• Mustahkamlash uchun savollar.
  • Kuvlangan tuxum quymoq
  • Pomidor va piyozli tuxum quymoq
  • Olmali tuxum quymoq
  • Tuxum quymoq
  • O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev serv I s mehnat ta’limi pazandachilik asoslari




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/76
    Sana24.02.2023
    Hajmi1.45 Mb.
    #43453
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76
    Bog'liq
    pazandachilik asoslari
    DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya trans, O\'zbek bolalar adabiyoti.Jamilova B., boshlang-ich-sinflarda-miqdorlarni-o-rgatish-metodikasining-umumiy-masalalari, quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi, Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan , Ehtimollik va statistika fanidan amaliy topshiriqlar, research paper powerpoint, qayta topshirish qaydnomasi, DИПЛОМ ЖИЛДИ 2023, ПҚ-18 25.01.2023
    Qovurilgan tuxum pomidor bilan. Pomidor 
    parrak-parrak qilib kesiladi va yog`da ikkala tarafi 
    qovurib olinadi. So`ng pomidor ustiga yoki 
    bo`lmasam, pomidorlarni olib turib tuhumni 
    chaqib ustiga qovurilgan pomidor quyib, ko`kat 
    sepib chiqiladi va ozgina past olovda dimlab 
    qo`yiladi (26-Rasm). Tayyor bo`lgan taomni 
    bemalol dasturxoningizga tortishingiz mumkin. 
    Mustahkamlash uchun savollar. 
    1. Tuxumli taomlarni tayyorlashda ish o’rni qanday tashkil
    qilinadi? 
    2. Tuxumning qanday xossalari bor? 
    26-Rasm. 


    59 
    Kerakli masalliqlar: 4 ta tuhum, 2 ta pomidor (po`sti olingan. issiq suvda 
    pomidor ozgina ushlab turilsa olinishi oson bo`ladi), ozgina yog’, tuz, ukrop. 
    Quymoqlar. Quymoqlarni qovurilgan tuxumlardan farqi shundaki, ularga sut, 
    suv yoki qaymoq qo’shib tayyorlanadi. Quymoqlar sof holda, aralash holda va 
    qiyma tiqib tayyorlanadi. 
    Kuvlangan tuxum quymoq. Kichikroq idishda sariyog’ eritilib, olovdan olib 
    qo’yiladi, keyin unga tuxum chaqiladi, bir oz sut qo’shilib, tuz sepiladi va sanchqi 
    (vilka) bilan ko’pirtiriladi; o’rtacha olovga qo’yib, aralashtirib turiladi. Quymoq 
    suyuq bo’tqa (kasha) holiga kelganda olovdan olinib, likopchaga solinadi.
    Kerakli masalliqlar:3 ta tuxum uchun 1 oshqoshiq sariyog’, 2 oshqoshiq sut, 
    bir chimdim tuz va 1 osh qoshiq o’simlik yog’i kerak bo’ladi. 
    Pomidor va piyozli tuxum quymoq. Pomidor po’sti archilib, tilim-tilim qilib 
    kesiladi va qovuriladi, pomidorlarga tuxum chaqib solinib, aralashtirilmay, 7-8 
    minut qovuriladi; tuz, garmdori sepiladi. Parrak-parrak qilib to’g’ralgan piyoz 
    alohida qovurilib, tuxum quymoq bilan birgalikda dasturxonga tortiladi. 
    Olmali tuxum quymoq. Olmalar archiladi, o’rtasi olib tashlanadi, 0,5 sm 
    qalinlikda tilim-tilim qilib kesiladi va bug’doy unida bo’lab, sariyog’da qovuriladi. 
    Ustiga tuxum chaqib solinadi, tuz sepiladi, duxovkaga qo’yib, tayyor bo’lguncha 
    pishiriladi. 
    Tuxum quymoq (yaichnisa) tabiiy holda (faqat tuxumdan) yoki turli 
    mahsulotlar - sabzavotlar (ko’k piyoz, pomidor, loviya), sut mahsulotlari (pishloq, 
    qaymoq, smetana, sut), murabbo, asal, olma, un va boshqalar bilan birgalikda 
    tayyorlanadi. Tuxum quymoq sariyog’ yoki margarinda qovuriladi. 
    Tuxum barak. Tuxum chaqilgan suvda qorilgan xamir 30-40 minut 
    tindirilgach, olxo’ridek zuvalachalar uzib olinib, yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan 
    zuvalachaning har qaysisi yarim oy shaklida buklanib, yopishtirayotgan tomonning 
    o’rta qismi ochiq qoldirilib bir 03 un sepib chiqiladi. Sariyog’ solingan 
    tog’orachaga tuxumlar chaqib solinadi va yaxshilab atalanadi. Chap qo’l bilan 
    jildlarni bittalab olib, tuxum-atalada bir qoshiqdan quyib, og’zi bosib chiqiladi. 
    Tuxum barak suvi qaynab turgan qozonga solinib, chuchvara kabi pishiriladi. Taom 
    kosalarda bir qoshiqda qaymoq yoki qatiq quyib, ustiga chopilgan kashnich yoki 
    ko’k piyoz sepib, dasturxonga tortiladi. 
    Kerakli masalliqlar: 1 kg unga 10- 15 dona (2 tasi xamirga qo’shiladi) tuxum, 
    300 g sariyog’, yarim piyola suv va ta’bga ko’ra tuz kerak bo’ladi
    .
     

    Download 1.45 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev serv I s mehnat ta’limi pazandachilik asoslari

    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish