• Mavzu:Gaz turbinali divigatellar
  • - Mavzu: Gaz trubinali dvigatelning tuzulishi va ishlashi




    Download 43.51 Kb.
    bet5/7
    Sana20.02.2023
    Hajmi43.51 Kb.
    #42915
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Mahamov Mustaqil ish topshiriq 12
    4-AMALIY, 2-лекция (2), 2,3,4,7,5 sinf matematikadan testlar(@Elektron kitoblar N1), Полупроводник lab-praktikum1, 2021 Тулиновская конференция 239-141 бетлар, ВИДЫ И ФОРМЫ ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗАВАНИЯ, dmografiya, kurs ishi (2), Turizm firmasining sayt tahlili, 4-amaliy mashg’ulot. Mavzu O’qitishning interaktiv strategiyasi, 1.2. C dasturlash tilining asosiy tushunchalari (2), 1-mavzu, nozova ozoda, beyjik01, Individ, shaxs va individuallik
    4- Mavzu: Gaz trubinali dvigatelning tuzulishi va ishlashi
    Gaz turbinali dvigatel (GTD) — yoqilgʻi yonganda ajraladigan qizigan gazda ishlovchi issiqlik dvigateli. Asosan, gaz turbshshei, kompressor, gaz generatori, yonish kamerasi va havo isitkichdan iborat. G. t. d.ni yaratish goyasini birinchi marta 1791-yilda ingliz ixtirochisi J. Barber taklif kilgan. Birinchi G. t. d.ning loyihasini rus muhandisi P. D. Kuzminskiy 1892-yilda taklif qilib, 1900-yilda kurgan. Boshqa ixtirochilar uni takomillashtirgan. G. t. d.larning quvvati 100 MVt dan yuqori. Gazning potensial energiyasi turbina kuraklarida kinetik energiyaga, soʻnfa qisman mexanik energiyaga (ishga) aylanadi. G. t. d.ning yonish bosimi oʻzgarmas va yonish hajmi oʻzgarmas xillari boʻladi. Yonish bosimi oʻzgarmas G. t. d.da yoqilgʻi uzluksiz yonadi, yonish hajmi oʻzgarmasida davriy yonadi. Birinchi G. t. d. koʻp tarqalgan. Unda kompressorda qisilgan atmosfera havosi yonish kamerasiga keladi va unga yonilgʻi beriladi; yonilgʻi aralashmasi yonib, havoni qizdiradi, soʻngra gaz turbinasida gazsimon yonish mahsulotlarining energiyasi mexanik ishga aylanadi; bu ishning koʻp qismi kompressorda havoni qisish uchun sarf boʻladi, qolgan qismi harakatlantirish agregatiga uzatiladi. Agregat isteʼmol qiladigan ish G. t. d.ning foydali ishi hisoblanadi. G. t. d.da suyuq yonilgʻi va gaz yoqiladi, qattiq yoqilgʻi faqat elektr styalariga oʻrnatilgan G. t. d. uchun ishlatiladi. Gazning turbinaga kirish oldidagi temperaturasi qancha yuqori boʻlsa, G. t. d.ning f. i. k. ham shuncha katta boʻladi. G. t. d. sanoatda, aviatsiyada (qarang Reaktiv dvigatel), kema va lokomotivlarda, elektr styalarda, gaz haydash st-yalarida (gaz kompressorlarini yurgizish uchun), neft haydash zavodlarida ishlatiladi.

    Mavzu:Gaz turbinali divigatellar

    Gaz turbinali dvigatel (GTD) — yoqilgʻi yonganda ajraladigan qizigan gazda ishlovchi issiqlik dvigateli. Asosan, gaz turbshshei, kompressor, gaz generatori, yonish kamerasi va havo isitkichdan iborat. G. t. d.ni yaratish goyasini birinchi marta 1791-yilda ingliz ixtirochisi J. Barber taklif kilgan. Birinchi G. t. d.ning loyihasini rus muhandisi P. D. Kuzminskiy 1892-yilda taklif qilib, 1900-yilda kurgan. Boshqa ixtirochilar uni takomillashtirgan. G. t. d.larning quvvati 100 MVt dan yuqori. Gazning potensial energiyasi turbina kuraklarida kinetik energiyaga, soʻnfa qisman mexanik energiyaga (ishga) aylanadi.


    G. t. yonish bosimi oʻzgarmas va yonish hajmi oʻzgarmas xillari boʻladi. Yonish bosimi oʻzgarmas G. t. d.da yoqilgʻi uzluksiz yonadi, yonish hajmi oʻzgarmasida davriy yonadi. Birinchi G. t. d. koʻp tarqalgan. Unda kompressorda qisilgan atmosfera havosi yonish kamerasiga keladi va unga yonilgʻi beriladi; yonilgʻi aralashmasi yonib, havoni qizdiradi, soʻngra gaz turbinasida gazsimon yonish mahsulotlarining energiyasi mexanik ishga aylanadi; bu ishning koʻp qismi kompressorda havoni qisish uchun sarf boʻladi, qolgan qismi harakatlantirish agregatiga uzatiladi. Agregat isteʼmol qiladigan ish G. t. d.ning foydali ishi hisoblanadi. G. t. d.da suyuq yonilgʻi va gaz yoqiladi, qattiq yoqilgʻi faqat elektr styalariga oʻrnatilgan G. t. d. uchun ishlatiladi.
    Gazning turbinaga kirish oldidagi t-rasi qancha yuqori boʻlsa, G. t. d.ning f. i. k. ham shuncha katta boʻladi. G. t. d. sanoatda, aviatsiyada (qarang Reaktiv dvigatel), kema va lokomotivlarda, elektr styalarda, gaz haydash st-yalarida (gaz kompressorlarini yurgizish uchun), neft haydash zavodlarida ishlatiladi.
    Bugʻ-gaz turbinali qurilma — bugʻ va gaz turbinalarining ish sikllari birlashtirilgan energetik qurilma. Unda ish jismi sifatida yoqilgʻining yonish mahsulotlari, qizdirilgan havo (gaz turbinasida), bugʻ (bugʻ turbinasida) yoki bir turbinaning oʻzida bugʻgaz aralashmasidan foydalaniladi. Afzalligi ish jismining boshlangʻich temperaturasi bugʻ turbinali qurilmalardagiga qaraganda ancha yuqori, tarmoqqa boradigan issiqlik temperaturasi esa gaz turbinali qurilmalardagidan ancha past boʻladi. Bugʻ-gaz turbinali qurilmaning bir necha sxemasi bor. Aralash sxemali qurilmalar eng koʻp tatbiq etiladi. Bularda yoqiladigan barcha yoqilgʻi (tabiiy gaz, mazut) ning faqat 20 foizi gaz turbinasining yonish kamerasiga beriladi. Tarkibida foydalanilmagan kislorod boʻlgan yonish mahsulotlari gaz turbinasidan oʻtib, bugʻ qozoni oʻchogʻiga keladi va u boshqa har xil sifatli yoqilgʻi bilan qoʻshilib yonadi. Bugʻ-gaz turbinali qurilma f.i.k. 32% gacha boʻlgani holda nisbatan kam kapital mablagʻ talab etadi.[
    Gaz turbina qurilmalarining ko’rsatkichlaridan biri boshlang’ich haroratdir. Atmosfera haroratining o’zgarib turishi GTQ quvvatiga va iqtisodiga ta’sir qiladi. Harorat oshishi bilan havo nisbiy hajmi ortadi va uni kompressorda siqish uchun ketadigan ish miqdori ham ortadi, bunda qurilma quvvati pasayadi. Amalda GTQ f.i.k.ini oshirish uchun turbinaga tushayotgan gaz harorati oshiriladi.
    Termodinamik hisoblar ham turbina oldi gaz traktining haroratini ko’tarilishi, qurilma f.i.kini oshirishini ko’rsatadi. Hozirda qo’llaniladigan turbinalarda bu harorat 1300–1500 °S ni tashkil etadi. Mavjud issiqbardoshli materiallar bundan yuqori haroratni ko’tara olmaydi. Ayrim maxsus turbinalar, masalan, aviaturbinalarda harorat 1500 °S dan ortadi.Aslida, boshlang’ich haroratning qabul qilinishi shu qurilmaning yoqilg’ili ish rejimi, iste’molchi turi, iste’mol miqdori va h.k.larga bog’liq. Masalan, tarkibida vanadiy miqdori ko’p bo’lgan mazut yoqilganda korroziyani kamaytirish uchun harorat pastroq bo’lishi kerak va bu f.i.k tushishiga olib keladi.Gaz turbina qurilmasi ko’rsatkichlaridan biri bu bosimni oshirish darajasidir, ya’ni kompressordagi bosim va turbinadagi gaz bosimi orasidagi bog’liqlikdir. Bosim oshirish darajasi haroratga, kompressor va turbina f.i.k, ishlash rejimi, yoqilg’i ko’rsatkichlariga bog’liq. Optimal bosim oshirish darajasini topish qiyin. Muhandislik hisoblarini bajarishda nomogrammalardan foydalaniladi
    Gaz turbina qurilmasi iqtisodiy samaradorligini oshirishning yo’llari ko’p:
    1) turbinada ishlatilgan gaz issiqligini qayta qo’llash (regeneratsiya qilish);
    2) havoni oraliq pog’onalarida sovitish yo’li bilan siqish;
    3) bir necha valli qurilma yaratish;
    4) ham bug’ – havo tsikli, ham porshenli yonuv kamera tsiklida ishlovchi kombinatsiyalangan qurilma yaratish;
    5) havo gaz aralashmasini oldindan qizdirib berish.
    Hozirgi paytda bu yo’nalishlarning barchasi ishlab chiqarishda qo’llanilmoqda.


    Download 43.51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 43.51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - Mavzu: Gaz trubinali dvigatelning tuzulishi va ishlashi

    Download 43.51 Kb.