O‘zbеkistondagi mashhur mе’moriy yodgorliklar




Download 4.59 Kb.
Sana25.05.2023
Hajmi4.59 Kb.
#64837
Bog'liq
ЎЗБЕКИСТОНДАГИ МАШҲУР МЕЪМОРИЙ ЁДГОРЛИКЛАР
Документ, antenna 1

O‘ZBЕKISTONDAGI MASHHUR MЕ’MORIY YODGORLIKLAR
I -qism
Dastur maqsadi: Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish. Rasmda tarixiy obidalarni ifodalay olishga o‘rgatish. Mavzu asosida rasm ishlash malakalarini rivojlantirish. Qadimiy yodgorliklar bilan tanishtirish orqali avlod-ajdodlar merosidan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish.
Mashg‘ulotning jihozlanishi: Oldingi mashg‘ulotda bolalarga namoyish qilingan tarixiy yodgorliklarning foto-suratlari, rangli reproduksiyalar, diafilmlar, me’morchilik ansambli maketi, guash, mo‘yqalam, suv idishlar, katta o‘lchamdagi och havo rangli qog‘oz (har biri 85X65 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli qog‘oz), qaychi, rangli qog‘ozlar to‘plami, yelim, latta va hokazo.
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi mashg‘ulotning boshlanishida bolalarga oldingi mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni eslatadi. Tarixiy yodgorliklar tasvirini namoyish qilib, bolalardan ular to‘g‘risida o‘z bilganlarini so‘zlab berishni taklif etadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar biz sizlar bilan O‘zbekistonimizdagi tarixiy obidalar haqida suhbatlar o‘tkazganmiz, obidalarni tasvirini o‘z rasmlarimizda ifodalashga harakat qilganmiz. Bolajonlar, siz qanday tarixiy obidalarni nomlarni bilasiz?
Bolalar: Toshkentda Hazrati Imom me’moriy majmuasi, Ko‘kaldosh madrasasi.
Bolalar: Samarqanddagi Shohi-Zinda, Go‘r Amir, Registon, Bibixonim.
Bolalar: Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa, Ark, Chor minor.
Bolalar: Xivadagi Ark.
Tarbiyachi: Bolajonlar hozir siz bilan tarixiy obidalarning ko‘rinishlarini guruhlarga bo‘linib ishlaymiz. 1-guruxdagi bolalar katta va kichikroq o‘lchamlarda bo‘lgan turli minoralar, gumbazlarning shaklini rangli qog‘ozlardan qirqib, guash bo‘yog‘ida mo‘yqalam bilan bo‘yab bezaydilar. 2-guruxdagi bolalar esa minoraning bino qismini ikkiga buklangan qog‘ozdan qirqib olib, naqshlar bilan bezaydilar.
Tarbiyachi mazkur rasmga binoan har bir guruxdagi bolalarga bajaradigan ishlari to‘g‘risida tushuncha beradi va bolalar toshpiriqni mustaqil bajarishga o‘tadilar.
Minora rasmi

