• «Cho‘lpon» nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. Hozir O‘zbekiston televideniesida muharrir bo‘lib xizmat qilmoqda.
  • U«O‘zbekiston xalq shoiri» unvoniga sazovor bo‘lgan (1998). MENGA TIL O‘RGATMOQCHI BO‘LISHGANI (HAJVIYA)
  • Abdulla-elim uning atrofida surlanganicha aylanib chiqqach, kinodagilarga o‘xshatib: «Aufshteyn!» deb qichqirgan edi, nemis uni o‘zbekchalab so‘kdi. OLOVJON (HIKOYA) PARCHA
  • – Siz aytganlarimni indamay bajaravering! – qovog‘ini solib, sardorni jerkib berdi yosh lashkarboshi. – Hozircha bu yerda men qo‘mondonman. Qolaversa, mening boshim garovda turibdi.
  • Ziyo topmoq uchun imkon erur maktab. Oqing, minglab ahli dono kerak yurtga, Yana Bobur, ibn Sino kerak yurtga. Navoiy sozni zar etdi ilm istab
  • Beruniy, Termiziy, Kubro kerak yurtga. Bobonga o‘xshagin dedilar (she‘riy parcha) Bobongga oxshamagin, dedilar, tajangroq edi bobosi.
  • ODDIY AYRILIQ HAQIDA ERTAK (Qissa parcha) Bugun bozorga o‘xshaydi, Yetimlar buncha qaqshaydi Bozordan qand opkeluvchi
  • O'zbekistondagi sharqshunos olimlar anvar Obidjon




    Download 0.55 Mb.
    Sana22.11.2022
    Hajmi0.55 Mb.
    #31257
    Bog'liq
    O\'zbekistondagi sharqshunos olimlar
    ТТЖ-13-maruza, Презентация-Microsoft-PowerPoint-10, 1-top 26-var\'

    O'ZBEKISTONDAGI SHARQSHUNOS OLIMLAR
    Anvar Obidjon
    (1947.08.01)(2020.11.04)
    Anvar Obidjon Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida 1947 yilning 25 yanvarida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.1964 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand moliya texnikumida, 1969-1971 yillarda jamoa xo‘jaligida hisobchi, klub mudiri, tuman gazetasi, viloyat radiosida turli vazifalarni bajardi, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini sirtdan tamomladi. 1981 yildan boshlab u Toshkentga ko‘chib kelib, «Yosh gvardiya» nashriyotida, «Yosh kuch», «Mushtum» jurnallarida ishladi.
    «Cho‘lpon» nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. Hozir O‘zbekiston televideniesida muharrir bo‘lib xizmat qilmoqda.
    Anvar Obidjon bolalar adabiyotiga dastlab «Ona Yer», «Bahromning hikoyalari» to‘plamlari orqali shoir sifatida kirib keldi va mavjud ijodiy an’analardan foydalangan holda o‘ziga xos yo‘l tanladi.
    Uning «Ona yer» (1974), «Masxaraboz bola» (1980), «Olovjon va uning do‘stlari» (1983), «Bahromning hikoyalari» (1984), «Ey, yorug‘ dunyo» (1983), «Ketmagil» (1985), «Bezgakshamol» (1985), «Juda qiziq voqea» (1987), «Oltin yurakli avtobola» (1988), «Dahshatli Meshpolvon» (1990) kabi she’riy, nasriy kitoblari chop etildi.
    Bulardan tashqari, adibning «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Pahlavonning o‘g‘irlanishi» Anvar Obidjon so‘nggi yillarda «Ramazon va Gulmat hangomasi» (1992), «Meshpolvonning janglari» (1994), «Alisher ila Husayn yoki uch dono va o‘g‘ri» (1996), «To‘tiqush», «Topsang hay-hay...» kabi qissa, pyesa va she’r, dostonlarini ham yaratdi.
    U«O‘zbekiston xalq shoiri» unvoniga sazovor bo‘lgan (1998).
    MENGA TIL O‘RGATMOQCHI BO‘LISHGANI (HAJVIYA)
    To‘qqizinchi sinfda chet tili o‘qituvchisi topilmay, ancha yengil tortib yurdik. Lekin bir kuni...
    Bir kuni Xomit-jarchi sinfga uchib kirib, «nemis keldi, nemis keldi», deb shovqin soldi. Tomoshaga chiqib «ob’ekt»ni o‘rab oldik, u hayron. Sochini sip-silliq tarab, yalmani o‘rtadan ochganini hisobga olmaganda, turqida nemisning «n» harfi yo‘q, juda nari borsa, o‘zimizning ozarbayjondir.
    Abdulla-elim uning atrofida surlanganicha aylanib chiqqach, kinodagilarga o‘xshatib: «Aufshteyn!» deb qichqirgan edi, nemis uni o‘zbekchalab so‘kdi.
    OLOVJON (HIKOYA) PARCHA
    “Mana, zodagonlarning ahvoli, – deya ko‘nglidan o‘tkazdi Olovjon. – Shunday oddiy narsaga aqli yetmay turibdi-yu, yana o‘zini katta tutib, menga nasihat qilmoqchi”.
    – Siz aytganlarimni indamay bajaravering! – qovog‘ini solib, sardorni jerkib berdi yosh lashkarboshi. – Hozircha bu yerda men qo‘mondonman. Qolaversa, mening boshim garovda turibdi.
    MAKTAB (she‘r iy parcha)
    Baxtga narvon, bilimga kon erur maktab,
    Zakovat doniga xirmon erur maktab.
    O'g'il-qizlar, o'qing ulkan murod ko'zlab,
    Ziyo topmoq uchun imkon erur maktab.
    O'qing, minglab ahli dono kerak yurtga,
    Yana Bobur, ibn Sino kerak yurtga.
    Navoiy so'zni zar etdi ilm istab,
    Buxoriy el kezib o'tdi ilm istab.
    Riyoziyot shohi bo'ldi Xorazimiy,
    Ulug'bek yulduzga yetdi ilm istab.
    O'qing, Farg'oniy, Huvaydo kerak yurtga,
    Beruniy, Termiziy, Kubro kerak yurtga.
    Bobonga o‘xshagin dedilar (she‘riy parcha)
    Bobongga o'xshamagin, dedilar,
    tajangroq edi bobosi.
    Dadangga o'xshamagin, dedilar,
    cho'rtkesar edi dadasi.
    Akangga o'xshamagin, dedilar,
    qiziqqon edi akasi...
    Opasiga tortdi
    o'sha yigit. (1980 yil.)
    AJINASI BOR YO‘LLAR (Qissa parcha)
    Dadam arab, lotin, kirill imlolarida bemalol o‘qib-yoza olsa-da, dunyoviy ilmlarga, siyosatga o‘ta befarq edi. Ayniqsa, eshonlar sulolasidan bo‘la turib, diniy ilmda ham oqsoqligi ko‘plarni taajjubga solardi. Ehtimol, unga saboq berguchi otadan o‘n yoshidayoq ayrilib qolgani, bolalik va o‘smirlik pallalari bolsheviklarning Turkistonda o‘z hokimiyatini o‘rnatish hamda mustahkamlashdagi ur-quvala zamonlarga to‘g‘ri kelgani buning asosiy sababchisidir.
    ODDIY AYRILIQ HAQIDA ERTAK (Qissa parcha)
    Bugun bozorga o‘xshaydi,
    Yetimlar buncha qaqshaydi?
    Bozordan qand opkeluvchi
    Otaginasi yo‘qqa o‘xshaydi.

    Shunisini eshitganimda, yuragim “jig‘-g‘” etib ketardi doim. Dadam o‘lib qolmasaydi, deb qo‘rqishni boshlardim. Yaxshi ko‘rgandan yaxshi ko‘rardim dadaginamni. Menga sira qattiq tegmasdi.
    Download 0.55 Mb.




    Download 0.55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekistondagi sharqshunos olimlar anvar Obidjon

    Download 0.55 Mb.