|
O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev serv I s mehnat ta’limi pazandachilik asoslariBog'liq pazandachilik asoslari DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya transElektr qahva qaynatgichlar. «Ekspress», EK-0,3 va EK-0,5 markali qahva
qaynatgichlar qahvani tez qaynatib beradi.
Isitish elementining quvvati 700 Vt li
«Ekspress» qahva qaynatgichda 1 l qahva
taxminan 13 minutda, quvvati 300 - 500 Vt
li EK-0.3 va EK-0,5, qahva qaynatgichlarda
esa 0,3-0,5 l qahva 13- 15 minutda
qaynaydi. Elektr qahva qaynatgichlarda
qahva yanchilgan qahvaga issiq, suv
o’tganida damlanadi. Quyqasiz tayyor
qahva qahvaynikning cho’michiga tushadi.
Qahva maydalagich. Qo’l va elektr bilan harakatga keltiriladigan xillari bor.
Qo’l qahvamaydalag ichi odatda yog’och yoki metall korpusdan iborat bo’lib, uning
ichiga dasta yordamida qo’l bilan harakatlantiriladigan maydalash toshi va unda
donachalarning maydaligini o’zgartiradigan qurilma o’rnatilgan bo’ladi. Korpusiing
pastki qismida quticha bo’lib, unga maydalangan qahva tushadi. Elektr
qahvamaydalagichiniig turli modellari bo’lib, hammasining ishlash prinsipi bir xil -
qahva donachalari kurakchali tez aylanuvchi disk bilan maydalanadi. Elektr qahva
maydalagichi bunkeriga 30 g chamasi qahva donachalari solinib, qanday
maydalikda olinishiga qarab 1-2 minut maydalanadi. Qahvamaydalagich mexanizmi
qizib ketmasligi uchun, uni har 2 minutdan keyin 3 minut to’xtatib qo’yish kerak.
Ro’zg’or qahvamaydalagichining asosiy qulayligi shundaki, maydalangan qahvani
bevosita damlashdan oldin olish mumkin, bu esa uning xushbo’yligini va ta’mini
saqlaydi. Elektr qahvamaydalagichidan oz miqdordagi qand, quritilgan mahsulot va
boshqa mahsulotlarni maydalashda ham foydalanish mumkin. Qahvamaydalagich
og’irligi odatda 1 kg chamasida, iste’mol qilish quvvati 100 Vt. Maydalagichni salt
ishlatish tavsiya etilmaydi. Ishlatib bo’lingach, qahvamaydalagichni quruq latta
bilan tozalash zarur. Qahvamaydalagichni tez-tez moylash va elektr dvigatelini
elektr cho’tkalarini almashtirish shart emas.
|
| |