MAVZU: O‘ZBЕKISTONDAGI MASHHUR TARIXIY MЕ’MORIY OBIDALAR
2- qism
Maqsad: Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish. Jamoa bo‘lib tarixiy obidalarni ifodalash malakalari rivojlantirish, qirqish usullarni mustaqil bajarish malakalarini shakllantirish. Mavzu asosida rasm ishlash malakalarini rivojlantirish. Qadimiy yodgorliklar bilan tanishtirish orqali avlod-ajdodlar merosidan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirishda davom etish. Me’morchilik yodgorligi detallarini katta o‘lchamdagi rangli qog‘oz sirtiga kompozitsiya jihatidan to‘g‘ri joylashtirish, yelimlashni o‘rgatish.
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi mashg‘ulotning boshlanishida bolalarga avvalga mashg‘ulotlarda tarixiy obidalar xaqidagi suxbatlari yuzasidan savol-javob o‘tkazadi. Tarixiy yodgorliklar tasvirini namoyish qilib, bolalardan ular to‘g‘risida o‘z bilganlarini so‘zlab berishni taklif etadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar biz sizlar bilan Vatanimizdagi tarixiy obidalar, yodgorliklar xaqida suxbatlar o‘tkazganmiz, obidalarni tasvirini o‘z rasmlarimizda, loy ishlarimizda, qog‘ozdan qirqib yasab ifodalashga xarakat qilganmiz. Bolajonlar, tarixiy obidalarni nomlarini eslab olaylik.
Bolalar javoblari:
- Toshkentda Xazrati Imom me’moriy majmuasi, Ko‘kaldosh madrasasi
- Samarqanddagi Shohi-Zinda, Go‘r Amir, Registon, Bibixonim.
- Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa, Ark, Chor minor.
- Xivadagi Ark
Tarbiyachi: Bolalar, bugun birgalikda jamoa bo‘lib ish bajarishga xarakat qilamiz. Biz sizlar bilan «Xazrati Imom» me’moriy majmuasi sayoxat qilganmiz. Majmuadagi madrasa, maqbara va minoralarning ko‘rinishlarini o‘z rasmlarimizda, loydan, qirqib yopishtirish ishlarini bajargan edik. Bugun esa katta o‘lchamdagi havo rangli qog‘ozga majmuadagi binolarni alohida tayyorlab joylashtiramiz va chiroyli kompozitsiya yaratishga xarakat qilamiz.
«Xazrati Imom» me’moriy majmuasi mavzusida jamoa ish bajarishda tuziladigan kompozitsiya bolalar bilan birgalikda aniqlab olinadi.
Jamoa ishni bajarish quyidagicha olib boriladi:
1. Havo rangli qog‘ozning pastki qismida yer bilan osmonni bir-biridan ajratish uchun jigar rangdagi akvarel bo‘yog‘ida, katta o‘lchamdagi mo‘yqalam bilan yer balandligi bo‘yab chiqiladi.
2. Kompozitsiyaning ta’sirchan chiqishi uchun qog‘ozning yuqori qismiga guashning oq bo‘yog‘ida bulutlar, uchib yurgan qushlar tasvirlanadi.
3. Qog‘ozga surtilgan akvarel bo‘yoqlari qurigach, bolalar o‘zlari tayyorlagan minora va binolarning tasvirlarini tarbiyachi yordamida joylashtirib chiqadilar. Kerakli bog‘lanishni hosil qilish uchun qog‘oz sirtida tayyor shakllarni u yoq, bu yoqqa surish osondir. Chiroyli kompozitsiya tuzilgach, tasvirlarning o‘rinlari qalamda salgina belgilab qo‘yiladi va olinib, orqa tomoniga yelim surtiladi. Shakl o‘z joyiga yopishtirilgach, latta bilan bosilib, tekislanadi. Barcha shakl o‘z joyiga yopishtirib bo‘linganidan so‘ng, mavzuli kompozitsiyaning qo‘shimcha elementlarini ishlashga o‘tiladi. Ma’lumki, kompozitsiyaning chiroyli chiqishida katta-kichik daraxtlar, majmuani ziyorat qilishga kelgan odamlar, bolalar va shu kabilarning tasvirlari bo‘lishi lozim. Daraxtlar, odamlarni akvarel bo‘yog‘ida tasvirlash ham mumkin.
Tarbiyachi bolalarga bo‘lajak kompozitsiyaning ko‘rinishini tushuntirishda qog‘ozdan bo‘yab tayyorlangan me’morchilik yodgorliklarining qo‘lda ishlangan maketlaridan foydalanishi mumkin. Bunda qadimiy bino, minora, daraxtlar, odamlar tasvirini stol ustiga terib qo‘yib, lozim bo‘lgan taqdirda joyini o‘zgartirish orqali kompozitsiya tuzish yo‘llarini bolalarga amalda tushuntirish mumkin bo‘ladi. Qadimiy yodgorliklarning rangli reproduksiyalari karton qog‘oziga yelimlanib, taglikka o‘rnatiladi.
Mashg‘ulotning oxirida bolalar bilan birgalikda bajarilgan ishni tahlil qilinadi va faol ishtirok etgan gurux a’zolari rag‘batlantiriladi.
Mashg‘ulot uchun naqsh turlaridan namunalar
Akatsiya guli
Kvadrat shaklidagi qog‘ozni uchma-uchiga doira shakli buklab qirqiladi va shakli chizib olinadi.


Barg naqshlari
To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qog‘ozbuklangan holda, avvaldan tasviri chizib olib qirqiladi.


Arqonsimon barg

To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qog‘ozni 2 yoki ko‘p qavat qilib taxlab, shakli chizib olish yo‘li bilan qirqiladi.
Download 4.59 Kb.




Download 4.59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistondagi mashhur mе’moriy yodgorliklar

Download 4.59 Kb.