Sementning quyuqlanish davrining boshlanishi va oxirini aniqlash




Download 3.67 Mb.
bet145/219
Sana20.02.2023
Hajmi3.67 Mb.
#42925
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   219
Bog'liq
Y Q M umk
Психология мотивации человека, Гештальт-психология, 4-laboratoriya ishi, Xakimоva Farida, 5112100-texnologik talim, Vaqt doirasidagi asosiy operantlar-fayllar.org, Etikaning boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqasi, referat , ajralmaydigan birikmalar, Erkin Vohidov (1936-2016), aniq-integralnyuton-leybnis-formulasi, MUTAXASSISLIKKA KIRISH, 1-amaliy, Reja Animatsiya tushunchasi-fayllar.org
Sementning quyuqlanish davrining boshlanishi va oxirini aniqlash

Qurilishga keltirilgan beton yoki qorishmani qolip yoki qoliplarga joylagunga qadar qotib qolmasligi va u normal quyuqlikda bo‘lishi, ish unumini oshirishda xamda konstruksiyani sifatli qilib tayyorlashda katta axamiyatga ega. Tez qotuvchi bog‘lovchi moddalardan tayyorlangan qorishmalarni bir joydan ikkinchi joyga olib borish, joylash va zichlash ishlari juda qiska muddatda bajarilishi lozim.


Portlandsement, shlak portlandsement va gliej portlandsementlarni quyuqlanishining boshlanishi 45 min.dan keyin, oxiri esa 10 soatgacha bo‘ladi. Tez qotuvchan glinezem va gips-shlak portlandsementlar quyuqlanishining boshlanishi 30 min. dan keyin, oxiri esa 12 soatgacha bo‘ladi va xokazo.
Sementning quyuqlanish davrining boshlaniish deb, sementga suv quyilgan vaqtdan boshlab, ignaning sement bo‘tqa sirtidan erkin xolatda 38-39 mm chuqurlikka botgunigacha ketgan vaqtga aytiladi, bunda po‘lat igna uchi shisha plastinkaga 1-2 mm etmay to‘xtaydi.
Sementning quyuqlanish davrining oxiri deb, sementga suv quyilgan vaqtdan boshlab, to ignaning sement bo‘tqa sirtidan 1 mm botgunigacha ketgan vaqtga aytiladi.


Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: sement namunasi, Vika asbob, tagi yumaloq tunuka idish (sement qoradigan), standart kurakcha, shisha silindr (150-200 ml), sekundometr, texnik tarozi va toshlari, pichoq, mashina moyi.
Ish tartibi
1. Sementning quyuqlanish davrini boshlanishi va oxiri Vika asbob yordamida aniqlanadi. Vika asbob tekis stolga o‘rnatiladi, shisha yoki metal plastinka va xalqa mashina moyi bilan surtilib, asbobning tagligiga qo‘yiladi. Siquvchi vintni bo‘shatib, unga igna maxkamlanadi va shisha plastinkaga igna tushiriladi, bunda ko‘rsatkich shkala "O" ni ko‘rsatib turishi kerak.
2 Normal quyuqlikda tayyorlangan sement bo‘tqasi shisha plastinka ustiga qo‘yilgan kesik konus xalqaga solinadi. SHisha plastinka stol qirrasiga 5-6 marta uriladi. Bo‘tka zichlangandan keyin uning ortikchasi pichoq bilan sidirib tekislanadi. Kesik xalqa plastinka bilan birga Vika asbobi ostiga qo‘yiladi va sterjen vint bilan maxkamlanadi.
3. Vint bo‘shatilganda ignali sterjen o‘z og‘irligi bilan bo‘tqaga botadi, 20 min. davomida har 5 min da vintni bo‘shatib, igna sement bo‘tqaga tushirib turiladi.
4. Po‘lat igna shisha plastinkaga zarb bilan tushmasligi uchun sterjen chap ko‘l bilan ushlab turiladi. Igna har botirilganda u nam latta bilan tozalanadi va shisha plastinkani siljitib turiladi. Olingan natijalar jadvalga yozib boriladi.
Yo‘l qurilishida betonlarning tayyorlash uchun sementning quyuqlanish davrining boshlanishi, qorilgan davridan boshlab 2 soatdan oldin boshlanmasligi kerak.

Sementning turi 16-jadval



O‘tkashlgan
sinovlar

Sement
bo‘tasidagi
suv miqdori
yoki uning
normal
quyuqligi, %

Sementga suv
quyilgandan
keyin o‘tgan
vaqt min

Ignaning
botish
chuqurligi,
mm

Sementiing
quyuqlaiish davri

Eslatma

Boshlanishi
soat

oxiri
soat

1.



















2.



















3.



















Xulosa. GOST talabiga mos keladi, mos kelmaydi (keraksizi o‘chirilsin).


11-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI

Download 3.67 Mb.
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   219




Download 3.67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sementning quyuqlanish davrining boshlanishi va oxirini aniqlash

Download 3.67 Mb.