• To‘rtinchi yo‘nalishda
  • Beshinchi yo‘nalish
  • O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar mazmun mohiyati reja




    Download 380.81 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/5
    Sana30.10.2022
    Hajmi380.81 Kb.
    #28586
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-mustaqil ish (1)
    1-NAZORAT TESTI, yuksak-manaviyatli-yoshlarni-tarbiyalashda-orta-osiyo-allomalarining-ilmiy-meroslarining-orni, Ta‘lim qonuniyatlari , формула билан ишлаш, Doc1, 05-02 ish reja 2023 yangix, 2 1 13 Rivojlanish markazlarida bolalar faoliyatini tashkil etish, Xayol va uning turlari, 01-01-1-21-санлы хат, yuzi, kuchmas mulk davlat ro\'yhatga olish, Amaliy mashg\'ulot 4, Adabiyot nazariyasi. o`quv dastur
    Uchinchi yo‘nalish iqtisodiyot tarmoqlariga ma'muriy ta'sirni qisqartirish va 
    boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda 
    quyidagilar rejalashtirilmoqda: 
     
    xususiy sektor samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat 
    tashkilotlarini tuzishni cheklash va amaldagi davlat korxonalarini qayta tashkil etish; 
     
    iqtisodiy faoliyatda davlat ishtirokining aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish; 
     
    ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni 
    hal qilishda 
    ijtimoiy 
    hamda 
    davlat-xususiy 
    sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish; 
     
    ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish. 
    To‘rtinchi yo‘nalishda, jumladan, quyidagilar orqali vertikal boshqaruv tizimi va ijro 
    etuvchi hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish nazarda 
    tutilgan: 
     
    davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish; 
     
    mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, 
    ularning roli va javobgarligini oshirish; 
     
    hududiy organlarning rahbar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarida 
    mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kuchaytirish. 
    Beshinchi yo‘nalish davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning 
    zamonaviy shakllari, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarni joriy etish 
    bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan. Mazkur chora-tadbirlar qatorida 
    quyidagilarni ta'kidlash lozim: 
     
    davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishni 
    ta'minlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish; 
     
    innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqishga investitsiyalarni faol jalb 
    etish; 


     
    zamonaviy ilmiy-tadqiqot va innovatsion yutuqlarni muvaffaqiyatli joriy qilish uchun 
    zarur bo‘lgan rivojlangan infratuzilmani yaratish; 
     
    tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy 
    etish. 
    Va nihoyat, so‘nggi oltinchi yo‘nalishda professional davlat xizmatining samarali 
    tizimini shakllantirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning ta'sirchan 
    mexanizmlarini o‘rnatish belgilangan. Ularga erishish uchun quyidagilar 
    rejalashtirilgan: 
     
    davlat xizmatining shaffofligi va ochiqligini ta'minlash, aholi bilan ochiq muloqotni 
    yo‘lga qo‘yishning yangi mexanizmlarini joriy etish; 
     
    davlat xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta'minotining zamonaviy 
    tizimini kiritish orqali ularning mehnat unumdorligini oshirish. 
    Bundan tashqari, Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar 
    konsepsiyasi normalarini amaliy ro‘yobga chiqarish bo‘yicha 40 dan ortiq aniq 
    tadbirlarni nazarda tutuvchi «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. 
    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini amalga 
    oshirish bo‘yicha komissiya hamda davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy o‘rganish va 
    uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil 
    etildi. 
    Komissiya ishchi guruhlar tomonidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 
    sifatli ishlab chiqilishini tashkil etadi, shuningdek, Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi 
    va «Yo‘l xaritasi»ning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan qat'iy 
    nazorat olib boradi. 
    Shu bilan bir qatorda, Komissiyaga davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy o‘rganish va 
    uni tubdan isloh qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash jadvalini tasdiqlash vazifalari 
    yuklatildi, unga asosan 100 dan ortiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari 
    faoliyatini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirildi. 
    Ma'muriy islohotlarning amalga oshirilishi quyidagi natijalarga erishishga qaratilgan. 
    1. Kutilayotgan islohotlarning to‘liq amalga oshirilishini ta'minlashga, ijtimoiy-
    siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va 
    samarali hal etishga qodir bo‘lgan, innovatsion rivojlanishning umumjahon 
    tendensiyalariga javob beradigan davlat boshqaruvi tizimini yaratish, shu jumladan, 
    quyidagilar orqali yaratish: 
     
    ortiqcha va o‘ziga xos bo‘lmagan vazifa, funksiya va vakolatlarni bartaraf etish, 
    takrorlash va parallelizmni tugatish hisobiga davlat boshqaruvi tizimini 
    optimallashtirish hamda nomarkazlashtirish; 


     
    davlat boshqaruvini byurokratiyadan xoli qilish va uning sarf-xarajatlarini pasaytirish, 
    boshqaruv qarorlari qabul qilish tizimining faoliyat samaradorligini va shaffofligini 
    oshirish; 
     
    strategik rejalashtirish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar tizimini 
    joriy etish; 
     
    iqtisodiyot tarmoqlariga ma'muriy ta'sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish hamda 
    boshqaruvning sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, mamlakatning investitsiyaviy 
    jozibadorligi va aholining ishchanlik faolligini oshirishga qaratilgan bozor 
    mexanizmlarini kengaytirish; 
     
    jamoatchilik va parlament nazoratining, eng avvalo, korrupsiya ko‘rinishlarining 
    oldini olishga qaratilgan samarali shakllarini joriy etish. 
    2. Fuqarolar huquq va erkinliklarini ta'minlashning ta'sirchan mexanizmlarini 
    yaratish, ularning farovonligini va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidan 
    qanoatlanganlik darajasini yanada oshirish, shu jumladan, quyidagilar orqali yanada 
    oshirish: 
     
    davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan huquqiy munosabatlarini aniq 
    tartibga solishga qaratilgan ma'muriy tartib-taomillarni takomillashtirish; 
     
    ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari va harakatlari ustidan shikoyat qilish 
    tartibini takomillashtirishni, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini kollegial 
    eshitish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi ma'muriy adliya tizimini 
    rivojlantirish; 
     
    «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning 
    samaradorligini oshirish; 
     
    jamiyatda 
    qonun 
    ustuvorligini 
    ta'minlash, 
    qonuniylik 
    va 
    huquq-tartibotni 
    mustahkamlash. 
    O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasida nazarda tutilgan 
    chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, so‘zsiz, innovatsion rivojlanishning zamonaviy 
    tendensiyalari va jahon standartlarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi tizimini 
    modernizatsiya qilishga yangi kuch bag‘ishlaydi. 
    Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy islohotlarning amalga 
    oshirilishi «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi 
    kerak» degan ulug‘vor g‘oyani hayotga to‘liq tatbiq etishga xizmat qiladi. 

    Download 380.81 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 380.81 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar mazmun mohiyati reja

    Download 380.81 Kb.
    Pdf ko'rish