• Vitaminlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini quritish




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/76
    Sana24.02.2023
    Hajmi1.45 Mb.
    #43453
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
    Bog'liq
    pazandachilik asoslari
    DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya trans, O\'zbek bolalar adabiyoti.Jamilova B., boshlang-ich-sinflarda-miqdorlarni-o-rgatish-metodikasining-umumiy-masalalari, quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi, Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan , Ehtimollik va statistika fanidan amaliy topshiriqlar, research paper powerpoint, qayta topshirish qaydnomasi, DИПЛОМ ЖИЛДИ 2023, ПҚ-18 25.01.2023
    Oziq-ovqat mahsulotlarini quritish- uzoq muddat saqlash maqsadida meva 
    va sabzavotlar, go’sht, baliq va boshqalarni namini qochirish. Bu usul qadimdan 
    ma’lum. Masalan, O’rta Osiyo hududlarida ho’l meva, qovun, uzum va go’shtni; 
    dengiz va daryo bo’yida yashovchi xalqlar baliqni; shimoldagilar kartoshka, go’sht 
    va boshqalarni qadimdan quritadilar. Meva va sabzavot tarkibida 95% gacha suv 
    bo’ladi, quritilgandan keyin 12-25% qoladi. Ularni Quyosh nuri tushadigan joyga 
    yoyib yoki sun’iy usulda (sushilkalarda) quritiladi. Quyosh nurida quritiladigan 
    mevalar avval tozalanadi, ba’zi mevalar (olcha, olxuri) issiq suvda, uzumlar oziq-
    ovqat sodasi eritmasida qorishtiriladi, so’ngra taxtaso’ri, bordon, suvalgan tomlarga 
    yoyiladi. 
    Vitaminlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bolalar va umumiy ovqatlanish 
    oziq-ovqatlari hamda konditer mahsulotlari sifatida chiqariladi. A, S, V V
    2
    va D 
    vitamiilarining tabiiy manbai bo’lgan yoki shu vitaminlar bilan sun’iy boyitilgan 
    turli mahsulotlardan maxsus tayyorlangai aralashmalar ham mavjud. Masalan, ba’zi 
    bir margarinlar A va D vitaminlari bilan, ba’zi bir un sortlari esa V gruppa 
    vitaminlari bilan boyitilgan holda savdoga chiqariladi. 1 yoshdan oshgan bolalar 
    uchun vitaminlashtirilgan sabzavot-un aralashmasi chiqariladi, ularga S vitaminiga 
    boy bo’lgan na’matak qaynatmasi qo’shiladi. 
    Osh tuzi (natriy xlorid)-kishi organizminiig normal hayot kechirishi uchun 
    zarur modda. Osh tuzi taomga maza kiritibgina qolmay, balki organizm 
    to’qimalaridagi suv miqdoqdorini xam rostlaydi, me’da shirasini xlorid kislota hosil 
    bo’lishining manbai hisoblanadi. Organizm o’rta hisobda ovqat orqali bir kecha-
    kunduzda 10-15 g osh tuzi qabul qilinishi kerak. Shu bilan birga ortiqcha tuz ham 
    organizm uchun zararlidir.
    Tuz deyarli barcha taomlarga qo’shiladi. Tuzni ovqatga qachon solinishining 
    ahamiyati katta. Masalan, qaynatma sho’rvaga tuz ovqat pishib yetilishidan 30 
    minut oldin solinadi; sabzavotli ovqatlarga sabzavotlar qaynab pishib yetilgach, 
    dukkakli donli (loviya, no’xat, mosh) ovqatlarga ular pishib yumshagach solinadi 
    (aks holda ular yaxshi pishmay qoladi). Go’shtli, yarim tayyor masalliqlarga tuz 
    qovurishdan oldin solinadi; sabzavotlarning hamma turiga qovurishdan oldin 
    solinadi (kartoshka bundan mustasno, unga tuzni qovurish oxirida solgan ma’qul).
    Oqsillar ovqatning eng muhim tarkibiy qismidir. Ular tarkibida azot bor, 
    azotsiz, hayot bo’lmaydi, oqsillar organizmning izdan chiqqan hujayralari va 
    to’qimalarini tiklash, har xil shiralar va hokazolarni hosil qilishda asosiy material 
    bo’lib hizmat qiladi va qisman energiya hosil qilish uchun sarflanadi. 
    Uglevodlar normal hayot faoliyati uchun zarur bo’ladigan energiyaning 
    yarmidan ko’prog’ini inson organizmi olishda muxim rol o’ynaydi. Uglevod 
    moddalar almashinuvi jarayonida muxim rol o’ynaydi va organizmda yog’larning 
    normal o’zgarilishi uchun zarurdir. Rasion unlevodlar bo’lmasa, ovqatdagi yog’lar 
    to’la o’zgartirilmay qoladi. Yog’larning chala yonishdan hosil bo’ladigan 



    mahsulotlar (uni ketan tanalari deb ataladi) sog’liqqa zararli ta’sir ko’rsatadi. 
    Uglevodlar odam badaniga yog’ xosil qiladigan va to’planib boradigan manbadir. 
    Uglevodlarni ortiqcha is’temol qilish ham mumkin emas bo’lib sog’liqga zarardir. 
    Masalan: har-xil bo’tqalar, shirinliklar ko’p is’temol qilinsa moddalar almashinuvi 
    bo’zilib, shirincha kasalligini paydo qilish mumkin. 

    Download 1.45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish