50
4. Firmalar elektron biznes tizimidagi ishtirokchilarning
teng huquqlilik
xarakterga ega ekanligi (distrib’yutor-diler, ishlab chiqaruvchi – etkazib beruvchi
kabi ierarxiyaning yo’qligi).
B2C biznes-modelining yaratilish xususiyatlari
B2C andozasidan korxona o‘z mahsulot va xizmatlarini bevosita yakuniy
iste’molchiga sotayotganida foydalaniladi. Konseptual
nuqtai nazardan bu andoza
oldingiga nisbatan aniqroq va keng omma uchun tushunarliroq,
shuning uchun ham
hozirda u ommaviy axborot vositalarida eng ko‘p tarqalgan. Bu andoza doirasida
ishlaydigan yirik korxonalarga misol bo‘lib,
Amazon.com hisoblanishi mumkin, u
dunyo bo‘yicha 30 mln.dan ortiq mijozga ega bo‘lgan, kitoblarni ulgurji sotuvi bilan
shug‘ullanuvchi amerika firmasi. O‘z faoliyatini kengaytirish jarayonida
Amazon.com dunyoning istalgan mamlakatidagi iste’molchilarga
mahsulot yetkazib
berishni ta’minlaydigan sotuv tarmog‘ining yangi andozasini yaratdi.
B2S mos xududda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati va Internetga
ulanish masalalarini yechish sharti bilan yirik shaharlar
va uzoqroq hududlarda
yashovchi iste’molchilar orasida mahsulot va xizmatlarga yetishishdagi farqni
tenglashtirishga imkon beradi.
B2B va B2S orasida prinsipial farq mavjud. Buni
quyidagi jadvalda yaqqol
ko‘rishimiz mumkin.