• III. O’QUV PORTFOLIO 212 IV. GLOSSARIY 223 V. ILOVALAR 228 1. Fan dasturi 229 2. Ishchi fan dasturi 249
  • 6. O’quv-uslubiy majmuaning elektron variant
  • O‘zbyokiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti




    Download 6.05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/153
    Sana06.07.2023
    Hajmi6.05 Mb.
    #76399
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
    Bog'liq
    Elektron tijorat Moliya universiteti
    stress profilaktikasi, Natural sonlar 1, 26-29, 1, google, Bulutli texnologiyalarning xususiyatlari
    Kengash raisi 
     
     
     
    I. Qo’ziev 
     
    O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i
    T.M.Baymuradov 
    Fanning O’quv-uslubiy majmuasi Toshkent moliya instituti Kengashida ko’rib 
    chiqilgan va tavsiya qilingan (2019 yil “__” ___dagi “__”-sonli bayonnoma) 



    MUNDARIJA 
     
    I. O’QUV MATERIALLARI 5 
    1. Ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari 6  
    2. Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha o’quv materiallari 168 
    II. MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI 205
    III. O’QUV PORTFOLIO 212 
    IV. GLOSSARIY 223
     V. ILOVALAR 228
    1. Fan dasturi 229  
    2. Ishchi fan dasturi 249  
    3. Tarqatma materiallar (keyslar,amaliy topshiriqlar, ishlanmalar) 273 
    4. Testlar 288 
    5. Baholash mezoni bo’yicha uslubiy ko’rsatma 304 
    6. O’quv-uslubiy majmuaning elektron variant
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



     
     
     
     
     
     
     
     
    I. O’QUV 
    MATERIALLARI 
     
     
     
     
     



     
     
     
     
    MA’RUZALAR 
    MATNI 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    1-MAVZU. “ELEKTRON TIJORAT” FANIGA KIRISH 
     
    REJA: 
    1.Elektron tijorat tarixi va rivojlanish tendentsiyasiyalari 
    2.Raqamli texnologiyalar va ularni elektron tijorat tizimida tutgan o’rni 
    3.Elektron tijorat tizimidan foydalanishning afzallik va kamchiliklari 
    Tayanch so’zlar: Arpanet(Advanced Research Projects Agency Network), 
    tarmoqlar tarmog’I, elektron biznes (e-business), elektron tijorat (e-commerce) va 
    elektron marketing (e-marketing) , novator, internet-biznes , elektron biznes.
    Elektron tijorat (savdo) rivojlanish tarixi 1960 yil oxirida AQSH Xavfsizlik 
    vazirligi xarbiy bo’limning ARPANET (Advanced Research Projects Agency 
    Network) nomli kompyuterlar tarmog’ini yaratishidan boshlangan. Bunday 
    tarmoqning foydaliligini tez orada anglagan universitet va kolledj olimlari ma‘lumot 
    almashinuvi uchun o’xshash tarmoq yaratdilar. Sekin-sekin o’zaro bog’langan 
    yangidan-yangi lokal tarmoqlar paydo bo’la boshladi. Shunday qilib, XX asrning 80 
    yil oxirlariga kelib, Internet deganda xalqaro "tarmoqlar tarmog’i" tushunila 
    boshlandi. Internet rivojlanishi davomida individual va korporativ foydalanuvchilar 
    elektron aloqalari shakllandi. Bu esa axborotni ancha qiymatga ega va topish ancha 
    oson bo’lgan yangi elektron sohaning yaratilishiga asos bo’lgan. Internet bunday 
    yangi iqtisodiyot ko’rinishi paydo bo’lishining ham sababi, ham natijasi, fundamental 
    texnologik va iqtisodiy o’zgarishlar mahsuli hamda uning muhiti va bozor 
    hisoblanadi. Bularning hammasi iqtisodiyotda sezilarli o’zgarishlarni keltirib 
    chiqardi. Biznes yuritishning asosiy munosabatlari va modellari o’zgardi: - to ishlab 
    chiqaruvchi hokimiyatidan, dallolning keyin - iste‘molchining etakchi roligacha; - to 
    ommaviy ishlab chiqarishdan buyurtmaga ishlab chiqarishgacha; - to material 
    resurslar va aktivlar muhimligidan axborot, bilim, salohiyat muhimligigacha. O’tgan 
    asrning oxirlarida internetdagi savdo jarayonining yangi atamalari paydo bo’ldi: ular 
    - elektron biznes (e-business), electron banner, elektron reklama, elektron tijorat (e-
    commerce), electron sotuv, e-click, va elektron marketing (emarketing) va boshqalar. 
    Shuni aytish kerakki, axborot-kommunikatsion texnologiyalari biznesni tashqil etish 
    va yurishda ilgari zamonlar hech qachon bunday muhim ahamiyat kasb etmagan. 
    Axborot-kommunikatsion texnologiyalari ahamiyatining bunday oshib borishi barcha 
    faoliyat turlariga, shu jumladan kichik biznas va tadbirkorlikka ham katta ta’sir 
    ko’rsatdi. Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar Internetdan foydalanish va 
    elektron biznes rivojlanishida katta sakrashni amalga oshirdilar. Bu sohaga mansub 
    ba’zi analitiklar elektron tijorat rivojlanishining ancha keyingi bosqichlarida 
    qo’shilgan mamlakat va kompaniyalar boshqalarning xatolaridan foydalanish, soha 
    rivojlanishi tendentsiyalarini ko’rish borasida yutadi deb hisoblaydilar. Elekron 



    biznes rivojlanishining mufassal suvratini yaratish uchun uning rivojlanish 
    qonunlarini tushunish, elektron va an’anaviy marketing tizimlarini o’zaro solishtirish 
    va elektron tijorat, elektron marketingni qo’llash bo’yicha qaror qabul qilishda 
    alohida diqqat-e’tiborni qaratish kerak bo’lgan savollarni aniqlash kerak. Elektron 
    bozordagi e-marketing xususiyatlarini tavsiflashdan oldin shu davrgacha shakllangan 
    elektron tijorat asosiytushunchalarini aniqlashtirib olish zarur bo’ladi. Axborot-
    kommunikatsiya 
    tizimlari 
    samaradorligini 
    oshirish 
    va 
    internet 
    tarmoq 
    texnologiyalarining mukammallashtirilishi yangi iqtisodiy faoliyat turi - elektron 
    tijoratning jadal shakllanishiga olib keldi. Elektron biznes - tijoratning o’ziga xos 
    electron turi bo’lib, ushu soha uchun mos bo’lgan axborot tizimlarini yaratish va uni 
    electron savdo hamda mahsulotlar va xizmatlarni taqsimlash jarayonlariga optimal 
    ravishdatadbiq qilish orqali amalga oshiriladi. Zamonaviy elektron tijorat asoslarini 
    mantiqan ko’rib chiqish o’rganilayotgan fan, ya’ni AKT sohasi uchun bazaviy kalit 
    tushunchalar va ularga bo’lgan ta’riflarni shakllantirish nuqtai-nazaridan maqsadga 
    muvofiq hisoblanadi. Xozirgi davrda ishlatilayotgan tushunchalarga ta’rif va kalit 
    iboralar ular mualliflarining mutaxassis tayyorgarligi va orttirilgan tajribasiga mos 
    kelib, iqtisod sohasidagi jarayonlarni qismangina qamrab oladi va bir qancha 
    fundamental nuqtai-nazarlarni o’zida aks ettiradi. Masalan, AKT sohasida mashhur 
    bo’lgan IBM kompaniyasi mutaxassislarining fikriga ko’ra "Elektron biznes -bu 
    asosiy biznes jarayonlarni Internet texnologiyalar orqali amalga oshirish" dir. 
    Internet biznesi entsiklopediyasining ta’rifiga ko’ra esa u foyda olish 
    maqsadida ichki va tashqi aloqalarni amalga oshirish uchun global axborot 
    tarmoqlarining imkoniyatlaridan foydalanadigan har qanday biznesga oid faoliyatidir. 
    Bu tushuntirish va aniqlovlar Internet tarmog’ining rivojlanishi va amaliy qo’llanishi 
    nuqtai-nazaridangina moliya-iqtisod sohasida yuz bergan jarayonlarni aks ettiradi, 
    albatta. Ammo shak-shubhasizki, milliy, shaxsiy va korporativ axborot-
    kommunikatsion tarmoqlarining yagona Internet tarmog’iga birlashishi elektron 
    tijorat rivojlanishi va uning yanada mustahkamlanishi jarayonlariga sezilarli ta’sir 
    ko’rsatdi. Biroq ma’lum doiradagi iqtisodiy-texnik muammolarni hal qilish uchun 
    Internet tarmog’i tomonidan taklif qilinadigan usullar majmuasi sifatida elektron 
    tijorat muammolarini umumiy yoki elektron marketing bilan bog’liq muammolarning 
    qisman ko’rib chiqilishini maqsadga muvofiq deb bo’lmaydi. Chunki axborot-
    kommunikativ tizimning maxsus texnik xususiyatlari iqtisodiy jarayonlarning 
    ob’ektiv tasvirini aniqlab berishga imkon bermaydi. Jahon global tarmog’i 
    iqtisodiyoti xususiyatlarini tahlil qilish va tashkilot, korxonalarning elektron tijorat 
    sohasidagi tajribasini o’rganish bilan yangi kategoriyalar va tushunchalarning o’zaro 
    ta’siri hamda ularning o’zaro bo’ysunish darajasini aks ettiruvchi modellarni tuzish 
    va bugungi kun talablariga mos keladigan ta’riflarni shakllantirish mumkin. Model 
    asosida u yoki bu tijorat faoliyati shakliga mos tijoriy jarayonlar qatorida biznes, 



    tijorat, savdo, marketing turadi. Bunda elektron biznesni amaliyotda qo’llanishining 
    to’rt asosiy bosqichi -marketing, ishlab chiqarish, savdo, to’lovlar jarayonlari nazarda 
    tutiladi. Axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlarini qo’llash darajasi 
    chegara (o’lchov) bo’lib, u bo’yicha biznes (tijorat, savdo)ni elektron deb hisoblasa 
    bo’ladi. Ammo bugungi kunda electron tijorat jarayonlarning anchagina qismi 
    zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlatmasdan turib amalga oshirilmoqda. Bu 
    xolat esa "tijorat" va "elektron tijorat" tushunchalarini mustaqil kategoriyalar sifatida 
    ajratishga imkon beradi, ammo ular orasidagi prinsipial farq asta-sekin yo’qolib 
    bormoqda. Ko’p holatlarda an’anaviy marketing faoliyati - tijorat tahlili (BI -
    Business Intelligence), iste’molchilar bilan aloqalarni boshqarish (CRM - Customer 
    Relations Management), ta’minot zanjiralari boshqaruvi (SCM - Supply hain 
    Management), bilimlarni boshqarish (KM - Knowledge Management) axborot 
    texnologiya vositalari orqali amalga oshiriladi. Oldingi davrda asosiy masala ishlab 
    chiqarilayotgan mahsulot sifatini ko’tarish bo’lgan. Buning uchun tashqilot ichki 
    samaradorligini belgilab beruvchi zamonaviy usullar va texnologiyalar ishlab 
    chiqilgan hamda hayotga tadbiq etilgan. Ularga korporativ rejalashtirish axborot 
    tizimlari ERP (Enterprise Resource Planning) - tashqilot resurslarini rejalashtirish 
    muammosini hal qilgan. Xozirgi paytda esa mahsulot yoki xizmat nafaqat arzon va 
    sifatli bo’lishi, balki xaridorning o’ziga xos individual talablariga ham mos kelishi 
    lozim. Bu muammoni hal qilishda birinchi o’rinda yagona axborot fazosini 
    tashqillashtirishning vositasi sifatida Internet global tizimi namoyon bo’ladi.
    Internet tarmog’i ishlab chiqaruvchilarga ko’p sonli iste’molchilar va ularning 
    har xil talablarini qondirish imkoniyatini yaratdi hamda potentsial mijozlarga o’z 
    buyurtmalarini korxonani boshqarish tizimiga individual ravishda kiritishga imkon 
    yaratdi. Ushbu unikal holat CSRP (Customer Synchronized Resource planning) -
    ya’ni, xaridor bilan o’zaro ta’sir doirasida resurslarni rejalashtirish standartiga 
    asoslangan boshqarish tizimi rivojlanishining yangi bosqichiga olib keldi. Demak, 
    elektron biznesning yangi shakli sifatida o’z tijorat jarayonlarini rivojlangan ichki va 
    tashqi dasturiy-texnik infrastrukturasi bilan standartlashtirilgan tuzilmali korxona va 
    tashqilotlar asosida shakllana boshladi.
    Boshlang‘ich iqtisodiy o‘sish, yuqori texnikaviy yangilikka intilish xaridorning 
    katta ehtiyoji bilan bevosita bog‘liq. Elektron tijoratni yuzaga kelishi va boshlang‘ich 
    talab va ehtiyojni qondirilishi bilan bir vaqtda ilk noxush holatlar yuzaga kela 
    boshladi. Bunga asosiy sababi, xizmat ko‘rsatish sifatining mos kelmasligi hamda 
    infrastruktura tizimining past darajadaligi bilan bog‘liq. 
    O‘zaro hisob–kitob va mahsulotni yetkazib berish infrastrukturasi hanuz 
    yetarli darajada taraqqiy etmagan. Savdo ishtirokchilari samarali to‘lov tizimini 
    yaratishga e’tibor qaratib, mahsulot yetkazib beruvchiga rivojlangan omborxona va 
    transport tizimini taklif etdi. Yaratilayotgan har qanday imkoniyat va sharoit savdo 


    10 
    ishtirokchilari bo‘lmish mahsulot ishlab chiqrauvchi va xaridor o‘rtasida 
    munosabatlar o‘rnatilishi, mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlari 
    o‘rtasida raqobatni yuzaga keltiradi. 
    Elektron tijorat bozorining boshlang‘ich bosqichlarida jadal rivojlanishi 
    birinchi navbatda to‘lov tizimi, bank, provayder xizmati internetga kirish 
    imkoniyatining o‘sishi, mobil aloqa, dasturiy ta’minot va apparat (qurilma) 
    vositalarini yaratuvchilar, hamda o‘z mahsulot va xizmatlarini bozorga 
    chiqarishga talabgorlarning oshib borishi bilan bog‘liq. 
    Elektron 
    tijoratning 
    o‘ziga 
    xos 
    hususiyati, 
    ushbu 
    tizimda 
    foydalanayotgan ma’lumog almashinuv tizimi protokoli boshqa tizimdagiga 
    o‘xshash protokollarga mos kelmaydi. 
    Elektron tijorat tizimini shakllanishida har bir tashkilot yoki muassasa 
    o‘zining standartlarini tavsiya etib, uni tadbiq etish tarafdori bo‘ladilar. Bu 
    vaqtda kichik yo‘nalishga ega bo‘lgan tashkilotlar norozilik bildiradilar. 
    Nomuvofiqlik 
    elektron 
    tijoratni 
    ommaviy 
    va 
    keng 
    doiradagi 
    foydalanuvchilarga ruxsat berishni cheklaydi. Keyinchalik bu nomuvofiqlik 
    elektron tijorat bozori infrastrukturasining tashkil topishi bilan bartaraf etilishi 
    mumkin.
    Elektron tijorat paydo bo’lishining boshlang’ich davri XX asr 
    oxirlarida tijorat shakllarining sezilarli transformatsiyasi bo’ldi. O’tgan 
    asrning oxirlarida iste‘molchilarni arzon mahsulot va xizmatlar bilan 
    ta‘minlay olgan yapon ishlab chiqaruvchilarining yutug’i bilan tugagan 
    ommaviy ishlab chiqarish davri sifat davriga almashdi. Bu davrda asosiy 
    masala ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ko’tarish bo’lgan. Buning 
    uchun tashkilot ichki samaradorligini belgilab beruvchi zamonaviy usullar va 
    texnologiyalar ishlab chiqilgan hamda tadbiq etilgan. Ularga bos hqalaridan 
    tashqari korporativ axborot tizimlari sinfi eRP (Enterprise Resource Planning) 
    - tashkilot resurslari rejalashtirish ham qarashli. Lekin bu davr ham o’tdi, 
    chunki iste‘molchi mahsulotga nisbatan o’zining fikrini shakllantirdi. Endi 
    mahsulot nafaqat arzon va sifatli bo’lishi, balki xaridorning o’ziga xos 
    talablariga mos kelishi kerak. Buni amalga oshirishda birinchi o’rinda yagona 
    axborot fazosini tashkillashtirishning vositasi sifatida Internet namoyon 
    bo’ladi. Internet tarmog’i ishlab chiqaruvchilarga ko’p sonli iste‘molchilar va 
    ularning har xil talablari tomon yo’l ochdi hamda mijozlarga o’z 
    buyurtmalarini korxonani boshqarish tizimiga kiritishga imkon yaratdi. Bu 
    holat CSRP (Customer Synchronized Resource planning) - xaridor bilan 
    o’zaro ta‘sir doirasida resurslarni rejalashtirish standartiga asoslangan 
    boshqarish tizimi rivojlanishining yangi bosqichiga olib keldi.


    11 
    Shunday qilib, elektron tijorat biznesning yangi shakli sifatida o’z 
    tijorat jarayonlarini rivojlangan ichki va tashqi texnik inf rastrukturasi bilan 
    standartlashtirgan tizimlashtirilgan korxona va tashkilotlar asosida shakllana 
    boshladi. 
    Tijorat 
    shakllarining 
    transformatsiyasi 
    tarixan 
    birin 
    ketin 
    rivojlangan, lekin hozirgi kunda bir vaqtning o’zida mavjud bo’lgan bozorning 
    uch asosiy modeli paydo bo’lishiga olib keldi. Birinchi model ishlab 
    chiqaruvchi bozori deyilib, unda hukmron o’rinni ishlab chiqaruvchi egallaydi 
    (rasm 1.1.). Aynan u, qaysi tovar, qanday hajmda, qanday narxda ishlab 
    chiqarish, kimga va qaerda uni taklif qilish, i ste‘molchilarga tovarning 
    mavjudligi va xarakteristikalari xaqida qanday xabar berishni belgilaydi.
    XX asrning 90 yillar boshlarigacha ustunlikka ega bo’lgan etakchi 
    kompaniyalar biznes modellari kuchli material bazaga asoslangan. Bu baza 
    aktivlari ishlab chiqarish, taqsimlash, tovarlar sotish va xizmat ko’satish 
    uchun biznes xususiyatlariga bog’liq holda ishlatilgan. Bunday korxonalarning 
    asosiy indikatorlari ishlab chiqarish, zaxira aylanmasi, sarmoya samarasi 
    bo’lgan. Bunday korxonalar qo’llab-quvvatlanishi axborot texnologiyalari 
    tomonidan eRP(Enterprise Resource Planning) korxonalari resurslarni 
    rejalashtirish tizimlarini yaratish va tadbiq etish yo’li bilan amalga oshirilgan.
    Rasm 4.1. Ishlab chiqaruvchiga yo’naltirilgan tijorat modeli. 
    Bu model farmatsevtika kompaniyalari tomonidan yaxshi yo’lga qo’yilgan. 
    Ular ilmiy tadqiqotlarga sarmoya ajratadilar, olingan natijalardan yangi dori -
    darmon yaratish uchun ishlatadilar, potensial iste‘molchilarga ular haqida 


    12 
    xabar beradilar va ma‘lum aloqa kanallari orqali amalga oshiradilar. Yana bir 
    misol barchaga ma‘lum Microsoft kompaniyasidir.
    Ikkinchi model dallol bozori deb atalib, ularning dominant roli bilan 
    belgilanadi. Ular ishlab chiqaruvchilarga qanday mahsulot, kimga va qanday 
    hajmda ishlab chiqarish kerakligini aytib turishga imkon beradigan 
    iste‘molchilar 
    haqidagi 
    barcha 
    ma‘lumotlarni 
    o’z 
    qo’llarida 
    mujassamlashtirganlar. 
    Bu 
    turdagi 
    kompaniyalar 
    logotipi 
    barcha 
    mamlakatlarda tanilgan McDonald‘s kompaniyasidir. 
    Rasm 4.2. Dallolga yo’naltirilgan tijorat modeli. 
    Axborot texnologiyalari va tizimlari rivojlanishi, tarqalishi bilan iste‘molchi 
    mavjud mahsulotlar va xizmatlar haqida axborot olish, eng zarurlarini tanlash imkoni 
    va huquqiga ega bo’lib, uning suveren (mustaqil) bo’lishiga olib keldi. U endi 
    dallollarga bog’liq emas va talab qilinayotgan mahsulot xarakteristikasi, komplektlash 
    (yig’ish) sifati, soni va hatto narxi bo’yicha ishlab chiqaruvchiga shartlarga ko’ra 
    ko’rsatma berishi mumkin. Iste‘molchi ishlab chiqaruvchi va dallol o’rtasida aloqa 
    initsiatori (tashkilotchisi) hisoblanadi. Bu esa bozorning uchinchi modeli – interaktiv 
    bozorning mavjudligi haqida gapirishga huquq beradi. 


    13 
    Rasm 4.3. Iste‘molchiga yo’naltirilgan tijorat modeli. 
    An‘anaviy tijorat modellarini qo’llovchi (ishlab chiqaruvchilarga va kanallarga 
    mo’ljallangan) kompaniyalar foydasi o’sishining ketma-ket qisqarishi, tijorat 
    jarayonlarning tezligini oshirish zarurati va ularning bozor o’zgarishlariga reaksiyasi 
    avval tashqi strukturalar tarmog’ining yaratilishiga olib keldi. Hozirgi kunda 
    ―ta‘minotchi - iste‘molchi‖ zanjirining sezilarli qismi bunday strukturalarga o’tmoqda. 
    SHundan so’ng qo’shilgan qiymat birlashmalarining shakllanishiga olib keldi. Ularda 
    mahsulot markasi yoki brendining kompaniya egasi iste‘molchilarni jalb qilish va 
    ushlab qolish, ular bilan o’zaro aloqalarni boshqarish, tashqi alyanslar va strukturalar 
    bilan boshqaruvga o’zining moliyaviy va mehnat resurslarini yo’naltiradi. Bu 
    kompaniyalarni iste‘molchiga yo’naltirilgan tijorat modeliga kiritish mumkin. 
    CHunki brend – bu alohida mahsulot yoki xizmat qiymati haqidagi iste‘molchi 
    miyasidagi mavjud tushuncha bo’lib, u bozordagi ko’p turli mahsulotlar ichidan 
    aynan birini tanlashga imkon beradi. SHuni aytish lozimki, bu yangi tijorat 
    modelining asosi brend sarmoyasi, o’z brendiga ega kompaniyaning tijorat hamkorlari 
    bilan o’zaro hamkorligi bo’ldi. Ular qo’shilgan qiymat (value added chain) yaratilishi 
    zanjirini aks ettiradi. Bunday kompaniyalar tarmog’i qo’shilgan qiymat birlashmalari 
    (Value added communities) deb atala boshlandi. Ko’rib o’tilgan yo’nalishda tijorat 
    transformatsiyasiga sanoatning avtomobil va kompyuter kabi etakchi sohalari misol 
    bo’la oladi. 
    Elektron tijorat texnologiyasining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi bir 
    qator omillar mavjud. 


    14 

    Download 6.05 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




    Download 6.05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbyokiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti

    Download 6.05 Mb.
    Pdf ko'rish