|
-rasm. Maydonning umu- 18.5-rasm. Qumtosh va alevrolitlar hajmini aniqlash miy-statistik kesimi
|
bet | 220/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
18.4-rasm. Maydonning umu- 18.5-rasm. Qumtosh va alevrolitlar hajmini aniqlash miy-statistik kesimi (N.M.Svix- natijalari (N.M.Svixnushin, V.I.Azamatov bo’yisha) nushin, V.I.Azamatov bo’yisha) Aniqlash metodlari: I – o’rtasha arifmetik; II – litologik xarita asosida; III – umumiy statistik kesim asosida
Ochiq g’ovaklilik koeffitsienti (m) quduq kesimida mahsuldor qatlam joylashgan oraliqdan olingan jins namunalarini o’rganish natijalari bo’yicha aniqlanadi. Bu holda qatlam g’ovakliligini to’la tavsiflash uchun qatlamning maydon bo’ylab tarqalishi hamda uning qalinligi bo’yicha ma’lumotlar bo’lishi zarur. Odatda bunday ma’lumotlar etarli miqdorda bo’lmaydi, shuning uchun g’ovaklilikni aniqlash uchun kon-geofizika metodlari tadqiqotlaridan foydalaniladi.
Buning uchun oldin kernni o’rganish ma’lumotlarini geofizik metodlar natijalari bilan taqqoslash zarur (kesimning bir oralig’i bo’yicha), oradagi tafovutlarni aniqlash, ularning sabablarini belgilash va geofizik ma’lumotlardan ishonchli foydalanish imkoniyatlarini aniqlash kerak.
Quduqlar suv-neftli zonada burg’ilangan hollarda g’ovaklilik geofizik ma’lumotlar bo’yicha qatlamning neftli va suvli qismlarida aniqlangan bo’lsa, qatlamning suvli qismida aniqlanganing ishonchliroq deb hisoblash zarur. G’ovaklilikning bu qiymatlari kesimning neftli va suvli qismlarining litologik-fizik xususiyatlari aynan o’xshash bo’lgan sharoitlarda qatlamning neftga to’yingan qismiga o’tkazilishi mumkin.
Uyum bo’yicha g’ovaklilikning o’rtacha qiymatini hisoblashda turli variantlar qo’llanilishi mumkin, chunonchi: qatlam hajmi bo’yicha o’rtacha qiymatni aniqlash, barcha quduqlardan olingan namunalar soniga ko’ra, ayrim quduq va uyum ma’lumotlari bo’yicha g’ovaklilikning o’rtacha qiymatini aniqlash va h.k.
U yoki bu variantni tanlash g’ovaklilikni maydon va kesim bo’ylab o’zgarish dinamikasiga, quduqlar soni va ularning joylashishiga, g’ovaklilik qiymatini har qaysi quduq bo’yicha aniqlash soniga bog’liq.
Agar qatlamning kollektorlik xususiyatlari maydon va kesim bo’ylab o’zgarmasa, unda g’ovaklilikni aniqlash uchun olinadigan namunalar soni, ayniqsa laboratoriyada aniqlanadigan ma’lumotlari orasida o’zaro muvofiqlik mavjud bo’lsa, keskin kamaytirilishi mumkin. Qatlamning kollektorlik xususiyatlari maydon bo’ylab o’zgaruvchan bo’lgan hollarda foydali qalinlikning har bir 1 metridan g’ovaklilik qiymati kamida 3 ta nuqtada aniqlanishi maqsadga muvofiqdir.
Sanab o’tilgan variantlardan birinchisi yangi ochilgan uyumlarda g’ovaklilik bo’yicha to’plangan ma’lumotlar kam bo’lganda qo’llaniladi. Bu holda g’ovaklilik qiymatini aniqlash, barcha namunalardan aniqlangan g’ovaklilik yig’indisini ularning soniga (n) bo’lish orqali olib boriladi, ya’ni o’rtacha arifmetik qiymat hosil bo’ladi:
mo'r.ar. m1 m2 ... mn . (18.8) n
Kollektorning g’ovakliligi har xil va keskin o’zgaruvchan hollarda, g’ovaklilikni o’rtacha geometrik qiymatini aniqlagan yaxshi
mo'r.gm n m1m2...mn (18.9)
yoki o’rtacha garmonik
1
mo'r.gr 1 1 1 1 . (18.10)
( ... )
|
| |