­­O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan Qayta o’zlashtirish Bajardi: Abdullayev M. Qabul qildi: Sayidova m O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li Reja




Download 104 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi104 Kb.
#36291
Bog'liq
atrabotka 1
Pythonda fayllar bilan ishlash, “Chig`atoy gurungi” tashkiloti, 1898-yil Andijon qo‘zg‘oloni, Amaliy masalalarni modellash ,,,,,, Idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi., 11-sinf-2.-Environmental-problems-1A, kundalik ru, Boshlang`ich kurs ishi, Abdurahim 2, Aholining bo`sh turgan mablag`larini tijorat banklariga jalb etish masalalari, ARXIV MANBALARINING O`LKA TARIXIXNI O`RGANISHDAGI AHAMIYATI, 6-sinf Qadimgi Dunyo tarixi mavzulashitrilgan testi. (1), algebra-8, AMALIY MASHGULOT 1

­
Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar universiteti
Energo-Mexanika fakulteti
13G-22 TJA guruh talabasi
Abdullayev Muhammadjonning
­­O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
Qayta o’zlashtirish

Bajardi: Abdullayev M.

Qabul qildi: Sayidova.m

O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol


va taraqqiyot yo‘li
Reja:

  1. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi.

  2. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari

  3. O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari.

  4. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari

Mustaqillikning dastalbki kunlaridayoq O‘zbekiston qanday taraqqiyot yo‘lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning qiyofasi qanday bo‘ladi, degan savollar ko‘ldalang turardi.


Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi mumkin emas. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o‘z andozasini ishlab chiqishga intiladi. O‘zbekiston oldida ham nazariy-ilmiy va amaliy jihatdan puxta asolangan o‘ziga xos yo‘lni ishlab chiqish zarur edi. O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li bozor iqtisodiyoti va demokratik tamoyillar qaror topgan ilg‘or davlatlar tajribasiga, respublikamiz iqtisodiyotining haqiqiy holati va imkoniyatlariga, xalqning mentaliteti va tarixiy an’analariga, aholining tub o‘zgartirishlarga tayyorlik darajasiga tayangan holda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi.
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li Islom Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlarida yangi ma’no-mazmuni bilan to‘ldirilib, aniqlashtirilib borildi. 1993 yilda nashr etilgan«O‘zbekiston-bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi.
1. Iqtisodiyotni mafkuradan to‘la xoli qilish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi.
2. Davlat- bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori.
3. Qonun ustivorligi, islohotlarning mustahkam huquqiy asoslarga qurilishi, qonun oldida hammaning baravarligi va hammaning qonunga bo‘ysunishi.
4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustivorligi.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o‘tish, ya’ni islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish.
SHunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning«o‘zbek modeli» bundan oldin yaratilgan va mavjud bo‘lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o‘z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo‘l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning «O‘zbek modeli» deb qabul qilindi.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgach, milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqazo etardi.
«Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilingan O‘zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo‘lgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiya O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuziladi. Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi.
Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobiga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi.
1992 yil 26 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992 yil 26 noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy daholigi va tafakkurining mahsuli bo‘ldi. Prezident I.A.Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining katta hissasini qo‘shdi.
Oliy Kengashning 1992 yil dekabrda bo‘lgan XI cessiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi.
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. SHunday qilib, 1992 yil 8 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun - 8 dekabr umumxalq bayrami-O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 128 moddadan iborat. U«Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mutaqilligi asoslari to‘g‘risida» gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ijodkor xalqimizning xohish, irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to‘plangan eng ilg‘or konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz hususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi konstitutsiyalar esa markaziy hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq konstitutsiyasi nusxalaridan ko‘chirib olinar edi. SHu boisdan ham yangi asosiy qonunimiz mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganish jarayonida uning mohiyatini ochib beruvchi asosiy tamoyillarni bilib olishga ahamiyat berish zarur.

  • O‘zbekiston Konstitutsiyasining muhim tamoyili davlat suverinitetidir. Davlatimizning«O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi.

  • Konstitutsiyamizning tamoyillaridan yana biri xalq hokimiyatchiligidir.

  • Yаna bir konstitutsiyaviy tamoyil- davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishidir. O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi.

  • Asosiy Konstitutsiyaviy tamoyillardan biri demokratiyaga sodiqlikdir. Kontitutsiyada umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan.

  • O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo‘yilgan.

  • Yаna bir Konstitutsiyaviy tamoyil – Konstitutsiya va qonunlarning ustivorligidir. Konstitutsiyaning 15-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi», deb belgilab qo‘yilgan.

Konstitutsiyaning 21-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasining millati, elatidan qat’iy nazar barcha fuqarolari O‘zbekiston xalqini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi, O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarning huquqiy asoslari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U mamlakatimizda qonunchilikning rivojlanishi uchun, huquqiy islohotlar uchun asos bo‘lib qoldi. YUzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq muhokamasidan o‘tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal qilinmoqda.
2003 yil 24-25 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n birinchi sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi va mazkur Qonun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratiyalash, ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Asosiy Qonunimiz mazmun va mohiyati, maqsad va vazifalariga daxl qilmagan holda, avvalo Oliy Majlisning roli va ahamiyatini kuchaytirish, uning palatalari maqomi va vakolatlariga doir 76-88-moddalarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari hamda vazifalariga doir 89, 90, 93, 95, 97-moddalarga ham o‘zgartirishlar kiritildi. 89-moddaning«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi» deyilgan ikkinchi qismi olib tashlandi.
Muxtasar qilib aytganda, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o‘rtasidagi vakolatlar yanada demokratik ravishda qayta taqsimlanadi. Kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, hukumatning mas’uliyatini kuchaytirishga, jamiyat siyosiy hayotining faollashuviga, saylov tizimining yanada takomillashuviga xizmat qiladi.
O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini mustahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo‘lib, davlat ramzlari belgilab olindi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida 1991 yil 18 noyabrda tasdiqlandi. Davlat bayrog‘i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o‘zligini ham aks ettiradi.
O‘zbekistonning Davlat gerbi, o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy KengashiningX sessiyasida1992 yil2 iyulda qabul qilindi. Gerbning markazida qanotlarini keng yozib turgan Xumo qushi tasvirlangan. Bu baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Qadim-qadim zamonlardan buyon Xumo qushi o‘zbek xalqi orasida odamlarni baxt-saodatga etaklovchi kuch ramzi sifatida e’zozlab kelingan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 10 dekabrda qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi O‘zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan.
Mamlakatimiz uchun hal qiluvchi bir paytda eng toʼgʼri yoʼl sifatida tanlangan, bugungi kunda oʼzining yuksak samaralarini berayotgan Oʼzbekistonning oʼziga xos va oʼziga mos taraqqiyot yoʼli – “oʼzbek modeli” ana shunday eng muhim omillardandir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan paytda ayrim xalqaro moliyaviy tashkilotlar rivojlangan davlatlarda qoʼllanilgan bozor mexanizmlarini tatbiq etishni maslahat berdi. Biz ulardan toʼgʼridan-toʼgʼri nusxa koʼchirmadik. Dunyoda tan olingan modellarning eng yaxshi jihatlarini oʼrganib, oʼzimizga mos va oʼzimizga xos taraqqiyot yoʼlini tanladik. Bu yoʼl davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, xalqimizning davlatchilik tarixi, milliy-diniy qadriyatlari hamda jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqildi.
Mashhur besh tamoyilga – iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, davlat – bosh islohotchi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich oʼtishga asoslangan ana shu modelь bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida barcha amaliy ishlarimizning mustahkam poydevori, taraqqiyotimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi.
Hech bir mubolagʼasiz aytish mumkinki, bu strategiya bozor iqtisodiyoti nazariyalarini yanada boyitdi, oʼtish davrini boshidan kechirayotgan davlatlar uchun yana bir namunaga aylandi.
Bu modelning barcha sinovdan muvaffaqiyatli oʼtishiga sabab boʼlgan omillari koʼp. Ularning eng asosiysi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda turli xil sakrashlarsiz, yaʼni inqilobiy yoʼldan emas, balki tadrijiy rivojlanish yoʼlidan borish tamoyilidir.
Islohotlarni amalga oshirishda davlat bosh masʼuliyatni oʼz zimmasiga olishi ana shunday tadrijiylikning muhim jihatidir. Xalqaro tashkilotlar ham bugun oʼtish davri iqtisodiyotida, chuqur islohotlarni amalga oshirishda davlatning roli haqiqatan ham katta ekani, buni Oʼzbekiston tajribasi amalda isbotlaganini keng tan oldi. Hozirgi vaqtgacha davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida hatto rivojlangan mamlakatlarda ham iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli oshayotgani Oʼzbekistonning bu boradagi yoʼli naqadar toʼgʼri ekanini koʼrsatdi.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida mamlakatimizda dunyo davlatlari orasida birinchilardan boʼlib Inqirozga qarshi choralar dasturi ishlab chiqilib, izchil amalga oshirildi. Аgar koʼpchilik xorijiy davlatlarda qabul qilingan inqirozga qarshi dasturlar koʼrilgan talofatlarni bartaraf etishga qaratilgan boʼlsa, Oʼzbekistonning dasturi yaqinlashib kelayotgan xatarning oldini olish hamda iqtisodiyotni yanada mustahkamlash, uning raqobatdoshligini oshirishga yoʼnaltirilgani bilan ajralib turadi.
Аna shunday uzoqni koʼzlab koʼrilgan chora-tadbirlar tufayli inqiroz avjiga chiqqan eng ogʼir yillarda ham mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik saqlab qolindi, yuqori iqtisodiy oʼsish surʼatlari taʼminlandi. Oʼzbekiston iqtisodiyoti dunyodagi eng kam talofat koʼrgan mamlakatlardan biri boʼldi.
Toshkent shahrida ushbu dasturni va uning samaradorligini oʼrganishga bagʼishlangan nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar boʼlib oʼtdi. Unda ishtirok etgan jahon miqyosida koʼzga koʼringan yirik iqtisodchi olimlar, ekspert va tahlilchilar Oʼzbekistonning taraqqiyot yoʼlini toʼla qoʼllab-quvvatlab, bu tajribani boshqa davlatlar amaliyotida qoʼllash boʼyicha tavsiyalar berdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2010 yilda eʼlon qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi “oʼzbek modeli”ni nazariy va amaliy jihatdan yanada boyitdi. Ushbu kontseptsiya mamlakatimizni modernizatsiya qilish va demokratik yangilash boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlarimizni yangi bosqichga koʼtarishga qaratilgan.
Istiqlol xalqimizga yangi taraqqiyot ufqlarini ochib berdi. Tarixan qisqa, mazmunan boy mustaqillik yillarida Vatanimiz istiqboli yoʼlida asrlarga tatigulik oʼzgarishlar amalga oshirildi.
“Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang” tamoyili asosida olib borilgan islohotlar tufayli turli yoʼqotishlarga yoʼl qoʼymasdan, barcha soha mutanosib holda isloh etildi va rivojlantirildi, yangi jamiyatning mustahkam asoslari yaratildi.
Sobiq ittifoqdosh respublikalar orasida faqat Oʼzbekistonimizda 1996 yildan boshlab izchil iqtisodiy oʼsish surʼatlari taʼminlanmoqda. Аgar 1996-2003 yillarda oʼrtacha oʼsish surʼati 4,3 foizni tashkil etgan boʼlsa, 2004 yildan bu jarayon yangi bosqichga koʼtarildi – 7,5-9 foiz oʼsish surʼatlari taʼminlanmoqda.
Dunyoning aksariyat davlatlarida iqtisodiy oʼsish tushib ketgan, haligacha retsessiya holati kuzatilayotgan, rivojlangan mamlakatlarda davlat qarzi va byudjet taqchilligi oshib, ishsizlik darajasi oʼsib borayotgan inqiroz davrida – 2008-2012 yillarda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning oʼsish surʼati yiliga oʼrtacha 8,4 foizni tashkil qildi. Yalpi ichki mahsulot hajmi 2012 yilda 1990 yilga nisbatan 4,1 barobar oshdi, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,8 barobar koʼpaydi. Oʼzbekiston barqaror yuqori oʼsish surʼatlari davom etayotgan yetakchi oʼn davlat qatoridan joy oldi.
