56
O’rtacha quyuqlikdagi kisellar ko’proq tayyorlanadi. Bunday kiselning 1
kilogramini tayyorlash uchun 35-50 g. kartoshka kraxmali ishlatiladi. Kisellar
tayyorlangandan so’ng bir oz sovitilib, stakan yoki kremankaga qo’yilib ustidan bir
oz shakar yoki shakar uni sepiladi. Bunda kisel ustidagi
mayda suv donachalari
shakar bilan yutilib, gigroskopik holat ro’y berib, yupqa qobiq hosil bo’lish
holatidan saqlanadi. Porsiyasiga 200 g. xisobida kisel tarqatiladi.
O’rtacha suyuqlikdagi kisellar ham o’rtacha quyuqlikdagi kisel singari
tayyorlanib, 1 l. kisel olish uchun 20-40 g. kraxmal ishlatiladi. Bundan tashqari bu
kisellarni yorma, tvorog, makaron mahsulotlariga, kotlet, bitochki, puding,
zapekanka, sirniklar va boshqa taomlarga sardak sifatida ham qo’shib
berish
mumkin.
Maymunjon, horarat, olchalardan kisel tayyorlashda: suyuqligi siqib olinib,
turpidan suv qo’shilgan holda sharbat tayyorlanib, suzilib, shakar qo’shib bir
qaynatiladi va bu sharbatda kraxmal, mevadan olingan suyuqlik qo’shilib
aralashtirilgan holda qaynatib tayyor holga keltiriladi va sovitiladi. Qulupnay, yer
tuti, malina, maymunjondan kisel tayyorlash
uchun ezilib pyuresi ajratilib, turpiga
suv quyib bir qaynatiladi va suzib olinib, suyuqligida shakarli sharbat tayyorlanadi.
Meva pyuresi, kraxmal, sharbatdan foydalanib kisel tayyorlanib, sovitiladi.
Smorodina
kiseli.Tozalangan
va
yuvilgan
smorodina
qoshiq
bilan
eziladi,dokadano’tkaziladi va sharbati yopiq idishga solib quyiladi.Tuponi ustiga
qaynoq suv quyib qaynatiladi, sung suziladi.Kraxmalni
aralashtirish uchun ozgina
(0,5 stakan) qaynatma sovitiladi, qolganing ichiga shakar qushib, quynog’iga
yetkaziladi.Sungra
tayyorlangan
kartoshka
uni
(kraxmal)
aralashmasini
quyib,qaynaguncha yog’och qoshiq bilan muntazam kovlab turiladi.
Kisel qaynashi bilanolovdan olinadi.Sovitilgan tayyor kiselga oldindan
tayyorlangan smorodina sharbati quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Seva nordon
bulmasa, ta’bga kura limon kislotasi qushiladi.3 stakan suv uchun 1stakan
smorodina,0,5
stakan shakar, o’rtacha quyuqlikdagi kiselb uchun 1 oshqoshiq,
quyuq kiselb uchun 2 oshqoshiq kartoshka kni kurak buladi.
O’rik, olma, olxuri, olcha kabi yangi uzib olingan meva kisellari quyuq
smorodina kiseli kabi tayyorlanadi,faqat mevalar
avval kam miqdordagi suvda
ezilguncha qaynatiladi, so’ng suziladi. Meva sharbati yoki qizil vinodan
tayyorlanadigan kisel ham xuddi smorodina kiseli kabi pishiriladi,faqat smorodina
o’rniga 2 sharbat yoki vino ishlatiladi.