46
korxonaning o’z veb-saytini ishga tushurishini bildirgan. Lekin ko’p o’tmay
korxonalar saytini shunchaki ishga tushirish internet tarmog’ida korxonaning
marketing strategiyasisiz va tashkiliy omillarni xisobga olmasdan samarali
bo’lmasligini tez orada tushundilar. Bunday omillardan an‘anaviy
va elektron
ko’rinishlari o’zaro munosabatlari muhimlaridan biri hisoblanadi (rasm.4.4.).
An‘anaviy va elektron biznes ko’rinishlarining o’zaro munosabatlari odamlarga,
tizimlarga, resurslarga va mijozlarga nisbatan har xpl talablarni nazarda tutadi.
Biznesning etakchi xolatiga odamlar, resurslar, tizimlar
va mijozlar moslashuvi
natijalarini o’lchovchi mos vositalar yo’q bo’lgan holda strategik maqsadlarga
erishish mumkin emas. Elektron biznes an‘anaviy biznesdan mustaqil ravishda
mavjud bo’lgan alohida biznes ko’rinishiga aylanganda o’zgacha yondashuv talab
qiladi. Masalan, tovarlarni an‘anaviy zanjir ishtirokchilari (distribyutor va ommaviy
sotuvchilar) orqali sotadigan ishlab chiqaruvchi
birdan ularni tarmoq orqali
to’g’ridan-to’g’ri taklif qilishga qaror qiladi. Tashkilot an‘anaviy zanjir
ishtirokchilarining salbiy (negativ) reaksiyasini chetda qoldirib, taqsimlashning
odatiy jarayonini saqlab qolgan holda tashkilot mijozlarga
yangi usulda xizmat
ko’rsata olmaydi. Elektron biznes strategiyasining samarali ishlashiga imkon
beradigan tizimlarni ko’rib chiqish, yaratish va ularni an‘anaviy operatorlar bilan
bog’lash zarur. Agar bu tizimlarni birlashtirilmasa, ishni olib borishning ikkala usuli
(an‘anaviy va elektron) katta zarar ko’rishi mumkin.
An‘anaviy biznes – korxona tovarlar ishlab chiqaradi va ularni an‘anaviy
kanallar orqali sotadi.
Bir qismi elektron tijoratdagi an‘anaviy tijorat. Masalan, do’konlarda savdo va
tarmoqda kataloglar taklifi.
Qandaydir darajada tarmoqqa integratsiyalashgan an‘anaviy biznes. Masalan,
distribyutorlar orqali savdo, ba‘zi ta‘mnotchilar extranet orqali bog’langan.
Intensiv integrashtirilgan elektron faoliyatli an’anaviy tijorat. Masalan,
distribyutorlar orqali savdo va tarmoq – barcha ta‘minotchilar extranet orqali
ulangan.
An‘anaviy tijorat elektron tijoratga aylanadi: mahsulotlar, xizmatlar elektron
usulda etkaziladi.
Rasm 4.2. An‘anaviy va elektron tijorat ko’rinishlarining o’zaro munosabatlari
sxemasi.
Ko’pchilik an‘anaviy korxonalar Internet inqilobini qabul qilishga qodir emas bo’lib
chiqdilar. Ular elektron tijoratni yuritish uchun barcha kerakli resurslarga ega
bo’lsalar ham o’zlari uchun yangi tijorat sohasini o’zlashtirishda hal qiluvchi qadamni
47
amalga oshirmayaptilar. Ba‘zilar tijorat va sanoat inqilobiga ega jamiyatga ta‘sir
qilish ko’lami bo’yicha internet inqilobini taqqoslaydilar. Bu inqilobdan korxonalar,
tashkilotlar va iste‘molchilar ham foydaga ega bo’ladilar.
Korxona uchun elektron tijorat foydasini quyidagicha ko’rsatish mumkin
:
- Elektron tijorat bozor chegaralarini kengaytiradi. Korxona xatto katta
bo’lmagan sarmoya bilan mijozlarga global ko’lamda xizmat ko’rsatishi mumkin.
1997 yildayoq aviaqurilish giganti Boeing kompaniyasi o’z ta‘minotchisi sifatida
kichik Venger firmani tanladi. U nafaqat buyurtmani sifatli bajardi, balki uskunalarni
vaqtida va ancha arzon narxda etkazib bera oldi. Bu aloqa
elektron tender orqali
amalga oshirilgan.
- Elektron tijorat axborotni olish, qayta ishlash va saqlash kechikishlarini
kamaytiradi. SHu bilan administrativ xarajatlarni kamaytiradi.
- Elektron biznes korxonalarga tor doira mutaxassisligida faoliyat yuritishga
imkonberadi.
- Elektron tijorat zaxiraning kamayishi xisobiga qo’shimcha xarajatlarni sezilarli
pasaytirishga imkon beradi. Mijozning aniq so’rovidan so’ng
ishlab chiqarish
boshlanadi.
- Elektron tijorat umumiylashtirilishi buyutmaga asosan ishlab chiqarishga
imkon yaratadi. Bu bilan korxonaning raqobat qilish imkoniyatlarini oshiradi.
- Biznes jarayonlarning tezlashishi korxonaning barcha ishchilari unumdorligini
sezilarli darajada oshirishga imkon beradi.
- Vaqtning real ko’lamida interaktivlik muvofiqlikning mumkinligi. Internetda
aloqa ikki tomonlama bo’lib, real vaqtda yuz beradi va axborot tizimlari muvofiqligi
bilan ta‘minlanadi. Bu marketing qarorlarini qabul qilishda prinsipial jihatdan muhim
hisoblanadi. Bu xususiyatlar marketologga real vaqtdako’pgina muammolarni
(masalan, narx belgilash) hal qilishga imkon beradi.
- Elektron tijorat texnologiyalari mijozlar bilan o’zaro
aloqalarni operativligini
oshirishga, mijozlarning katta soni bilan bir vaqtning o’zida ishlash imkoniyati,
mijozlar bilan paralell muloqot qilish imkoniyatigayo’l ochib beradi.
- Bundan tashqari hamkorliklar imkoniyatlarini kengaytirish, ta‘minotchilar va
mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlar o’rnatish, axborotdan erkin foydalanishni
kengaytirish v.h.larni foydaga kiritish mumkin.