Bunday yuksak natijalarga erishishda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiyotning real sektorini qoʼllab-quvvatlash, mahalliy tabiiy-iqtisodiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish hisobidan iqtisodiyotda, avvalambor, ichki talabga hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirishga qaratilgan tarkibiy oʼzgartirishlar muhim ahamiyat kasb etdi.
Oʼz navbatida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasidagi keng koʼlamli tajriba ham oʼzining yuksak samaralarini berdi.
Milliy iqtisodiyotimiz nafaqat hajm jihatidan, balki sifat jihatdan ham tubdan oʼzgardi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va xizmat koʼrsatish tarmoqlarining ulushi izchil oshib bormoqda. Аgar 1990 yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida ushbu sohalarning ulushi tegishlicha 17,6 va 33,8 foizni tashkil etgan boʼlsa, 2012 yilda ularning salmogʼi 24 va 52 foizga yetdi.
Istiqlol yillarida qishloq xoʼjaligi tarmogʼida barqaror oʼsish kuzatildi va 2012 yilda 1990 yilga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 2,1 barobar oshdi. Shunga qaramasdan, uning YaIMdagi ulushi ushbu yillarda 33,4 foizdan 17,5 foizgacha tushdi.
Prezidentimiz Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridan oziq-ovqat muammosini oʼz imkoniyatlarimiz hisobidan hal qilish, ayniqsa, gʼalla mustaqilligini taʼminlashni qatʼiy vazifa qilib qoʼydi. Ekin maydonlari tarkibi, qishloq xoʼjaligi ekinlarini joylashtirish ichki talab va shart-sharoitdan kelib chiqqan holda, qayta koʼrib chiqildi. Paxta yakkahokimligiga barham berildi. Natijada, mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi, don mustaqilligi taʼminlandi. Oʼtgan yillarda gʼalla yetishtirish hajmi 7 barobar, hosildorlik esa 3 barobardan koʼproq oshdi.
Rivojlangan davlatlar tajribasini hamda xalqimizning ishbilarmonlik, hunarmandlik fazilatlarini hisobga olgan holda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunga kelib iqtisodiyotda nodavlat sektorning ulushi 83 foizdan oshdi. Yalpi ichki mahsulotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning salmogʼi esa 54 foizdan koʼpaydi. Qishloq xoʼjaligi mahsulotlarining salkam 98 foizi fermer va xususiy tadbirkorlar hissasiga toʼgʼri kelmoqda.
Eng muhimi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik odamlarga oʼz bilim va malakasidan, tadbirkorlik qobiliyatidan kelib chiqqan holda erkin mehnat qilish, uning mahsulidan oʼzi va jamiyat aʼzolarini bahramand etish, mulkka egalik qilish, barqaror daromad manbalari yaratishning eng muhim omiliga aylandi. Hozir aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan tushayotgan daromadlarning ulushi 50 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda.
Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan oʼzgartirish, qayta ishlangan hamda qoʼshilgan qiymati yuqori boʼlgan tayyor mahsulotlarni koʼpaytirish barcha tarmoq va sanoat korxonalarining tashqi bozordagi pozitsiyasini mustahkamlash imkonini bermoqda.
Istiqlol yillarida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Shoʼrtan gaz-kimyo majmuasi, Qoʼngʼirot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli oʼgʼitlar zavodi, Аsakadagi yengil va Samarqanddagi yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan korxonalar, yuzlab zamonaviy yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishga tushirildi. Natijada, mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3,4 barobar oshdi. Hozir Oʼzbekistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining salkam 40 foizi eksport qilinmoqda.
Umuman, istiqlol yillarida yurtimizda eksport hajmi 32,2 barobar oshdi. Аgar islohotlarning dastlabki yillarida eksportning 60 foizini paxta tolasi tashkil etgan boʼlsa, 2012 yilda uning tarkibida tolaning ulushi 9 foizdan ham kamaydi. Ilgari eksport tarkibida xomashyo boʼlmagan mahsulotlar hajmi 30 foizni tashkil etgan boʼlsa, hozirgi kunda uning ulushi 70 foizdan oshib ketdi.
Istiqlolning dastlabki yillarida chetdan sotib olingan mahsulotlar tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 73 foiz edi. Endilikda uning hissasi 10 foizga ham yetmaydi. Аksincha, yildan-ilga eksportda oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi ortib bormoqda. Bunda qishloq xoʼjaligida tub islohotlar amalga oshirilgani, dehqon yerning haqiqiy egasiga, fermerlar jamiyatimizning hal qiluvchi kuchiga aylangani, mehnat munosabatlari butunlay oʼzgargani asos boʼlmoqda.
“Oʼzbek modeli”ning eng muhim va ustuvor tamoyillaridan biri – kuchli ijtimoiy siyosatdir. Bozor islohotlari ushbu tamoyil asosida amalga oshirilgani, aytish kerakki, eng ogʼir oʼtish davrida ham jamiyatimizda ijtimoiy adolat va barqarorlikni saqlash imkonini berdi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganda demografik vaziyat juda murakkab edi. Yangi ish oʼrinlari yaratish esa mutlaqo toʼxtagan edi.
Bu 70 yil mobaynida toʼplanib qolgan ijtimoiy mummolarning yanada chigallashib, chuqurlashib ketishiga sabab boʼlgandi. Аyniqsa, oʼsha paytda aholining 60 foizdan ortigʼi istiqomat qilayotgan qishloqlarda sharoit juda ogʼir edi.
Prezidentimiz tomonidan uy-joy qurish va dehqonchilik bilan shugʼullanish uchun 2,5 million oilaga 700 ming gektar sugʼoriladigan yer ajratib berilgani ulkan tarixiy voqea boʼldi. Bu eng ogʼir oʼtish davrida jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash imkonini berdi, qishloq aholisi turmush darajasi tushib ketishining oldini oldi.
Mustaqillikning birinchi kunlaridan belgilab olingan “Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” tamoyiliga qatʼiy amal qilindi. Chunki islohotlarning barcha tamoyili zamirida inson omili mujassam.
Ushbu siyosatni amalga oshirish uchun davlat tomonidan katta mablagʼlar ajratilmoqda. Buni davlat byudjeti taqsimotida yaqqol koʼrish mumkin. Аgar 1990 yilda xarajatlarning atigi 31 foizi ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga yoʼnaltirilgan boʼlsa, ushbu koʼrsatkich 2012 yilda qariyb 60 foizni tashkil etdi. Uning 34 foizi taʼlim, 15 foizi sogʼliqni saqlash sohasiga yoʼnaltirildi.
Yurtimizda tizimli asosda, bosqichma-bosqich ijtimoiy sohalarni isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan, dunyoda keng eʼtirof etilgan umummilliy dasturlar amalga oshirildi. Аyniqsa, taʼlim, sogʼliqni saqlash, bolalar sportini, sanʼat maktablarini, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush sharoiti va qishloqda namunaviy uy-joy qurish borasidagi dasturlar bugungi kunda oʼzining yuksak samaralari bilan xalqaro hamjamiyatning havasini tortmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy yoʼnalishlarda olib borilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda aholi yalpi daromadlari 12,2 barobar oshdi. Аholining oʼrtacha umr koʼrish darajasi 67 yoshdan 73,2 yoshga yetdi. Oʼzbekiston ushbu koʼrsatkich boʼyicha dunyoning rivojlangan davlatlari darajasiga yaqinlashdi.
Taraqqiyotning muhim omillaridan biri bu, shubhasiz, tinchlik-osoyishtalikdir. Dunyo ishbilarmon doiralari ham har jihatdan barqaror, tinchlik va xavfsizlik kafolatlangan davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat, millatlararo totuvlik muhiti barcha sohadagi islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yurtboshimiz taʼkidlaganidek: “Oʼzbekistonimiz mustaqil taraqqiyot yoʼlida qanday ulkan yutuq va marralarga erishgan boʼlsa, bularning barchasining negizi – yurtimizda tinch va osuda hayot, millatlar va fuqarolararo totuvlik, oʼzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni asrab-avaylab kelayotganimizda”.
Mamlakatimizdagi barqaror yuqori iqtisodiy oʼsish, aholi daromadlari va turmush darajasining yuksalishi – barcha-barchasi tinchlik tufayli taʼminlanayotganini barchamiz yuksak qadrlashimiz va uni mustahkamlash uchun kurashishimiz darkor. Bugun jahonda roʼy berayotgan murakkab va qaltis voqealar barchamizdan doimo hushyor va ogoh boʼlishni talab qiladi. Mana shunday musaffo osmon, fayzu barakali hayotning qadriga yetish, uni yanada mustahkamlash har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Download 104 Kb.




Download 104 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



­­O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan Qayta o’zlashtirish Bajardi: Abdullayev M. Qabul qildi: Sayidova m O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li Reja

Download 104 Kb.