54
MBBT ilovalar, mijozlar, schyotlar va hokozo hususidagi
axborotni saqlashni
va ishlashni amalgam oshiradi.
Internet-magazinning ta’minoti Web-vitrinanikiga qaraganda qimmqtga
tushsada, uning imkoniyatlari juda keng va rentabelligi yuqori. Undan tashqari,
axborotning dinamik ishlanishi va ma’lumotlar bazasining mavjudligi evaziga
Internet-magazin har bir ro’yxatdan o’tgan xaridor bilan individual ishlash
imkoniyatiga ega.
An’anaviy tijorat va elektron tijorat o‘rtasidagi bog‘liqlik
An’anaviy tijorat bozorida bo‘lganidek, elektron
tijorat bozorining asosiy
ishtirokchilari tashkilot, ta’minotchilar va tovar hamda xizmatlar iste’molchilardir.
Elektron bozorda korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun u rivojlangan
korporativ axborot tizimiga ega bo‘lishi kerak. Bu tizim asosiy biznes jarayonlarni
qo‘llab-quvvatlanadi va internetga chiqish uchun kichik tizimga ega. U orqali
elektron biznes sohasida tashkilot o‘z vazifalarini amalga oshiriladi.
Ishlatilayotgan resurslar va dasturiy muxitning yuqori tezlikdagi o‘zgarishini
hisobga olgan holda zamonaviy tashkilotni samarali
boshqarish ancha murakkab
vazifa hisoblanadi. Bu vazifaning yechimi korporativ axborot tizimlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Bunday tizimlar mavjud biznes jarayonlarni qo‘llab-quvvatlanishi, hamda
boshqaruvning strukturasi va usullariga mos kelishi kerak. elektron biznes nuqtai
nazaridan zamonaviy axborot tizimlarini ma’lumotlar bazasini boshqarishning
zamonaviy tizimlarini qo‘llash imkoniyati bilan server-mijoz
arxitekturasi asosida
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari ular har xil nazrat usullari va
axborot resurslaridan foydalanishni cheklash yordamida xavfsizlikni ta’minlashi,
taqsimlangan axborotni qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlashni, ochiq standartlar
evaziga turli xil operativ mustaqil funksional bloklardan qurilishning modul prinsipi,
shuningdek, internet va internet texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashi
zarur.
Korporativ axborot tizimlarida tashqi iqtisodiy muxit bilan aloqa elektron
biznes qarorlari – interaktiv veb-vakolatxonalar va portallari bilan integratsiya
hisobiga ta’minlanadi. Veb-vakolatxonalar (korporativ vakolatxona) deb, birinchi
navbatda reklama-marketing vazifalarini hal qiluvchi internet tarmog‘idagi
korxona
sayti tushuniladi.
Veb-vakolatxona odatda korxona haqida axborotga ega bo‘ladi:
korxonaning rivojlanish tarixi;
yangiliklar va press-relizlar;
korxona tomonidan taklif qilinadigan tovar va xizmatlarning asosiy
ko‘rinishlari haqida ma’lumot;
55
sohadagi faoliyati haqida axborot, distribyutor
va diler tarmoqlari va
boshqalar.
Masalan, integratsiyalashtirilgan korporativ axborot tizimlarida ta’minot
tizimi (
B2B distribution) mahsulot ishlab chiqaruvchisi va uning tarqatuvchisi
o‘rtasida o‘zgaruvchan aloqani ta’minlaydi. Bu elektron do‘konlarda tovarlar
haqidagi axborotni operativ yangilashga imkon beradi.
5.4. Rasm Elektron biznes texnologiyalari (sotish
)
Tashkilot to‘liqligicha elektron biznes vazifalarini amalga oshirish uchun korporativ
portallar (
EIP - Enterprise Information Portal – dasturiy apparat kompleksi)
yaratadilar. Ular ishchilar, mijozlar, hamkorlarga
tashkilotning turli axborot
resurslaridan erkin foydalanishga imkon yaratadi. Bu axborot resurslari: dasturlar,
korporativ va boshqa ma’lumotlar, tashkilot va korxonalar vazifalari va maqsadlari
bilan mos keluvchi, taklif qilinuvchi xizmatlar (qidiruv tizimlari, elektron pochta yoki
e’lonlar elektron taxtachasi, buyurtmani bajarish jarayoni olib boruvchi buyurtma
tizimi yoki nazorat tizimi).
Ish mazmuniga ko‘ra portal nafaqat tashqi iqtisodiy muhit bilan aloqani
amalga oshiradi, balki ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar, ta’minotchilar o‘rtasida
o‘zaro munosabatlar muhitini yaratadi. Masalan, xaridlar yoki ta’minot
tizimlari
texnik-material resurslarga ehtiyojlari haqida axborot joylashtirishga, ta’minotchilar
qidirish va ulardan tijorat takliflarini olish, tenderlar takiloti va boshqalar uchun
imkon yaratadi. Barcha ma’lumot tizimda standartlashtirilgan katalogga mos ravishda
sinflashtiriladi va saqlanadi.
Elektron biznes tizimlarida o‘ziga xos rolni elektron savdo maydonchalari (
e-