• QO‘LLANILADIGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI: ma’ruza, BBB, namoyish, aqliy hujum, klasster, ZOOM dasturi orqali videodars.
  • O‘zbekistonning eng yangi tarixi




    Download 334.55 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana21.01.2023
    Hajmi334.55 Kb.
    #38892
      1   2
    Bog'liq
    Amaliy mashg`ulot javoblari, bevosita Soliq turlari 9,21, Toshkent moliya instituti “moliya” mustaqil ta’lim topshiriqlari, dokumen.tips malumotlar-tuzilmasi-va-algoritmlar-asosida-nazariy-bilimlarini-hamda, 2-mavzu ma’lumotlarni relyatsion boshqarishning asosiy vositala, Amaliy-Xorijiy-til-fransuz-tili-1, Ingliz tili grammatikasi (M.G apporov R.Qosimova), AKT Mustaqil ish, axborot-va-undan-yoshlarning-foydalanish-xususiyatlari, FALSAFA O\'UM SIRTQI TA\'LIM UCHUN 2022-2023, ITT mustaqil ish 4, Tu`sindiriw xati, A`meliy jumis, Презентация1


    1- mavzu: Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining 
    predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari 
    Reja: 
    1.O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. “O‘zbekistonning eng yangi 
    tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-
    uslubiy asoslari.
    2.YUksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, 
    komil insonni voyaga etkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni.
    3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning ma’naviy etuk 
    shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari. XXI 
    globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual 
    yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar. 
    QO‘LLANILADIGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI: ma’ruza, BBB, namoyish, aqliy 
    hujum, klasster, ZOOM dasturi orqali videodars.
    Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o‘tmishga oid har xil voqea-hodisalarning izchil 
    rivojlanishi, ularning qachon, qaerda, qanday holatda yuz berganligi, insoniyatning 
    paydo bo‘lishi va uning tadrijiy-evolyusion rivojlanish jarayoni va boshqalarni 
    o‘rganadi. SHuningdek, O‘zbekiston tarixi umumjahon-insoniyat tarixining 
    ajralmas qismi hisoblanib, u olamshumul voqeliklarga juda boy. O‘zbekistonning 
    eng yangi tarixi fani yaqin tarixni, so‘nggi yarim asrdan kamroq vaqtni xolisona va
    haqqoniy o‘rganadi. 
    Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining 
    predmeti va ob’ektini to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. CHunki, 
    O‘zbekistonning eng tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va 
    ob’ekt masalasi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Zero, fan uning o‘rganish 
    predmeti va ob’ekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib, maqsadga 
    erishish mushkul bo‘ladi. 
    O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, birinchidan, 
    o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat yaqin o‘tmishga qaratadi, undan saboq beradi, 
    xulosa chiqaradi, yosh mustaqil davlatning hayot yo‘lini ko‘rsatadi. 
    Ikkinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga
    nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Voqea va hodisalar 
    qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o‘rganiladi.
    Uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-xillik 
    xususiyatiga ega. Uning o‘rganish predmetiga esa, mana shu makondagi jamiki 
    xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda 
    qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik 
    faoliyati kiradi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rganish makoni-ob’ekti 
    O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixidir.
    Ob’ekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, 
    ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi 
    voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana 
    shu bir butun ob’ekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan 
    iboratdir.


     Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va uzviy 
    aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, tarixchilar falsafani, adabiyot va 
    tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la yoritib 
    berolmaydilar. 
    SHuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlarning 
    o‘rganish ob’ekti bitta ya’ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va tabiat. SHuning 
    uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning ro‘yobga 
    chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari 
    rivojiga katta ta’sir etadi. Ammo, shuni ham ta’kidlash joizki, tarix boshqa fanlarni, 
    shuningdek ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. CHunki boshqa fanlarning 
    hammasi ham, tarix mahsulidir. 
    Xulosa shuki, tarix fani ya’ni, O‘zbekiston tarixi millat va Vatan taqdirini ravnaq 
    topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki, birinchidan, 
    ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining naqadar 
    haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. CHunki ular tarix bilan bevosita bog‘liq.
    Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon yuzaga chiqsa, boshqa ijtimoiy-
    gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta’sirchanligi ham shuncha 
    yuksak darajada bo‘ladi. 
    Tarix falsafasi deganda, tarix ya’ni o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri xulosa 
    chiqara olish tushuniladi. Boshqacha aytganda, o‘tmish-tarixga qarab, kelajakni 
    to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi.
    Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum 
    mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz 
    tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari 
    zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori 
    ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish 
    kabi vazifalarni yuklamoqda. 
    Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
    akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik 
    kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi 
    kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi 
    ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir. 
    Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini 
    tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va 
    o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va 
    rolini ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan 
    vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish lozim. Birinchi 
    yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‘l – mavjud 
    bilimlarni yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish. 
    O‘zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‘z yuritilganda, biz uchun, avvalo, 
    mamlakatimizning 1991 yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va 
    mazmunini anglab etish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz 
    mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch 
    kelganini tushunib etish muhim. O‘zbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim 
    demokratiya unsurlari: o‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yig‘inlari, 


    oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi kunda ushbu 
    institutlar tomonidan an’anaviy funksiyalar bajarilishining o‘zi bilan qanoatlanib 
    bo‘lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr talablariga mos yangi mazmun bilan 
    to‘ldirishimiz maqsadga muvofiqdir. 
    Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining 
    eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti 
    Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini 
    ta’minlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik 
    tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan. 
    Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi 
    hukmronligini o‘rnatgan edi. Fuqaroning huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning 
    ma’muriy-buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga 
    olinishi ko‘p odamlarda chorasizlik tuyg‘usini uyg‘otib, real hayotdan uzoqlashish 
    istagini oshirdi. “Siyosiy autsayderlar” deb ataluvchi kishilar sonining o‘sishi, 
    jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bo‘ldi. 
    Afsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos bo‘lgan ijtimoiy ongning 
    retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz SHavkat 
    Mirziyoev ushbu holatni nazarda tutgan holda O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni 
    jiddiy tanqid ostiga olib, quyidagilarni ta’kidladi: “Ochiq aytish kerak, siyosiy 

    Download 334.55 Kb.
      1   2




    Download 334.55 Kb.
    Pdf ko'rish