O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev serv I s mehnat ta’limi pazandachilik asoslari




Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/76
Sana24.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#43453
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76
Bog'liq
pazandachilik asoslari
DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya trans, O\'zbek bolalar adabiyoti.Jamilova B., boshlang-ich-sinflarda-miqdorlarni-o-rgatish-metodikasining-umumiy-masalalari, quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi, Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan , Ehtimollik va statistika fanidan amaliy topshiriqlar, research paper powerpoint, qayta topshirish qaydnomasi, DИПЛОМ ЖИЛДИ 2023, ПҚ-18 25.01.2023
 
Mustahkamlash uchun savollar. 
1. Kartoshkadan tayyorlanadigan garnirlarni ayting.
2. Sabzavotlardan qanday garnirlar tayyorlash mumkin? 
3. Garnir nima? 
. Kartoshkani bir-ikki bo’lak sarimsoq, lavr yaprog’i yoki quritilgan
ukrop solingan suvda qaynatsangiz, juda mazali bo’ladi. 

. Yangi kartoshkani o’n-o’n besh daqiqa sho’r suvga solib qo’yilsa,
oson tozalanadi. 



47 
Salat (lot. salate - tuzlash)-asosan, sabzavot va rezavor o’simliklar bargi, 
poyasa, mevasidan turli masalliqlar qo’shib tayyorlanadigan va xomligicha 
(taomlarga qo’shib) iste’mol qilinadigan pazandalik mahsuloti. O’zbek 
pazandaligida uning shakarob (Farg’ona vodiysi), achchiq-chuchuk (Toshkent obl.) 
turlari ma’lum. salat chala pishirilgan, tuzlangan, sirkalangan sabzavot va 
rezavorlardan tayyorlanadi, shuningdek uning alohida turlariga go’sht, qazi, tuxum, 
qaymoq, qatiq, ziravor, oshko’ki va boshqalar ham qo’shiladi Salat taom xazmini 
yengillashtiradi, uni vitaminlar bilan boyitadi, tarkibidagi turli masalliqlar ishtaha 
qo’zg’atadi. salatning maxsus texnologiya bilan tayyorlanadigan turlari ham bor.
Salatlar yangi, pishirilgan, achitilgan, marinovka qilingan, tuzlangan, tuz 
muzlatilgan sabzavot, qo’ziqorin, dukkaklilar, yangi yoki konservalangan meva
sitrus mahsulotlaridan tayyorlanadi. Ba’zi hollarda salatlar go’sht, baliq, parranda, 
seld, dengiz mahsulotlari, tuxum va boshqa mahsulotlar qo’shib tayyorlanishi hamm 
mumkin. Salatlarga yumshoqligini oshirish uchun nordonroq kaymoq, mayonezlar 
qo’shiladi. Bu mahsulotlar qo’shib tayyorlangan salat 1 soat davomida 
iste’molchilarga tarqatilishi kerak. Kesib tayyorlangan, lekin nordon qaymoq, 
mayonez qo’shilmagan mahsulotlarni muzxonalarda 4-8°C li haroratda 12 soat 
davomida saqlash mumkin. Bundan uzoqroq muddatda saqlansa shamol tegib, yuzi 
qotib kolib, mahsulot va taom sifati o’zgaradi, salat darmondorisining miqdori 
kamayadi. 
Yangi yoki pishirilgan sabzavotlar salatlar uchun ko’bik, tilim-tilim, parrak-
parrak, somoncha shakllarida to’g’raladi. Salatlar o’zi alohida taom sifatida salat 
idishlarida yoki mayda likobchalarda beriladi. Ko’kat va sabzavot salatlari go’sht, 
baliq taomlari uchun qo’shimcha garnir sifatida berilishi mumkin. Salatlarni bezash 
uchun ko’kat, salat barglari, ko’k piyoz, ukrop, petrushka, selderey, tuxum, go’sht, 
baliq, meva, sitrus mevalari va boshqa salat tarkibiga kirib, o’z rangi bilan salatni 
bezashga yordam beruvchi mahsulotlardan (qizil qalampir, pomidor, bodring) 
foydalaniladi. 
Salatlarni bezashni ikki xil usulda olib borish mumkin. Birinchi usul to’g’rab 
muzxonada saqlangan salat mahsulotlari aralashtirilib, sardak yoki nordonroq 
qaymoq, tuz, ziravor bilan yana bir aralashtirilib idishga qo’yib solinib, ko’kat bilan 
bezaladi. Ikkinchi usul. Mahsulotlar to’g’ralib, uning 1/3 qismi sardak bilan 
aralashtiriladi va salat idishiga uyib solinadi. Ustiga go’sht, baliq, parranda, 
qisqichbaqa, tuxum quyib, tuzlangan bodring, pomidor va ko’katlar bilan bezaladi. 
Qolgan mahsulotlar kesilib salat atrofiga terib chiqiladi. Bezalgan mahsulot ustiga 
sardak qo’yilmaydi. Salatlar kishi organizmida taom =azm bщlishini 
yengillashtiradi, organizmni vitaminlar bilan boyitadi, tarkibidagi masalliыlar esa 
ishta=ani ochadi.Salatlar chiroyli likoploarda tortilib, dasturxonni yaxshi bezatadi. 

Download 1.45 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76




Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev serv I s mehnat ta’limi pazandachilik asoslari

Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish