Rasm 4-1. Elektron tijoratning iste’molchilar guruhi bo‘yicha turlari




Download 6.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/153
Sana06.07.2023
Hajmi6.05 Mb.
#76399
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   153
Bog'liq
Elektron tijorat Moliya universiteti
stress profilaktikasi, Natural sonlar 1, 26-29, 1, google, Bulutli texnologiyalarning xususiyatlari
Rasm 4-1. Elektron tijoratning iste’molchilar guruhi bo‘yicha turlari 
Elektron tijorat modelining asosiy ko’rinishlari. 
Elektron bozorda marketingni yuritishning xususiyatlarini tavsiflashdan oldin 
shu paytgacha shakllangan elektron tijorat asosiy tushunchalarini aniqlashtirib olish 
zarur. 
Kompyuter tizimlari samaradorligini oshirish va tarmoq texnologiyalarining 
mukammallashtirilishi yangi iqtisodiy faoliyat turi - elektron tijoratning 
shakllanishiga olib keldi. Elektron tijorat - tijoratning o’ziga xos turi bo’lib, axborot 
texnologiyalarini ishlab chiqarish, savdo va mahsulotlar va xizmatlarni taqsimlash 
jarayonlariga ma‘lum ma‘noda tadbiq qilish orqali amalga oshiriladi. Elektron tijorat 


43 
asoslarini ko’rib chiqish o’rganilayotgan fan sohasi uchun kalit tushunchalar va 
ta‘riflarni shakllantirish maqsadga muvofiq. Bugungi kunda ishlatilayotgan ta‘rif va 
iboralar ularning mualliflarining mutaxassis tayyorgarligi va orttirilgan tajribasiga 
mos kelib, iqtisod sohasidagi voqealarni faqat qisman qamrab oladi va bir qancha 
nuqtai nazarlarni o’zida aks ettiradi. Masalan, IBM kompaniyasi mutaxassislarining 
ta‘rifiga ko’ra "Elektron biznes - bu asosiy biznes jarayonlarni Internet texnologiyalar 
orqali amalga oshirish". Internet biznes ensiklopediyasining ta‘rifiga ko’ra esa u foyda 
olish maqsadida ichki va tashqi aloqalarni amalga oshirish uchun global axborot 
tarmoqlarining imkoniyatlaridan foydalanadigan har qanday biznes faoliyat. Bu 
ta‘riflar Internet tarmog’ining rivojlanishi va amaliy qo’llanishi nuqtai nazaridangina 
iqtisod sohasida yuz bergan jarayonlarni aks ettiradi. SHubhasiz, milliy, shaxsiy va 
korporativ kompyuter tarmoqlarining yagona Internet tarmog’iga birlashishi elektron 
tijorat rivojlanishi va mustahkamlanishi jarayonlariga sezilarli ta‘sir ko’rsatdi. Lekin 
ma‘lum doiradagi masalalarni echish uchun Internet tarmog’i tomonidan taklif 
qilinadigan usullar majmuasi sifatida elektron tijorat savollarini umumiy yoki 
elektron marketing savollarining qisman ko’rib chiqilishi perspektiv deb hisoblab 
bo’lmaydi. CHunki tizimning maxsus texnik xususiyatlari iqtisodiy jarayonlarning 
ob‘ektiv tasvirini aniqlab berishga imkon bermaydi. 
Global tarmoq iqtisodiyoti xususiyatlarini tahlil qilish va tashkilot
korxonalarning elektron tijorat sohasidagi tajribasini o’rganish bilan yangi 
kategoriyalar va tushunchalarning o’zaro ta‘siri hamda bo’ysunish darajasini aks 
ettiruvchi modelni tuzish va bugungi kun talablariga mos keladigan ta‘riflarni 
shakllantirish mumkin. Model asosida u yoki bu tijorat faoliyati shakliga mos tijorat 
jarayonlar - biznes, tijorat, savdo, marketing turadi. Bunda YUNIDO ta‘rifiga ko’ra 
elektron biznes qo’llanishining to’rt bosqichi - marketing, ishlab chiqarish, savdo, 
to’lovlar e‘tiborda tutiladi. Axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlarini 
qo’llash darajasi chegara (o’lchov) bo’lib, u bo’yicha biznes (tijorat, savdo)ni elektron 
deb hisoblasa bo’ladi. 
XXI asr boshida elektron tijoratni axborot, telekommunikatsion texnologiya va 
tizimlarni qo’llash orqali tijorat jarayonlarni amalga oshirish deb tushunish kerak. 
Ammo tijorat jarayonlarning bir qismi innovatsion texnologiyalarni ishlatmasdan 
amalga oshirilmoqda. Bu esa "tijorat" va "elektron tijorat" tushunchalarini mustaqil 
kategoriyalar sifatida ajratishga imkon beradi, lekin ular orasidagi farq asta-sekin 
yo’qolib bormoqda. 
Korxonaning masalalarida zamonaviy texnologiyalar elektron tijorat modelida 
elektron marketingni zamonaviy tijorat asosi sifatida qarashga imkon beradi. Bunda 
marketing masalalari shunchalik muhim va katta hajmga egaki, ko’p hollarda 
an‘anaviy marketing faoliyati - tijorat tahlil (BI - Business Intelligence), 
iste‘molchilar bilan aloqalarni boshqarish (CRM - Customer Relations Management), 


44 
ta‘minot zanjirlari boshqaruvi (SCM - Supply CHain Management), bilimlarni 
boshqarish (KM - Knowledge Management) axborot texnologiya vositalari orqali 
amalga oshiriladi. 
Elektron tijorat jarayonida ishtirok etuvchilarning o’zaro munosabati modeli 
quyidagicha: 

Download 6.05 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   153




Download 6.05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rasm 4-1. Elektron tijoratning iste’molchilar guruhi bo‘yicha turlari

Download 6.05 Mb.
Pdf ko'rish