|
O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev serv I s mehnat ta’limi pazandachilik asoslariBog'liq pazandachilik asoslari DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya transPishirilgan kuk no’xot. Bu taom tayyorlashda yangi, quritilgan,
konservalangan, tez muzlatilgan ko’k no’xotlardan foydalaniladi. Yangi ko’k no’xot
po’choqlaridan tozalanib, qattiq qaynab turgan tuzli suvga solinadi va shu qaynov
darajasida iste’molga tayyor bo’lguncha pishiriladi. Tez muzlatilgan ko’k no’xot,
muzidan tushirilmay, qaynab turgan tuzli suvga solinib, 3-5 daqiqa qaynatiladi.
Quritilgan ko’k no’xot saralab yuvilib, sovuq suvda 3-5 soat ivitiladi, yana yuvilib,
sovuq suvda 1-1,5 soat davomida past olovda qaynatiladi. Konservalangan ko’k
no’xot o’z suyuqligida bir qaynatib olinadi. Pishirilgan ko’k no’xot elak yoki
alyumin g’alvirda suyuqligi silkitilib, idishga solinadi, sariyog’ yoki suyuq sut
sardagi bilan aralashtirilib, namagi me’yorga keltiriladi va isitiladi. Alohida taom
sifatida yoki go’sht, parranda, baliq taomlari uchun garnir sifatida ishlatiladi.
Tarqatishda ko’k no’xot likobchaga solinib ustiga yoki alohida kichik idishda
bo’lak sariyog’ quyib beriladi. Yana pishirib mayda chopilgan tuxum solib yoki
yoniga qovurilgan non bo’lagi qo’yib beriladi. Qovurilgan non bo’lagi uchun suvi
qochgan bo’lka non qobig’i tozalanib, uchburchak, romb yoki yarim oy shaklida
kesiladi, sut, xom tuxum, shakar aralashmasiga botirilib asosiy usulda sariyog’ yoki
margarinda 2 yoqlama qobiq hosil qilib qovuriladi.
Dimlab pishirib tayyorlangan sabzavot taomlari va garnirlari.
Dimlab pishirish uchun sabzi, sholg’om, qovoq, pomidor, ismaloq shovul
ishlatiladi. Sabzavotlarni alohida yoki aralash holda dimlab pishirish mumkin.
Dimlab pishirish o’z sharbatida yoki oz miqdordagi suyuqlikda (suv yoki
qaynatmada) sariyog’ qo’shib amalga oshiriladi. Dimlashdan qo’shgan suyuqlik
to’kib tashlanmay, aksincha sabzavot bilan birga ishlatiladi. Dimlash jarayonini
idish yopilgan holda olib borilishi kerak. Dimlab pishirilgan sabzavotning ozuqali
qimmati, qaynatib, pishirilgan sabzavotga nisbatan ko’ppoq saqlab qolinadi.
Tozalangan sabzavot ko’bik pallacha, somoncha yoki turtburchakli uzun
shaklda to’g’raladi. Dimlab pishirish uchun sabzavotlar 20 smdan ko’p bo’lmagan
kalinlikda (karam, bir kator) idishga solinadi. Qovoq, kovokcha, pomidor, ismaloq
kabi tarkibidagi suyuqlik oson ajraladigan sabzavotlar suyuqlik qo’shmay dimlab
pishiriladi. Ismaloqni shovul bilan birga pishirish mumkin emas, sababi rangi
o’zgarib, qotib qoladi. Dimlab pishirilgan sabzavotlar sariyog’ yoki sut sardagi
bilan aralashtiriladi va taom yoki garnir sifatida tarqatiladi.
|
| |