Yangicha yondashuvlar va istiqbol yoʻli
JST — global platforma, undan mamlakat yaxshi foyda koʻradi.
Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishdagi -imkoniyatlarini qisqacha baholasak,
bular — keyingi yillarda jiddiy islohotlarni boshidan kechirgan turizmning
rivojlanishi, integratsiyalashuv imkoniyatlari ortishi, notarif cheklovlarning
kamayishi, iqtisodiyotda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ulushining
oshishi, davlat monopoliyasining qisqarishida koʻzga tashlanadi. Lekin bu
masalaning tashqi tarafi, shakli, xolos. Bizningcha, asosiy masala ichki tashkiliy-
tuzilmaviy va texnologik tarafida — mazmunida boʻlib qolgan.
Xulosa shuki, Oʻzbekistonning xalqaro tashkilot vakillari bilan muzokaralari 2-3
yilga choʻzilishi ehtimoli mavjud. JSTga aʼzolik masalasi oson hal boʻlmaydi,
oldinda juda murakkab bosqichlar turibdi.
Bir maqolada masalaning barcha jihatlarini batafsil yoritishning imkoni yoʻq.
Mavzu va muammolar koʻlami shu qadar kengki, ularning birortasini koʻzdan
qochirish yangi muammoni keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun, togʻ-kon,
neft-gaz sanoati, energetika, temir yoʻl, havo yoʻllari sohalarida
xususiylashtirish hali oxiriga yetkazilmaganligi jiddiy muhokama qilinishi lozim.
Eng muhim jihat shundaki, Oʻzbekiston, birinchi navbatda, oʻzining ichki iqtisodiy-
ijtimoiy muammolarini hal qilishi kerak. Geoiqtisodiyot bilan ham jiddiy
shugʻullanishga toʻgʻri keladi. Bir vaqtning oʻzida ikki tashkilot kuzatuvchisi
sifatida ham JST, ham YEOII bilan hamkorlik qilinayotganligi rahbariyat oldida
oʻta murakkab vazifalarning oqilona yechimini topishni koʻndalang qoʻyadi.
Ushbu dolzarb masalalarning ijobiy yechimiga erishish uchun Oʻzbekistonning
milliy taraqqiyot yoʻli va yuksak farovonlikka erishishiga xizmat qiladigan
yangicha yondashuv hamda qarashlar belgilab olinadi, deb ishonamiz.
JSTga aʼzolik, avvalo, monopolist boshqaruvga barham beradi va erkin raqobat
muhitini yaratadi.
Bunday dadil qadam esa yurtimiz istiqboli uchun, shubhasiz, muhim rol
oʻynaydi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
|