• Pomidor kabob.
  • Pomidor biyron yoki qovurma “ achchiq-chuchuk”.
  • Pomidor dimlama.
  • Pomidor sabzavotidan taom tayyorlash




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/76
    Sana24.02.2023
    Hajmi1.45 Mb.
    #43453
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   76
    Bog'liq
    pazandachilik asoslari
    DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya trans, O\'zbek bolalar adabiyoti.Jamilova B., boshlang-ich-sinflarda-miqdorlarni-o-rgatish-metodikasining-umumiy-masalalari, quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi, Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan , Ehtimollik va statistika fanidan amaliy topshiriqlar, research paper powerpoint, qayta topshirish qaydnomasi, DИПЛОМ ЖИЛДИ 2023, ПҚ-18 25.01.2023
    Pomidor sabzavotidan taom tayyorlash. Pomidor mevasi naviga qarab (o’rta 
    hisobda) 4% gacha qand moddasi, 0,5% chamasi organik kislotalar, 0,9% gacha 
    kaliy, natriy tuzlari, 11-28 mg% gacha karotin (provitamin A), 0,95% gacha oqsil, 
    0,19 gacha yog’ va boshqalar bo’ladi. 
    Uy sharoitida pomidor yangiligida ishlatiladi, undan salatlar tayyorlanadi, har 
    xil ovqatlarga qo’shiladi, ulardan yil bo’yi foydalanish maqsadida tuzlanadi, 
    konservalar tayyolanadi va ziravor qo’shib sirkalab qo’yiladi. 
    Pomidor kabob. Pomidorning seret navlaridan o’rtacha kattalikdagilari tanlab 
    olinadi. Sovuq suvda yuvib, har bir sixga 3-4 tadan o’tkaziladi va kabob singari 
    cho’g’da pishiriladi. 
    Tayyor pomidor kabob issiq namokobga botirib olinadi yoki sixdan olib 
    likobga solingandan keyin ustiga mayda tuz, qalampir va mayda to’g’ralgan piyoz 
    solib dasturxonga tortiladi. 
    Pomidor kabob uchun 1kg pomidor, 300 gr piyoz, ta’bga ko’ra tuz va qalampir 
    kerak bo’ladi. Bu kabob go’shtli kaboblarga garnir qilib beriladi. 
    Pomidor biyron yoki qovurma “ achchiq-chuchuk”. Yog’ni dog’lab piyoz 
    qovuriladi va piyoz jigar rang tusga kirganda pomidor solib ezilguncha qovuriladi. 
    Taom tayyor bo’lgach, tuz va qalampir sepib dasturxonga tortiladi. Bu taomni non 
    bilan yoyish yoki go’shtli taomlarga garnir qilish mumkin. 
    Qovkrma achchiq-chuchuk uchun 1kg pomidor, 500 gr piyoz, 150 gr yog’, 
    ta’bga ko’ra tuz va qalampir kerak bo’ladi. 
    Pomidor dimlama. Dog’langan yog’da piyoz va go’sht qovurilgandan so’ng 
    tuz, dafna yaprog’i va butun qalampir solib olov pasaytiriladi. Pomidorning yaxshi 
    pishgan birxil kattalikdagilarni tanlab yuviladi va bandi olib tashlanadi. Pomidorlar 
    qovurma ustiga terilib, qozonni bug’ chiqmaydigan qilib berkitiladiva 1,5 sot 
    dimlab pishiriladi.
    Tayyor taom dasturxonga likoblarda yoki kosalarda betiga rayxon yoki 
    kashnich sepilgan xolda tortiladi. 
    Pomidor dimlama uchun 400 gr yog’, 500 gr go’sht, 500 gr piyoz, 2kg 
    pomidor, ta’bga ko’ra tuz va ziravorlar, yuziga sepish uchun bir shox rayxon va 
    yarim bog’ kashnich kerak bo’ladi. 

    Download 1.45 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   76




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish