amaliy topshiriqlar, research paper powerpoint, qayta topshirish qaydnomasi, DИПЛОМ ЖИЛДИ 2023, ПҚ-18 25.01.2023
    III–BOB. PAZANDAChILIK IShLARIDA QO’LLANILADIGAN 
    JIHOZLAR. 
     
    §3.1. PAZANDACHILIKDA ISHLATILADIGAN IDISH-TOVOQLAR, 
    SIFON IDISHLAR HAMDA ASBOBLAR 
     
    Oshxona buyumlari. Oshxona buyumlari qanchalik ko’p va turli-tuman 
    bo’lsa, har xil taomlar tayyorlash va ularni bezash shunchalik oson bo’ladi 
    (13-
    Rasm)
    .
    Quyida o’rtacha oila uchun 
    mo’ljallangan buyumlar ro’yxati 
    keltiriladi: 
    Go’shtyumshatgich- 

    ta, 
    Go’shtqiymalagich-1 
    ta, 
    Danakajratgich- 1 ta, Idish-tovoqlar 
    uchun tagliklar- 4 ta, Idish-tovoq 
    yuvish uchun cho’tkalar 3-4 ta, 
    idishquritgich-1ta, kapgir-1 ta, katta 
    va kichik elak -2 ta, konserva 
    pichoqlari-2 ta, krem va tuxum 
    atalash uchun chilcho’p – 1 ta, 
    ochqich (shtopor) - 1 ta, Oshtaxta 
    va o’qlog’i – 1 ta, oshtaxtalar -3 ta, 
    Oshxona pichoqlar –bir necha. 
    Pechenye qoliplari va xamir – 
    keskichlar – yig’ma nabor, piroglar 
    pishirish uchun qolip - 1 ta, press-
    pyure – 1 ta, sabzavotkeskich – 1 ta, 
    sabzavottozalagich -1 ta, stol yoki 
    osma 
    tarozi 
    -1 
    ta, 
    suv 
    qaynatiladigan choynak -1 ta, suzg’ich -1 ta, supra -1 ta, tiqin-yopqichlar – 10 ta, 
    tova- 1 ta, turli hajmdagi qozon va kastryulkalar – 4-5 ta, un, guruch va shu kabilar 
    solinadigan idishlar - bir nechta, chakich -1 ta, chovli -1 ta, cho’mich-2 ta. 
    Idish-tovoq metall, sopol, chinni, shisha, plastmassadan tayyorlanadi. Metall 
    idishlarning alyuminiy, po’lat, jez, cho’yan, mis va boshqa metall va 
    qotishmalardan ishlanadigan turlari bor. Alyuminiy idishlar shtampovka qilib, 
    qo’yib tayyorlanadi. Shtampovka qilib tayyorlanadigan alyuminiy idishlar 
    ishlatilishiga qarab xar xil og’irlikda bo’ladi: yengillari tagining qalinligi 1,5 mm, 
    o’rtachalari --2 mm, og’irlari -2,5 mm bo’ladi. Qalin qilib qo’yilgan alyuminiy 
    idishlar (tova, kastryul, qozon va shu kabilar), asosan yog’ dog’lab, masalliqni 
    qovurishga, quyuq taomlar pishirishga mo’ljallangan. Alyuminiy idish-tovoqlar 
    issiqqa chidamli (658°C da eriydi) bo’ladi, haroratning tez o’zgarishi ta’sir 
    ko’rsatmaydi, bunday idishlarda taomning rangi, hidi, ta’mi buzilmaydi, sho’r, 
    organik kislotalarga boy masalliqlarni qovurib yoki qaynatib pishiraverish mumkin. 


    33 
    Lekin ovqatni 2 sutkadan ortiq saqlab bo’lmaydi. Tuzlangan karam, sho’r bodring 
    kabilarni alyuminiy idishlarda saqlash mumkin emas, tuz, kislota, ishqordan tez 
    ayniydi. Yangi alyuminiy idishni hayvon yoki o’simlik moyi surtib qaynatib 
    tashlab, keyin foydalanish kerak. Alyuminiy idishlarni tozalashda qo’llaniladigan 
    moddalar emallangan po’lat idishlarni tozalashda ham foydalaniladi. Odatda 
    ro’zg’orda kam ishlatiladigan jez idishlar vaqt o’tishi bilan qorayadi, zanglay 
    boshlaydi, chunki organik kislotalar, moy, sut va boshqa ko’pgina masalliqlar unga 
    salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bunday idishlar faqat suv bilan 
    qaynatiladigan taomlar tayyorlashda ishlatilishi kerak. Shirinliklarni saqlashga ham 
    yaramaydi.
    Cho’yan qozonda mosh, loviyali taomlarni uzoq saqlab bo’lmaydi. Cho’yan 
    idishlarning emali sinib ko’chganda ularni taom tayyorlashda boshqa ishlatmaslik 
    kerak. Emallangan cho’yan idishlar ham emallangan po’lat idishlarni tozalashda 
    ishlatiladigan. preparatlar bilan tozalanadi. Olovga chidamli maxsus shishadan 
    ishlanadigan idishlar ovqat pishirishda foydalaniladi. Lekin foydalanayotganda 
    ehtiyot bo’lish kerak: qizigan paytda sovuq suvga tegmasligi, sovuq, nam joyga 
    qo’yilmasligi, idish sovib turganda esa to’satdan qaynoq suv solinmasligi lozim. 
    Olov ustiga metall setka qo’yib ustidan shisha idish qo’yilgani ma’qul. Xrustal 
    idishlarni qaynoq suvda yuvib bo’lmaydi - xiralashadi. Iliq hatto sovuq suvda 
    yuvgan yaxshi. Plastmassa idishlardan sovuq taomlar, oziq-ovqat mahsulotlarini 
    qisqa muddat saqlashda foydalangan ma’qul. Nam latta yoki, cho’tkaga poroshok 
    yoki pasta tashlab, suvga botirib olingan idish artiladi, keyin toza suv bilan yuviladi.  
    Tovoq - idish. Taom va oziq-ovqat mahsulotlari solishda foydalaniladi. Katta-
    kichik, turli shakldagi (yalpoq, yalpoqroq, chuqur, chuqurroq) sopol, chinni, ba’zan 
    marmar xillari bo’ladi, qalay bilan ichi oqartirilgan mis tovoqlar esa deyarli hamma 
    xalqlarda bor. O’rta Osiyoda ichi sirlangan, badiiy bezagi deyarli yo’q sopol tovoq 
    keng tarqalgan. Farg’ona vodiysi va boshqalarda bir qancha joylarda tovoq deganda 
    lagan tushuniladi.
    Qozon - mis, cho’yan yoki alyuminiydan quyma usulda tayyorlangan va ovqat 
    pishirish uchun mo’ljallangan idish. Qozon yer o’choq, guvala yoki g’isht o’choq 
    hamda ko’chirib yuriladigan metall o’choqlarga yaxshi o’rnatishdi. Palov pishirish 
    uchun chuyan qozon qulay, chunki kapkir bilan kovlash oson bo’lib, solingan 
    masalliqlar barobar qovurilib, barobar qaynaydi, taom tagiga olib, kuyib ketmaydi. 
    Qozonlarning hajmi qancha guruchdan palov damlanishi bilan belgilanadi. 
    Chunonchi, 70-100 kg guruch damlanadigan qozon- «dosh» qozon, 30-60 kg ligi - 
    «dek» qozon, 5-20 kg guruch damlanadigan qozon - katta qozon, 2-5 kg ligi - kichik 
    qozon, 0,5-1 kg ligi «dekcha» deb yuritiladi.
    Kosa-1) turli taomlar solish uchun mo’ljallangan uy-ro’zg’or idishi. Kosa juda 
    qadimdan ma’lum. Chust shahri yaqinidan mil. av. 2-ming yillikka oid bezakli 
    sopol kosalar topilgan. Dastlab qo’lda loydan yasalgan va nisbatan dag’alroq 
    bo’lgan. Bronza davrida kulollik charxining yuzaga kelishi bilan kosa shakli, bezagi 
    ancha takomillashgan. Kosagarlik maxsus kasb sifatida shakllangan. Ko’pchilik 
    mamlakatlarda, ayniqsa, Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Shakli va hajmiga 
    ko’ra kosalar kosacha, nimkosa, miyona kosa, shokosa, katta shokosa kabi xillarga 


    34 
    bo’linadi. Materialiga ko’ra sopol kosa, chinni kosa, zarang kosa, mis kosa, yog’och 
    kosa, jonon kosa, naqshin kosa; tuzilishiga ko’ra yumaloq kosa, dukki kosa, 
    labigardon kosa; ishlatilishiga ko’ra obikosa, sharbat kosa, osh kosa, qaymoq kosa, 
    nisholda kosa va boshqalarga bo’ladi. 2) Dutor, rubob kabi muzika asboblarining 
    ovozni kuchaytiradigan asosiy qismi (rezonatori); 3) toshbaqa ustini qoplab turgan 
    zirhi (pastki, ustki kosa); 4) odam va hayvomlar organizmining ko’z soqqasi 
    o’rnashgan qismi; 5) qovun, tarvuzning so’yib, karchlangan ikkidan bir, uchdan bir, 
    to’rtdan bir qismi.
    O’choq- olovni yoqish va saqlash uchun mo’ljallangan ochiq joy (odatda turar 
    joyi ichida bo’ladi). Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, o’choq ilk paleolit davridan 
    ma’lum. Quyi paleolitda toshdan yasalgan va ba’zida loy bilan suvalgan o’choqlar 
    keng tarqalgan. O’choq odatda, aylana shaklidagi turar joylarning o’rtasiga, to’g’ri 
    burchakli turar joylarda devor yoniga, ko’pincha uyning to’riga (masalan, Dog’iston 
    xalqlarida) qilingan. O’choqning nisbatan takomillashgan turi devorga taqab 
    joylashtirilgan va tutuni mo’rkon orqali chiqarib yuboriladigan o’choqdir ( O’rta 
    Osiyo, Sibir, Kavkaz, Bolqon yarim orolining ba’zi xalqlarida). O’choq turli urf-
    odatlarda katta rol o’ynagan. Ko’pgina xalqlar (yunonlar, rimliklar, slavyanlar, 
    germanlar, shuningdek, so’nggi davrlarda - Kavkaz, Sibir, O’rta Osiyo xalklari).da 
    o’choq - muqaddas joy hisoblangan. 
    Sifon -suv, meva sharbatlari va shu kabi ichimliklarni gazlantirish uchun 
    ishlatiladigan idish; maxsus kopqog’i germetik bekitilgan, og’zida gaz solingan 
    balloncha o’rnatilgan bo’ladi. Qopqoqqa o’rnatilgai richag (yoki tugmacha) 
    bosilishi bilan ballon ochilib, chiqqan karbonat angidrid gaz hosil qilgan bosim 
    ta’sirida suv stakanga quriladi. Sifonlar metall va qalin shisha idishlardan iborat 
    bulib, shisha sifonlarga 1l (14
    -rasm
    ), 
    metall sifonlarga 
    (15- va 16-rasmlar

    1-2 l suv sig’adi. Ballondagi (10 sm 
    gaz sig’adi) suyultirilgan va bosim 
    ostida bo’lgan karbonat angidrid gazi 
    sifonga solingan suyuqlikni bir marta 
    gazlantirishga 
    yaraydi. 
    Idishga 
    suyuqliq solinganda har gal yangi 
    ballon o’rnatiladi, bunday ballonlar 
    magazinlarda, gazli suv do’konlarida 
    ishlatnlgan 
    ballonga, 
    almashtirib 
    beriladi (gaz uchungina haq olinadi). 
     

    Download 1.45 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III–BOB. PAZANDAChILIK IShLARIDA QO’LLANILADIGAN

    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish