• Mustaqil o’rganish uchun savollar
  • 3-MAVZU. ELEKTRON TIJORATNING ME’YORIY- HUQUQIY BAZASI
  • Tayanch so’zlar
  • O‘zbyokiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti




    Download 6.05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/153
    Sana06.07.2023
    Hajmi6.05 Mb.
    #76399
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   153
    Bog'liq
    Elektron tijorat Moliya universiteti
    stress profilaktikasi, Natural sonlar 1, 26-29, 1, google, Bulutli texnologiyalarning xususiyatlari
    Nazorat savollari. 
    1. Elektron tijorat tushunchasi. 
    2. “Elektron tijorat” fanining ob’ekti, predmeti, maqsadi va vazifasi. 
    3. Elektron biznes rivojlanish bosqichlari. 
    4. Elektron biznesning an’anaviy savdodan farqi. 
    5. “Elektron tijorat” ning ob’ekti, sub’ekti.
    Mustaqil o’rganish uchun savollar
    6. Elektron tijoratda web texnologiyalarining o’rni. 
    7. Ijtimoy tarmoqlardagi web 2.0 va web 3.0 texnologiyalari. 
    8. Elektron biznesda AKT ni qo’llash 


    27 
    9. Axborotni saqlash va qayta ishlashning elektron usulini ta’minlash. 
    10. Elektron biznesning korxona, iste’molchi va jamiyat uchun foydasi. 
    3-MAVZU. ELEKTRON TIJORATNING ME’YORIY- 
    HUQUQIY BAZASI 
    1.Avtomatlashtirilgan elektron tijorat tizimidan foydalanishning me’yoriy-
    huquqiy bazasi. 
    2.Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun va unga sharh. 
    3. Elektron tijorat haqidagi qonun va unda belgilangan vazifalar. 
    4. Iqtisodiyot sohalari faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmuni. 
     
    Tayanch so’zlar: xalqaro savdo, "elektron hujjat", "shartnomaning 
    elektron shakli", "elektron raqamli imzo", "elektron hisoblar", “elektron 
    hukumat”. 
    Hozirgi kunda elektron tijoratning eng asosiy tamoyillaridan biri shundaki, ikki 
    tomon qo‘llayotgan shartnoma elektron yo‘li bilan amalga oshirilayotganligi 
    uchungina, uning qonuniyligi va haqiqatan ham mavjudligini shubha ostiga qo‘yishga 
    haqli emaslar. Tamoyilning amalga oshirilishi har doim ham kafolatlanmaydi, 
    shuning uchun ham ba’zi yuridik qiyinchiliklar vujudga keladi. Ko‘pgina 
    mamlakatlarda faqatgina ikki tomonning shaxsiy imzolari qo‘yilgan shartnomalargina 
    tan olingani uchun, bunday holatlarda shartnoma yuridik kuchga ega bo‘lmaydi. 
    Shuning uchun elektron tijorat qonuniy to‘siqlarni oshib o‘tishga qurbi yetmaydi. 
    Yuqorida aytib o‘tilgan qonuniy to‘siqlarni oshib o‘tishda yordam berish 
    maqsadida xalqaro savdo (Yunistrol) huquqi bo‘yicha OON komissiyasi, 1996 yilda 
    "Elektron tijorat to‘g‘risida" qonun qabul qildi. Bu qonun o‘zida shartnomalarning 
    yuridik kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan, shartnoma originali va nusxalari bilan bog‘liq 
    bo‘lgan muammolarni hal etish modelini aks etadi. Qonunda ko‘rilgan, 
    berilganlarning elektron almashuvining huquqiy rejimi funksional ekvivalent nomli 
    tamoyilga asoslanadi. Davlat qonunchiligiga bu qonunning joriy etilishi, 
    tomonlarning elektron almashuvi vositasini tanlaganida, ular uchun huquqiy muhitni 
    yaratishi ko‘zda tutiladi. Bu qonun qabul qilingandan keyin elektron tijorat 
    jarayonlarini oldindan aytib berishni osonlashtiruvchi va shu bilan birga elektron 
    tijoratning butun dunyoda rivojlanishiga turtki bo‘ladigan me’yor va qoidalar ustidagi 
    ish olib borish yuzasidan rozilikka erishilgan. Bunday qonunlar orasida elektron 
    raqamli imzoning munosabatini yo‘lga soladigan holatlar sanab o‘tilgan. Bu 
    savolning bunchalik dolzarb bo‘lishiga, Internet va boshqa tarmoqlar orqali 
    qo‘llanadigan shartnomalar sonining tez o‘sishi sabab bo‘lgan. Elektron imzoga 
    bo‘lgan ishonch, shartnomalarni qabul qilishiga bo‘lgan asosiy shart bo‘lib 
    hisoblanadi. 


    28 
    1999 yilda elektron imzolarni ishlatish uchun huquqiy asoslari direktivasi 
    qabul qilingan. Bu elektron tijorat sohasidagi Yevropa va xalqaro huquqlarning 
    shakllanishidagi navbatdagi qadam bo‘ldi, chunki u elektron tijorat sohasidagi 
    kelajakdagi rivojlanishi va mukammallashuvining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib 
    beradi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekiston uchun Yevropaning huquqiy 
    tartibotidagi tajribasi kerak bo‘ladi. 
    Direktivada raqamli imzoni yaratish uchun ishlatiladigan belgilarga bo‘lgan 
    talablar shakllantirilgan. Bundan tashqari shartnomani qo‘llagan tomonning imzosi va 
    uning elektron nusxasining muvofiq kelish - kelmasligini aniqlashga yordam 
    beruvchi sertifikat nomli hujjat ko‘zda tutiladi. Bu sertifikatdan tashqari yana 
    shunday bir tushuncha mavjudki, uning nomi malakali sertifikat, uning farqi 
    faqatgina 
    imzolarni 
    solishtirishda 
    emas, 
    qator 
    talablarga 
    javob 
    berish 
    majburiyligidadir. 
    AQSh va Kanadada supermagistral, ya’ni har bir insonga o‘z ta’bi bo‘yicha 
    istaganini topish texnologik vositasining qurilishiga ko‘ra olingan. G‘arbiy 
    Yevropada asosiy jamiyat jahon texnologik inqilobning navbatdagi qadamiga 
    ijtimoiy tomondan yondashiladi. Revolyusiyalar Yevropa mamlakatlaridagi axborot 
    jamiyatlari shakllanishining turli aspektlariga bag‘ishlangan. Ularning har birida 
    ma’ruza mujassamdir. 
    Umuman yuqorida aytilgandek, Yevropa ittifoqining huquqiy aktlarida aytib 
    o‘tilgan me’yor va tamoyillar O‘zbekiston va boshqa MDH davlatlari uchun qulaydir, 
    chunki bular so‘ngi vaqt elektron tijorat uchun evolyusiyaning natijalari hisoblanadi. 
    Elektron imzoning huquqiy aktlaridagi tamoyillarining O‘zbekiston qonunchiligida 
    joriy etish yetarli potensialga ega bo‘ladi deb tasavvur etiladi. 
    O‘zbekistonda hozircha elektron tijoratni tartibga soluvchi qonunchilikning 
    ma’lum bir sohasi yo‘q, shunga muvofiq holda davlatning bu ishda faolligi va sud 
    amaliyoti mavjud emas. O‘zbekistonda elektron tijoratning yuridik amaliyotida oxirgi 
    ishlar "elektron hujjat", "shartnomaning elektron shakli", "elektron raqamli imzo", 
    "elektron hisoblar", “elektron hukumat” kabi tushunchalar shakllandi. Ba’zi 
    O‘zbekiston qonunchiligida o‘z imzosi bilan qo‘llangan hujjatlarning qo‘llanishi 
    hamon saqlanib kelmoqda. Bundan tashqari, hududiy me’yorlarning umumiy 
    rivojlanmaganini hisobga olish lozim. Xalqaro darajada bo‘lganidek, bu, 
    O‘zbekistondagi elektron tijorat va unga global elektron bozoriga chiqishi uchun 
    yuridik to‘siq bo‘ladi. 
    Bunday to‘siqlardan xoli bo‘lish uchun elektron tijorat sohasidagi bo‘layotgan 
    jarayonlarni ko‘proq holatiy aks ettirish kerak bo‘ladi. Buni yana bir qator qonunlar 
    qabul etish bilan birga hal etsa bo‘ladi. Avval ta’kidlanganidek, alohida urg‘u 
    O‘zbekistonning elektron imzolar to‘g‘risidagi qonuniga beriladi. AQSh da, Italiya va 
    Germaniyada bu qonunlar amalda qo‘llanilmoqda. 


    29 
    Elektron tijoratning davlat chegarasi mavjud emas va uning yordamida 
    realizatsiya qilinadigan mahsulot va xizmatlarning turliligi shunchalik xilma-xilki, 
    ba’zida iste’molchi ularning xalqaro me’yor va qoidalarga to‘g‘ri kelish - 
    kelmasligiga ikkilanadi. Ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilar o‘zlarining 
    mahsulotlarini alohida chet el standartiga dekloratsiya qiladilar, tabiiy hol, bu 
    haqdagi axborot mijozda bo‘lmaydi. Buning natijasida, masalan, Internetda, sog‘liqqa 
    zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki qo‘shni asbob-uskunalarga zarar yetkazadigan 
    elektromagnit to‘lqinli qurilmalarni qo‘lga kiritish mumkin. Iste’molchini sifatsiz 
    mahsulotdan himoya qilish maqsadida sertifikatlashtirish va litsenziyalash davlat 
    darajasida turadi.
    Axborotlashtirishning huquqiy asoslari.
    Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish 
    huquqiga ega ekani Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan. Asosiy 
    Qonunimizning 30-moddasida O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, 
    jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va 
    manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib 
    chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozimligi belgilangan.
    Axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan 
    ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda 
    axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy, ijtimoiy-
    iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir 
    Axborotlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)dan
    keng ko‘lamli foydalanish tufayli jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
    hayotida axborot va bilimlardan foydalanish samaradorligi oshdi.Buning natijasida 
    fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilib, 
    axborotlashgan jamiyatga o‘tish uchun sharoitlar yaratilmoqda. Davlat hokimiyati 
    organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslariga ishlov berish va 
    foydalanuvchiga hujjatlashtirilgan axborotni taqdim etishni amalga oshiruvchi 
    axborot tarmoqlari va tizimlari asosida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqealar, 
    hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish ehtiyojlari qondiriladi.
    Davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosati axborot resurslari, axborot 
    texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning 
    zamonaviy jahon tamoyillarini inobatga olgan holda milliy axborot tizimini 
    yaratishga qaratilgan. 
    O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish 
    sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi 
    munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish 
    va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2007-yil 25-dekabrdagi qonuniga muvofiq, 
    O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga 


    30 
    ayrim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. Jumladan, kodeks oltita moddadan 
    iborat yangi mazmundagi “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” deb 
    nomlangan XX bob bilan to‘ldirilgan. Ushbu bobda axborotlashtirish qoidalarini 
    buzish; kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish; 
    kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus 
    vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish; 
    kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish; kompyuter sabotaji va zarar keltiruvchi 
    dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlar uchun 
    jazo belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
    kodeksiga “Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzish” nomli modda 
    kiritilib, unda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik 
    belgilangan.
    Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
    jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda 2014-yil 5-
    mayda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining 
    ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun fuqarolarning axborot olishga oid konstitutsiyaviy 
    huquqlari kafolatlarini mustahkamladi. Shuningdek, mazkur huquqiy hujjat 
    axborotni, avvalo, fuqarolarning bevosita huquq va erkinliklari hamda qonuniy 
    manfaatlariga daxldor bo‘lgan ma’lumotlarni olish mexanizmlarini aniq belgilab 
    berdi.O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    Vazirlar 
    Mahkamasining 
    2005-yil 
    22-
    noyabrdagi”Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish 
    to‘g‘risida” 256-sonli qarori “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun ijrosini 
    ta’minlash, axborotlashtirish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish 
    va davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat organlarining axborot tizimini 
    barpo etish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan. Unda Davlat 
    axborot resurslarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi va Davlat organlarining axborot 
    tizimlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomlar tasdiqlangan hamda birinchi 
    Nizomning ilovasida Davlat organining rasmiy saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar 
    berilgan. 
    Mamlakatimizda elektron biznes yo’lga qo’yish, yuritish va uni yanada 
    rivojlantirish buyicha qabul qilingan qonunlar jumlasiga quyidagilarni asosiylari 
    sifatida kiritishimiz mumkin: 

    Elektron tijorat to’g’risidagi qonun (2004 va 2015 yillar.) 

    Axborotlashtirish to’g’risidagi qonuni (2003y.) 

    Elektron raqamli imzo to’g’risidagi qonun (2003y.) 

    Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun (2004y.) 

    Elektron to’lovlar to’g’risidagi qonun (2005y.) 
    O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish to’g’risidagi qonuni 2003 yilda 
    qabul qilingan. Ushbu qonun 23 ta moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi 


    31 
    axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi 
    munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: 
    axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan 
    ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda 
    axborot 
    tizimlaridan 
    foydalangan 
    holda 
    sharoit 
    yaratishning 
    tashqiliy 
    ijtimoiyiqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni; 
    axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, 
    ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi; 
    axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori - axborot
    resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni 
    tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 
    axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi - qonun bilan yoki 
    axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan 
    huquqlar doirasida axborot resurslariga yohud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, 
    ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 
    axborot texnologiyasi - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va 
    uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va
    jarayonlar; 
    axborot tizimi - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda 
    undan foydalanish imkonini beradigan, tashqiliy jihatdan tartibga solingan jami 
    axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. 
    Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot 
    texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning 
    zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga 
    qaratilgan. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari 
    quyidagilardan iborat: 

    har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy 

    huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini 
    ta’minlash; 

    davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari,

    shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida 
    O’zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish; 

    xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog’idan erkin 
    foydalanish uchun sharoit yaratish; 

    davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda 
    rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o’zaro aloqada ishlashini 
    ta’minlash; 

    axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashqil


    32 
    etish; 

    axborot 
    resurslari, 
    xizmatlari 
    va 
    axborot 
    texnologiyalari 
    bozorini 
    shakllantirishga ko’maklashish; 

    dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag’batlantirish; 

    tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, investitsiyalarni jalb etish 
    uchun qulay sharoit yaratish; 

    kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni 
    rag’batlantirish. 
    O’zbekiston Respublikasining elektron raqamli imzo to’g’risidagi qonuni 2003 
    yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 22 ta moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi 
    elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan 
    iborat. 
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: 
    -elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini 
    elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o’zgartirish 
    natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida 
    elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo 
    yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; 
    elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan 
    foydalangan holda xosil qilingan, faqat imzo qo’yuvchi shaxsning o’ziga ma’lum 
    bo’lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo’ljallangan 
    belgilar ketma-ketligi; 
    elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan 
    foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos 
    eluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va 
    elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun 
    mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi; 
    elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli imzoning 
    elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi 
    axborotda xatolik yo’qligi tekshirilgandagi ijobiy natija; 
    elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan 
    tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan 
    boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan axborot. 
    O’zbekiston Respublikasining elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonuni 
    2004 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 19 ta moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi 
    elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Elektron 
    hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati elektron hujjat aylanishi keng 
    qo’llanilishini ta’minlashga, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining huquqlari va 
    qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, elektron hujjatdan foydalanish standartlari, 


    33 
    normalari va qoidalarini ishlab chiqishga qaratilgan. 
    Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: 
    Elektron hujjat - Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan 
    tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan 
    boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan axborot elektron hujjatdir. Elektron hujjat texnika 
    vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan 
    foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. 
    Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni 
    idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak. 
    Elektron hujjatning rekvizitlari - Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari 
    quyidagilardan iborat: 

    elektron raqamli imzo; 

    elektron hujjatni jo’natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni 
    jo’natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 

    elektron hujjatni jo’natuvchining pochta va elektron manzili; 

    hujjat yaratilgan sana. 
    Qonun hujjatlarida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi 
    bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin. 
    O’zbekiston Respublikasining elektron tijorat to’g’risidagi qonuni 2004 yilda 
    qabul qilingan. Ushbu qonun 14 ta moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi elektron 
    tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
    Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: 
    Elektron tijorat - Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, 
    tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatishga doir 
    tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir. 
    Elektron tijorat ishtirokchilari - Elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik va 
    jismoniy shaxslar, shuningdek tegishli tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) 
    xaridorlari bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar elektron tijorat ishtirokchilaridir. 
    Elektron tijoratda axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin. Elektron hujjat 
    aylanishi bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar axborot 
    vositachilaridir. 
    O’zbekiston Respublikasining elektron to’lovlar to’g’risidagi qonuni 2005 
    yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 23 ta moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi 
    elektron to’lovlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    Ushbu qonunda qo’llaniladigan asosiy tushunchalar:
    Elektron to’lov - Texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot 
    tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to’lov hujjatlari vositasida naqd 
    pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron to’lovdir. Elektron 
    to’lov to’lov tizimining sub’ektlari o’rtasida tuzilgan shartnomalar asosida to’lov 


    34 
    tizimining belgilangan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 
    To’lov tizimi va uning turlari - Elektron to’lovlar amalga oshirilayotganda 
    to’lov tizimining sub’ektlari o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlar majmui to’lov 
    tizimidir. To’lov tizimining turlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

    banklararo to’lov tizimi;

    bankning ichki to’lov tizimi;

    chakana to’lovlar tizilaridan iborat. 
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari. 

    Telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruvni takomillashtirishga doir
    chora-tadbirlar to’g’risida (2000 y.) 

    Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya
    texnologiyalarini joriy etish to’g’risida (2002 y.) 

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid
    qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida (2005 y.) 

    O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashqil
    etish to’g’risida (2005 y.) 

    Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashqil etish
    to’g’risida (2006 y.) 
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
    mahkamasining qarorlari va sohaga oid me’yoriy hujjatlari

    Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya
    texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida (2002 y.) 

    Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
    to’g’risida (2005 y.) 

    Davlat va xo’jalik boshqaruvi, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va 
    jismoniy shaxslar bilan o’zaro aloqadorligini yanada takomillashtirish 
    choratadbirlari to’g’risida (2007 y.) 

    Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada 
    rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida (2007 y.) 

    Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga 
    axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to’g’risida (2009 y.) 
    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, zamonaviy global Internet tizimi bir vaqtning 
    o`zida ham ommaviy axborot vositasi hamda electron-kommunikatsiya (elektron 
    pochta, chatlar, ijtimoiy tarmoq, xizmatga oid kommunikatsiya dasturlari, Internet-
    telefon-faks, tele-videokonferensiyalar) vositasidir. Internet global tarmog’i axborot 
    zamonaviy virtual kompyuter tarmoqlarini yaratish imkonini beradi, shu bilan birga, 
    Internet faqatgina kommunikatsiya vositasi bo`libgina qolmasdan, u haqiqiy vaqt 


    35 
    rejimida muloqot qilishga imkoniyat beradigan, audio va video ma`lumotlarni 
    almashish orqali elektron ma’lumotlarni shakllantiradigan, sotuvchi va xaridor 
    o`rtasidagi o’zaro muloqotni tashqillashtiruvchi interfaol muhit ham yaratadi.
    Axborot-kommunikatsion 
    texnologiyalari 
    sohasidagi 
    yutuqlar 
    biznes 
    boshqaruvining samarali va tezkor bo`lishini ta`minladi, internetda jadal iqtisodiy 
    faoliyat yuritish uchun o’ziga hos bo’lgan muhit shakllantirdi. Bundan tashqari, 
    biznesning “virtual elektron biznes” deb atalgan yangi shakllari paydo bo`ldi,
    uning xususiy ko’rinishi “elektron tijorat” deb nomlandi. Virtual elektron biznesni 
    ma`lumot yetkazib berish, reklama, elektron kazino, katalog (narsalarning ma`lum 
    tartibda tuzilgan ro`yxati)va do`konlarga ajratish mumkin. Elektron biznesning afzal 
    tomonlari – tannarxining ancha pastligi va sutkasiga 24 soat, haftasiga 7 run tinimsiz 
    ishlash imkoniyatiga ega bo`lishida yaqqol namoyon bo`ladi. Internetdagi alohida 
    faoliyat turi provayderlar faoliyati hisoblanib, u telekommunikatsiya xizmatlarini 
    tashqillashtirishni nazarda tutadi. Hozirgi davrda tovar, xizmatlar va ular haqida 
    ma`lumotlarni qidirib topish, elektron kazino, katalog va do`konlarga kirish, bir 
    nechta variantni tanlash imkoniyatlarining mavjudligi kishilar kundalik hayotida 
    odatiy holga aylanib bormoqda va bu ularga qulayliklartug‘dirmoqda.Global 
    tizimdagi vositachilar haqida esa quyidagilarni aytishimiz mumkin. Bir tomondan, 
    internet bir-biridan o`zaro kam xabardor bo`lgan sotuvchi va xaridorlardan foydalana 
    olgan vositachilardan xalos bo`lishga ko`mak bergan bo`lsa, ikkinchi tomondan, 
    axborot revolyusiyasi yuz bergan davrda ma`lumotlarning juda ko`pligi ularni qayta 
    ishlash va tahlil qilishda bir qancha muammolar paydo bo`lishiga olib keldi. Shuning 
    uchun ham vositachilarning o`rni nafaqat axborotni topish, balki ularni sifatli qayta 
    ishlashda ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Axborot-kommunikatsion saytlar va 
    elektron birjalarni savdo qilish bo`yicha hamkorlarni topishda yordam beruvchi 
    vositachilar deb hisoblash mumkin. Biroq bular vositachilikning passiv shakllari 
    hisoblanadi, chunki iste’molchi-foydalanuvchi faqatgina axborot zahirasidan 
    foydalanadi. Vositachilar mijozlarni ularning o`zlari qidirishlari va qayta ishlashlari 
    qiyin bo`lgan ma`lumotlar bilan yetarlicha ta`minlab, ish yuzasidan bo`ladigan 
    uchrashuvlarni tashqillashtirish, ularni o`tkazish, bozorni shakllantirishga yaqindan 
    yordam beradilar.
    Vositachilar mijozlarning haqiqiy ehtiyojlarini aniqlaydilar, kelgusidagi 
    kelishuvlar haqida ma`lumotlar beradilar, hamkor tomonlar orsidagi o’zaro aloqani
    ta`minlab, kelishuvlarni tashqillashtirish bo`yicha tegishli operatsiyalarini bajaradilar. 
    Savdo tranzaksiyalari qiymatining past darajada bo`lishi global axborot tarmog‘i – 
    Internet qamrab olgan butun dunyo vositachilik bozorining keskin kengayishiga olib 
    keladi. 
    Zamonaviy 
    axborot-kommunikatsion 
    vositachilari, 
    misol 
    uchun, 
    buyurtmachilarga mo’ljallangan kataloglar yaratish, interfaol operatsiyali kichik 
    bozorlarni tashqil etish, axborot tizimlari reytinglarini tuzish va interaktiv Web-aloqa 


    36 
    vositalaridagi reklama samaradorligini baholash bilan shug‘ullanishlari mumkin. 
    Elektron biznes xizmatlariga bo`lgan ommaviy talab electron busines inkubatorlari 
    paydo bo`lishiga olib keldi, ular nafaqat o`zlarining serverlarida joy ajratishni, balki 
    savdo bo`g‘inini tashqillashtirishni qo`llab-quvvatlanishini ham taklif etdilar. Bepul 
    servisli 
    Freemarchent 
    inkubatori 
    reklamalarni 
    ijaraga 
    olingan 
    saytlarga 
    joylashtirishga ruxsat beradi va namoyish etishni tashqillashtirishga ko`maklashadi, 
    bunda 
    tizim 
    ichidagi 
    virtual 
    do`konlar 
    orasidan 
    bannerlar 
    almashinuvi 
    rag‘batlantiriladi, reklamadan olingan daromadlarning yarmi esa virtual do`konlar 
    egasi hisobiga o`tkaziladi. AQShda istiqomat qiluvchi istagan kishi birinchi milliy 
    virtual bank (CompuBank)da hisob raqami ochib, o`z savdo hisob varag‘idan 
    foydalanishi mumkin. Ushbu bank Freemerchantning hamkori hisoblanadi, bu esa 
    to`lov va xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi.
    Freemerchant funksiyalari yetakchi qidiruv tarmoqlarida avtomatik ravishda 
    ro`yxatdan o`tish, elektron pochta orqali axborot byulletenlari, tovar kataloglari 
    yuborilishini ta`minlaydi. eBay auksionlariga eBay Export va eBay Push 
    funksiyalarini bajarish orqali tovarlarni olib chiqish ham mumkin bo`ladi. eCongo 
    inkubatori, o`z biznes-inkubatorlarini mustaqil ravishda tashqillashtirishni istaganlar 
    uchun Free Commerce Builder paketini taklif qiladi va bundan tashqari, 1000 tagacha 
    foydalanuvchilarni saytda to`lovsiz qo`llab-quvvatlanishiga ruxsat beradi. Ko`pchilik 
    hollarda internet – kompaniyalari faoliyati natijasida to`plangan va qayta ishlangan 
    ma`lumotlardan dasturiy resurslardan yangi axborot mahsulotlari va texnologiyalari 
    yaratilishida boshlang‘ich mahsulot sifatida foydalanish mumkin bo`ladi. Bu 
    ma`lumot elektron e’lonlar doskasida joylashtirilishi, yaratiladigan sayt, yangi 
    kataloglar tarkibiga kiritilishi mumkin.
    Bunda to`plangan ma`lumotlardan faqatgina axborot shaklida foydalanilish 
    zarur deb qaralmaydi. Ularni masalan, qandaydir electron kitob shaklida nashr qilish 
    va to`plangan ushbu ma`lumot asosida yangi texnologik tizim yaratilishida ham 
    foydalanish mumkin bo`ladi. Internet kompaniyalari tomonidan yangi biznes 
    yo’nalishi vujudga kelishining boshqacha imkoniyatlari ham mavjud: 

    saytda yaratilgan ma’lumotlarning axborotlashgan tuzilmasi asosida jug’rofiy 
    jihatdan turli joylarda joylashgan virtual ishlab chiqaruvchilar jamoasini yaratish;

    axborotlarning kerakli hajmi to`planganda jarayonlar o`rtasida statistik 
    jihatdan bog‘liqliklarni topish imkoniyatining paydo bo`lishi; 

    uzoq muddat davomida to`plangan va qayta ishlangan ma`lumotlar asosida 
    o`quv yoki ekspert dasturining yaratilishi; 

    keng ko`lamli axborotlashgan tarmoqning yaratilishi “bosqichma- bosqich 
    tijorat”ni amalga oshirishga imkoniyat beradi. Bunda buyurtmachi-foydalanuvchi 
    o`zining individual buyurtmasi bajarilishini kuzata olish, uning vaqt va makonda 
    lokallashuvini ta`minlash kabi imkoniyatlarga ega bo`ladi. Elektron biznesning yana 


    37 
    bir diqqatga sazovor bo’lgan jihatini, ya`ni offshor doiradagi faoliyat va uning bilan 
    electron biznes o`rtasidagi o`xshashlikni ko’rsatish lozim.
    Ushbu ikki faoliyat turlarining umumiy qirralarini keltirib o`tamiz: ofis, 
    shaxsiy hisob raqamidan ma`lum bir masofadan turib foydalana olish imkoniyati; 
    biznesning shaffofsizligi va fiskal nazoratning sustligi; tranzaksiyalarni amalga 
    oshirishda noananaviy vositalardan va zamonaviy axborot texnologiyalaridan 
    foydalanishi, ya`ni bundadavlatlararo biznes yaratilishida ofis, ishlab chiqarish, bank, 
    tovar yoki xizmatlar sotuvi Internet orqali butun dunyo bo`yicha taqsimlangandir. 
    Elektron biznes jarayonini amalga oshiradigan internet kompaniyalar asosan offshor 
    rejimida 
    ishlaydilar, 
    davlatning 
    fiskal 
    nazoratidagi 
    tushunmovchiliklar, 
    operatsiyalarning taqsimlanishi va vaziyatning noaniqligi ko`pgina ish tartiblarini 
    chetlab o`tishga va soliq yukini biroz pasaytirishga imkon beradi. Masalaga boshqa 
    tomondan yondoshganda, barcha offshor firmalar tranzaksiyalarni kamaytirish
    operatsiyalarni amalga oshirish, “virtual idoralar” tashqil etish hisobiga vakillik 
    xarajatlarini kamaytirish uchun internetdan faol foydalanadilar. Aytish lozimki, 
    offshor kompaniyalar ko`pchilik hollarda internet makoniga jadallik bilan kirib 
    bormoqda. Bunga eng asosiy sabab, bozor kon’yunkturasi yaxshilanayotgan 
    dunyoning barcha nuqtalariga biznesni tezkor ravishda amalga oshirish, ta`sir 
    ko’rsaish mintaqasini imkoniuat darajasida kengaytirish, mijozlar sonini ancha 
    miqdorga ko`paytirishdan iboratdir. Bu muammo bilan uzviy bog’liq bo’lgan 
    resurslarga masofadan turib kirishning afzalliklarini ko`rib o`tamiz. Offshor 
    kompaniyalar va Internet elektron biznes tajribasi shuni ko`rsatadiki, tizimlardan 
    masofadan turib foydalanish ma`lum xavfsizlik va mobillilikni ta`minlaydi. Agar 
    barcha operatsiyalarni aloqa vositalari orqali amalga oshirishning imkoni bo`lsa va bu 
    vositalar tranzaksiyalari qo`llabquvvatlansa, u holda agentlar va hamkorlarning 
    joylashgan o`rni ahamiyatga ega bo`lmaydi. Bunday firma vakillarining ixtiyoriy va 
    ko`pincha noaniq xattiharakatlari davlat soliq-byudjet organlarini ularning tartib va 
    turli operatsiyalari, hisob varaqalari yo`llarini to`sib qo`yishlarini qiyinlashtiradi. 
    Mobillik ham o`z navbatida, axborot tarmoqlariga kirish mumkin bo`lgan dunyoning 
    istalgan nuqtasidan foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. Mahaliy kompaniyalar 
    uchun internet to`lovlarini turli to`lov tizimlarining raqamli naqd pullarini qo`llab, 
    offshor kompaniyalarning hisob varaqalari orqali o`tkazishi nisbatan xavfsiz 
    hisoblanadi.Xuddi shuning uchun ham ko`pgina mahalliy ishbilarmonlar Amerika 
    yoki Angliya banklarida SET (SET Secure Electronic Transaction) protokoli 
    qo`llabquvvatlashi shart bo`lgan va birorta Internet to`lov tizimi bilan bitim bo`yicha 
    kelishilgan hisob varaqalariga ega emaslar. SET protokoli kredit kartalari bilan 
    amalga oshiriladigan operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Ushbu 
    protokol Visa, MasterCard, Microsoft va Netscape tomonidan hamkorlikda ishlab 
    chiqilgan. Bu protokol yordamida to`lov bitimlari xavfsizlikka bo`lgan talab 


    38 
    darajasini ta`minlash imkonini beradi. Shunday qilib, barcha operatsiyalar bitimlar 
    maxfiyligini oshirish maqsadida kriptografik shifrlangan shaklda tayyorlangan 
    protokol orqali amalga oshiriladi. Bunda avvaldan mavjud bo`lgan va hozir ham 
    saqlanib 
    qolgan 
    kata 
    bir 
    muammo 
    – 
    bu 
    teskari 
    aloqani 
    http://www.offexp.east.ru/tashqillashtirish, ya`ni bunda nafaqat boshqaruvchilarga 
    faks, teleks, elektron pochtalarni jo`natish, balki ularning o`zlaridan ham javob, 
    xabar, hisob raqamining so`rovi kabilarini maxfiylikni saqlagan holda qaytarish 
    masalasi muhimdir.
    Axborot-kommunikatsion tizimlardagi huquqiy tartibga solish muammolari 
    bo’yicha esa quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin. Jahonda miqyosida internet 
    tarmog‘iga kirishni tartibga soluvchi va uni boshqaruvchi maxsus tashqilot mavjud
    emas, ammo ba’zi mamlakatlarning hukumatlari vaqti-vaqti bilan global 
    axborotlashgan makonni nazorat qilishga harakat qiladilar va bunga qandaydir
    ma’noda erishadilar ham. Ammo bunday urinishlarning natijalari absolyut 
    nazoratning samarasizligini isbotlamoqda. Lekin Internet qoidalarini buzuvchilar 
    mamlakat miqyosida to`la ravishda javobgarlikka tortilishlari ham mumkin.
    Ma`lumki, Internetdan tashqarida amalga oshirilgan qoida buzarliklar, 
    Internetda ham qoida buzarliklar deb hisoblanadi. Qandaydir mahsulot yoki xizmatni 
    reklama qilish chog‘ida unga doir tasdiqlovchi dalil va isbotlarni ta`minlab qo`yish 
    lozim deb hisoblanadi, aks holda, ba`zi mamlakatlarda u “asoslanmagan e’lon” deb 
    nomlanadi va bu qonunbuzarlik hisoblanadi. Bir qancha mamlakatlarda bu turdagi 
    qoida buzarliklar bilan pochta orqali buyurtma oluvchilarning shikoyatlari ko`rib 
    chiqilganda duch kelingan, shuning uchun jazo choralari qo`llash uchun qonuniy 
    asoslar ishlab chiqilgan. Bir qancha mamlakatlarning qonunchiligida esa axborotdan 
    ruxsat etilmagan holda foydalanish, uni o`g‘irlash, hukumat, jamoat tashqilotlari, 
    kompaniyalar kompterlardagi ma`lumotlarni o`chirish va o`zgartirish to`g‘risida bir 
    qator qonunlar qabul qilingan. Bundan tashqari, ruxsat berilmagan sharoitda 
    kompaniya, tashqilot va alohida shaxslarga zarar keltiriladigan bo`lsa, ularning 
    axborot tizimiga kirish ham qonunga hilof hisoblanadi. Insonlarning shaxsiy 
    hayotlariga aralashish va uni buzishga tegishi bo`lgan barcha harakatlar qonunga 
    qarshi harakat deb qabul qilinadi. Audio, videomateriallar, dasturiy ta`minotlar, 
    ma`lumotlar bazasi va bilimlar huquqini himoya qilish Internetda samarali biznes 
    yuritishni ta`minlaydi. Mazkur huquqlar kerakli tarzda rasmiylashtirilishi uchun 
    intellektual mulk obyektlari real, obyektiv bo`lishi va shunga mos ravishda ro`yxatga 
    olinishi kerak. Elektron kelishuvlar va tranzaksiyalar standartlashtirilgan “Elektron 
    ma`lumot almashinuvi” yoki EDI deb nomlanadi. Ko`pchilik xollarda, bu kabi 
    standartlashtirilgan hujjatlar majburiy hisoblanmaydi va ko`pincha qonun tomonidan 
    tan olinmaydi. Biroq agar tomonlar qarshilik bildirmasa, bu kabi shartnoma va 
    kelishuvlar qo`llanilishi mumkin, shu bilan birga, shartnomada qaysi qonunchilikdagi 


    39 
    me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanib, ish tartibi amalga oshirilishi ko`rsatilgan 
    bo`lishi kerak. Rlektron biznes amaliyoti shuni taqozo qiladiki, elektron shaklda 
    amalga oshirilgan shartnomalar, uning matnlari elektron (raqamli) imzo bilan 
    tasdiqlangan bo`lsa, bunday elektron ko`rinishdagi hujjat yozma hujjat hisoblanadi. 
    Chunki elektron (raqamli) imzo bo`lmasa, tomonlarning roziligisiz o`zgartirishlar 
    kiritilishi mumkin. Elektron imzo hujjatning avvalgi holati saqlanishini ta`minlaydi. 
    Hozirda qator mamlakatlarda to`lovlarni elektron tartibda (onlayn) o`tkazishning 
    (tranzaksiyalar) tizimi, qoidalari va elektron imzo to`g‘risida qonunlar qabul qilingan. 
    Ba`zi mamlakatlarda ma`lumotlarni elektron (onlayn) o`tkazishning turli shakllari va 
    bitimlarni elektron shaklda rasmiylashtirishning usullari to`g‘risida qonuniy hujjatlar 
    mavjud. Turli xildagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi 
    chakana firmalar dasturiy ta`minot, audio va videomateriallar, kompyuter o`yinlari va 
    boshqa mahsulotlarni elektron shaklda taklif etganda, unga o`sha materialdan 
    foydalanish huquqini beruvchi lisenziyani qo`shib taqdim etadilar. Ko’pchilik 
    xollarda, bu lisenziya kirish kodi yoki boshqa shaklda mahsulotning o`rami ichida 
    joylashtiriladi. Ushbu foydalanish huquqini topshirish usuli kelishuvning shartnoma 
    shakli hisoblanadi. Ba`zi mamlakatlarda, electron biznesni amalga oshiruvchi 
    internet-kompaniyalar faoliyatini soliqqa tortish muammosi mavjud. Internetdagi 
    elektron biznesni ma`lum bir mamlakatda soliqqa tortishga majbur etish Internet 
    kompaniyalarning o`z joylarini o`zgartirishlariga, ya`ni ularni boshqa mamlakatga 
    ko`chib, ro`yxatdan o`tishlariga olib keladi.
    Internet kompaniyalar uchun bazaviy mamlakatni o`zgartirishining asosiy 
    sabablaridan yana biri boshqa mamlakatda internet resurslarga kirishni
    tashqillashtirishning nisbatan oson va arzon bo`lishi hisoblanadi, ammo bu o`z 
    navbatida, Internet-kompaniya chiqib ketgan hudud hokimiyatining salbiy
    munosabatini keltirib chiqarishi mumkin.
    Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va internet tizimiga asoslangan
    iqtisodiyotda reinjiniring muammosi quyidagicha talqin qilish mumkin. Ma`lumki, 
    menejment faqatgina yaratilgan ishlab chiqarish tuzilmasini mahsulotlarni yetkazib 
    berish, sotish, xodimlarni to`g‘ridan-to`g‘ri tezkor boshqarishdan iborat bo`lmay, 
    balki biznes-jarayon to`plamining barchamexanizmlarini uzluksiz qayta tashqil 
    etishni va ko`zda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qilib 
    boshqarishni ham o`z ichiga oladi. Biror bri bozorda mustahkam o`rin egallashga 
    intilgan 
    tashqilot 
    va 
    kompaniyalar 
    kelgusida 
    bajarilishi 
    lozim 
    bo`lgan 
    biznesjarayonlarni rejalashtirishlari, o`rta va uzoq istiqbolga mo`ljallangan ko`plab 
    loyihalarni rivojlantirishlari kerak bo`ladi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalari, 
    bir tomondan, boshqarish jarayonini, rejalashtirish va bashoratni osonlashtiradi, 
    ammo shu bilan birga, yuqori malakali kadrlar bo`lishini talab etadi. Shuning uchun 
    ham internet kompaniyada yuqori texnologik darajaga ega bo`lgan malakali kadrlarni 


    40 
    tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi. Kompaniyada xodimlarni o`qitib, ularda 
    ma`lum bir malaka, ko`nikmalar hosil qilish murakkab jarayon, chunki yangi ishga 
    olingan ishchilar tajriba to`plagunga qadar ancha mablag’‘ va vaqt sarflanadi, ular 
    biznesni yangi muhitda o`rganishlari va unga ko`nikishlari kerak bo`ladi. Bozordagi 
    kichik biznes ishtirokchilarini o’zaro bog‘laydigan, ularni yagona strategiya va o`zaro 
    yordamini ta`minlovchi loyihalar kelajakda istiqbolga ega deb hisoblanadi va bunday 
    holatda, moliyaviy jihatdan tez o`zgarib turadigan bozorda minimal risklar bilan 
    raqobatga kirishish imkoniyatlari paydo bo`ladi. Axborot-kommunikatsion 
    texnologiyalari va tarmoq infratuzilmasi bu kabi bog‘lanishni dasturiy-texnik jihatdan 
    ta`minlab beradi. Masalan, yagona to`lov tizimini, xuquqiy yordam va bir brokerlik 
    vazifalarini bajaruvchi mayda ijrochi firmalar, registratorlar va servis markazlarining 
    yaratilishi orqali bunga erishish mumkin bo`ladi. Kishilar vaqt o`tishi bilan electron 
    biznesga o`rganib boqmoqdalar.
    Oldingi davrlarda katta shov-shuvlarga sabab bo`lgan elektron biznes tizimlari 
    endilikda aql-idrokka asoslanib, hisob-kitobli bo`lib qolmoqda va unda paydo 
    bo`lgan muammolarni Internet-bozor ishtirokchilari o’zlari mustaqil hal etishlari 
    kerak bo`ladi. Internet-savdoga o`rgangan foydalanuvchilar Internetdo`kon saytlariga 
    kirib pastroq narxdagi tovarlarni izlaydilar. Undagi sotuvchilar ko’proq xaridorlarni 
    jalb qilish maqsadida narxlarni kamaytirishga intiladilar. Ammo sotuvchilarning 
    xozirgi narxlari xaridorlarni qoniqtirmasa, ular raqobatchilarga murojaat qiladilar. 
    Xaridorlarning bu kabi xatti-harakatini hisobga olgan maxsus shopping-robotlar 
    saytlari paydo bo`la boshlagan va ular narx va chegirmalar haqida muttasil 
    ma`lumotlar yetkazib turadilar. Ushbu bo’limga xulosa qilib aytganda, yangi 
    kompaniyalar, 
    yangi 
    Internet-inkubatorlari 
    uchun 
    muhit 
    yarata 
    oladigan 
    investorlarning paydo bo`lishi kadrlar va resurslarning bir yerga to`planishi hisobiga 
    electron biznes internet-loyihalarning to`loqonli tijorat yo’nalishidagi virtual internet-
    kompaniyalarga aylanishiga imkon beradi deb aytishimiz mumkin. 

    Download 6.05 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   153




    Download 6.05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbyokiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti

    Download 6.05 Mb.
    Pdf ko'rish